A. J. Tuychiyev Iqtisoiyot fanlari doktori, professor
Download 3.05 Mb. Pdf ko'rish
|
АУдит дарслик (1)
3 KIRISH Iqtisodiyotni liberallashtirish sharoitida iqtisodiyotning barcha sohalari samarali rivojlanishi uchun xo’jalik sub’ektlari hamkorlikda faoliyat yuritishlari zarur hisoblanadi. Ushbu holatda esa, xo’jalik sub’ektlarining moliyaviy holatini bilishi uchun nazorat tizimining auditorlik faoliyatidan foydalanish zaruriyati yuzaga keladi. Bular natijasida «Audit» fanini bo’lajak iqtisodchi mutaxassislarga o’qitish dolzarbligi kelib chiqadi. «Audit» fanini o’qitishdan maqsad, talabalarga auditorlik tashkiloti tomonidan xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning buxgalteriya hisobi, moliyaviy hisoboti va boshqa moliyaviy axborotlari to’g’riligi va qonun hujjatlarga mosligi to’g’risida xolis va asosli fikr shakllantirish uchun zarur bo’lgan auditorlik amallarini bajarish bo’yicha nazariy bilim berishdan iborat. Ushbu fanni o’qitishning vazifalari: auditorlik faoliyatini tartibga soluvchi me’yoriy-huquqiy hujjatlar bilan chuqur tanishtirish; xo’jalik yurituvchi sub’ekt faoliyati bilan tanishish, shartnoma tuzish, dastlabki kelishuvlarni amalga oshirish, auditni dastlabki rejasi va dasturini tuzish; auditorlik hujjatlari va dalillarini to’plash; moliyaviy hisobot va boshqa moliyaviy axborot to’g’riligi va qonun hujjatlariga mosligini aniqlash maqsadida tekshirish usullarini o’rgatish; auditorlik hisoboti va auditorlik xulosasini tayyorlash va tuzish va h.k. 4 1-BOB. AUDITGA UMUMIY TAVSIF 1.1. Auditning mohiyati va rivojlanish tarixi Audit xristian davridan oldin yuzaga kelgan. Antropologlar auditorlik faoliyati to‘g‘risida yozuvlarni qadimgi Bobil davrida ( e.o. 3000 yillar) paydo bo‘lganini aniqlashgan. Shuningdek odamlar auditorlik faoliyat bilan Qadimgi Xitoyda ham shug‘ullanganlari aniqlangan. “Auditor” so‘zining lotin tilidagi ma’nosi “o‘quvchi” yoki “tinglovchi” degan ma’nolar bilan bog‘langan. Chunki Qadimgi Rimda auditorlar soliq to‘lovchilarni tinglashgan, masalan, soliq to‘lovchi bo‘lib hisoblangan dehqonlar o‘zlarining daromadi va soliq qarzlari to‘g‘risida gapirib berishi lozim bo‘lgan. Download 3.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling