A. J. Tuychiyev Iqtisoiyot fanlari doktori, professor
Tushuntirish (izoh) paragrafida hisob metodikasini o’zgartirish masalasi
Download 3.05 Mb. Pdf ko'rish
|
АУдит дарслик (1)
Tushuntirish (izoh) paragrafida hisob metodikasini o’zgartirish masalasi kiritilgan Intelning 2002 yildagi moliyaviy hisobotlariga berilgan so’zsiz ijobiy xulosasi ERNST & YOUNG LLP auditorlik tashkilotining Intel korparatsiyasini aktsionerlari va Direktorlar kengashiga yo’llagan mustaqil auditor xulosasi Biz Intel korparatsiyasining 28 dekabr 2002 yil va 29 dekabr 2001 yil holati balansini va 28 dekabr 2002 yilda tugovchi har bir uch yil uchun daromadlar, xususiy kapitali va pul oqimlari haqida tegishli konsalidatsiyalashgan hisobotlarining auditini o’tkazdik. Bizning auditimiz shuningdek, indeksdagi 15 (a) – bandda hisoblab chiqilgan moliyaviy hisobot grafigini ham o’z ichiga oldi. Ushbu moliyaviy hisobot uchun javobgarlik kompaniya rahbariyatining zimmasida. Bizning majburiyatimiz o’tkazilgan auditimiz asosida ushbu moliyaviy hisobot ishonchliligi haqida fikr bildirishdan iborat. Biz auditni Qo’shma Shtatlarda umum qabul qilingan audit standartlariga mos ravishda o’tkazdik. Bu standartlar, auditni moliyaviy hisobotlarda jiddiy xatolar yo’qligiga etarlicha ishonch hosil qiladigan darajada rejalashtirishimizni va o’tkazishimizni talab qiladi. Audit sonli ko’rsatkichlarni tasdiqlash va moliyaviy hisobotlarni ochib berishni tasdiqlovchi dalillarni testlashtirish asosida o’rganishni o’z ichiga oladi. Audit, shuningdek, foydalanilayotgan buxgalteriya hisobi printsiplari baholari va rahbariyat tomonidan yo’l qo’yilgan muhim xatoliklarni, hamda, moliyaviy hisobotni umumiy ko’rinishini baholashni ham o’z ichiga oladi. 262 Biz tomonimizdan o’tkazilgan audit fikrimizni bildirish uchun etarlicha asos beradi, deb o’ylaymiz. Bizning fikrimizcha, konsalidatsiyalashgan moliyaviy hisobot Intel korparatsiyasining 28 dekabr 2002 yil va 29 dekabr 2001 yil bo’yicha hisoboti konsalidatsiyalangan moliyaviy holatiga nisbatan hamma mavjud (muhim) munosabatlar bo’yicha ishonchli aks ettiradi, shuningdek, 28 dekabr 2002 yil uchun Qo’shma shtatlarda umumqabul qilingan buxgalteriya hisobi printsiplariga mos holda pul mablag’lari harakatini ham ishonchli aks ettirgan. Bundan tashqari, bizning fikrimizcha, umuman olingan asosiy moliyaviy hisobotlarga nisbatan munosabatlar ko’rib chiqilganda, mos keluvchi grafik, unda bayon qilingan axborotlarning hamma muhim munosabatlari ishonchli ko’rsatilgan. 2 – eslatmadagi konsalidatsiyalashgan moliyaviy hisobotda ko’rsatilgandek, 30 dekabr 2001 yildan kompaniya moliyaviy hisobot standartlariga muvofiq №142 – “Ishbilarmonik obro’si (gudvil) va boshqa nomoddiy aktivlar haqida” bayonnoma qabul qildi. Download 3.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling