A. J. Tuychiyev Iqtisoiyot fanlari doktori, professor
Download 3.05 Mb. Pdf ko'rish
|
АУдит дарслик (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Auditning kelajagi
Auditorlik ekspertiza
Odatda ko‘p tajriba audit vazifasini bajarish uchun kerakdir. Auditor moliyaviy hisobotda kuchli kompetentlikka ega bo‘lishi lozim. Moliyaviy 8 hisobotni tasdiqlash uchun qanday dalillar kerak ekanligi to‘g‘risida qaror qabul qilishda u ekspert bo‘lishi lozim. Auditor axborot texnologiyalarni ishlatilishi yuqori pallaga chiqqan bir paytda katta tarjibaga ega bo‘lishi kerak. SHuningdek u mijozni moliyaviy hisobot xolisona va to‘g‘ri ekanligiga ishontirishda mazkur tajribaning roli kattadir. Audit sohasida yuzaga kelayotgan sharoitlar auditorlardan yangi malakaga ega bo‘lishni talab qiladi. Auditorlar har bir ishga tanqidiy yondashib, dalillarni tahlil qilish qobiliyatiga ega bo‘lishi lozim. Auditning kelajagi Kelajakda ham bugungidek yillik hisobot, moliyaviy hisobot, ularga izohlar, auditorlik hisoboti va xulosasi talab qilinadi. Bunga ko‘shimcha ravishda boshqaruv hisoboti, direktorlarning korporativ boshqaruvi to‘g‘risidagi hisoboti (shu jumladan ichki nazorat tizimining samaradorligi, korxona faoliyati va ustavga rioya qilinishi hisoboti) talab qilinadi. Bundan tashqari, tevarak-atrof muhofazasiga qaratilgan chora-tadbirlar hisoboti ham kerak bo‘ladi. Mazkur ma’lumotlar korporativ boshqaruvi bilan bog‘liq muammolar, buxgalteriya ishlari bilan bog‘liq mojorolar bilan bog‘lanib ketmoqda . . Grant Thornton kompaniyasining hamkori, Aberdin Universiteti professori P.Persi auditor istiqbollari to‘g‘risida o‘z fikrlarini bildirgan. Uning fikriga qaraganda, auditorlar nafaqat moliyaviy, balki nomoliyaviy ma’lumotlarni ham o‘rganishadi. Bundan tashqari, hisobotda nafaqat o‘tmishga oid ma’lumot, balki istiqbolga oid axborot o‘z o‘rnini kengaytirib boraveradi. Direktor kengashining e’tiborida ichki va tashqi auditorlar faoliyatini baholashda ijtimoiy fikr asosiy o‘rin egallaydi. Tashqi baholovchilar ma’lumotlar yaxlitligi va biznes jarayonini baholaydi. Ichki baholovchilar esa tizim samaradorligini, natijaviyligini va uning muqobilligiga baho beradi. Ular tomonidan berilgan ma`lumotlarga asosan Kengash doirasida aksiyadorlar nomidan ishlovchi mustaqil direktorlar va baholovchilar boshqaruv ishlarini ta’minlab beradi. 9 1.2. Buxgalteriya hisobi va audit o‘rtasidagi farq Kompaniyalarda yillik buxgalteriya hisobi jarayoni tugashi bilan, auditorlik tekshiruvi ishlari boshlanib hisob kitoblarining haqiqiyligi va ularning amaldagi qonunchilikka muvofiq yuritilganligi sifatini aniqlash maqsadida o‘tkaziladi. Buxgalteriya hisobi - xo`jalik operatsiyalarini buxgalteriya hujjatlarida aks ettirish, hisobotni saqlash, moliyaviy hisobotni tayyorlash va taqdim etishga ma’suldir. Buxgalterlik firmalari korxona tomonidan ularning pul muomalalarini yuritilishini olib boradi. Bu biznesni tushunadigan tildir, chunki u tadbirkorlik sub’ektining moliyaviy hisobotini taqdim etish vositasidir. Aksincha, Audit - bu moliyaviy hisobotni tekshirish va baholash faoliyati. Korxonaning buxgalteriya xodimlari tomonidan tayyorlangan moliyaviy hisob- kitob operatsiyalarining haqiqiyligini tekshirish va tasdiqlashga qaratilgan. Shunday qilib, u buxgalteriya hisobi ma’lumotlarining haqiqiyligi va ishonchliligini belgilaydi. Buxgalteriya hisobi va audit o‘rtasidagi farqni tushunish uchun quyidagi jadvalni ko‘rib chiqamiz. Download 3.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling