A. J. Tuychiyev Iqtisoiyot fanlari doktori, professor
Qadimgi zamondagi kitob yozuvchilar
Download 3.05 Mb. Pdf ko'rish
|
АУдит дарслик (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Foydani maksimallashtirish va ikkiyoqlama yozuv
Qadimgi zamondagi kitob yozuvchilar
Auditorlar qadimgi Xitoy va Misr davlatida ham o‘z faoliyatlarini amalga oshirishgan. Ular Xitoy imperatori va Misr fir’avinlarining hisob- kitoblarini olib borishgan. Xitoydagi Chjao sulolasi hukumatining hisob-kitoblari murakkab byudjet jarayoni bo‘lib, barcha hukumat tashkilotlari auditini qamrab olgan. Misr fir’avinlari hukumdorligi eng rivojlangan davrida (eramizdan oldingi 3000 yillar) auditor kasbi eng hurmatli bo‘lib, auditorlar obro‘li kishilar hisoblangan. Misr fir’avinlari o‘z auditorlari bilan jiddiy munosabatda bo‘lgan. Fir’avinlarning har bir omborxonasi ikkita auditorlar tomonidan tekshirilib borilgan. Birinchisi tovar kirib kelganda uni hisobi bilan shug‘ullangan, ikkinchisi uning saqlanishi uchun javobgar bo‘lgan. Nazoratchi har ikki yozuvni tekshirgan. Agar ularning o‘rtasida farq yuzaga kelsa auditorlar qatl qilinar edi. Foyda olish, yoki maksimal foyda olish uchun qaror qabul qilishda buxgalteriyadan yordamchi mexanizm sifatida foydalanganlik to‘g‘risida Mesopotamiya, Misr, Grek yoki Rim madaniyatlarida xech qanday ma’lumot mavjud emas. Ingliz tilida so‘zlashuvchi mamkatlarda audit to‘g‘risidagi dastlabki ma’lumot 1130 yilga borib taqaladi. Usha paytda rivojlangan iqtisodiy tizimdagi 5 xo‘jalik voqealiklarni qayd qilish bitimlari bir martali yozuv bilan cheklangan edi. Ularning asosiy maqsadi savdo dalillarini yozma qayd etib, xotirada saqlashdan iborat bo‘lgan. Foyda keltirish mazkur madaniyat tizimida o‘z o‘rniga ega bo‘lmagan. Farovon hayot ishbilarmonlik vazifasiga kirmagan. Bu faqat diniy, ahloqiy tamoyillar va qoidalarga muvofiq hukumatga bildirilgan moyillik uchun ko‘rsatilgan mukofot bo‘lgan. Foydani maksimallashtirish va ikkiyoqlama yozuv Foydani maksimallashtirish o‘rta asrning o‘rtalarida Italiyada yirik savdo o‘ylari paydo bo‘lgan vaqtda yuzaga kelgan. Savdo shu vaqtdan boshlab faqat sayyoh savdogarlarga tegishli bo‘lmay, balki Venetsiya, Florensiya va Pizadagi yirik savdo uylari ham bu ish bilan faol shug‘ullana boshlashdi. Natijada savdo aloqalari juda muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Birinchi marta ikkiyoqlama yozuv 20 noyabr 1494 yilda Italiyada Luka Pacholi tomonidan amalga oshirildi. Hozirgi zamon auditining boshlanishi sanoat revolyusiyasi davriga borib taqaladi. 1853 yilda Edinburgda Buxgalterlar jamiyatiga asos solindi. Buyuk Britaniyada bir nechta audit institutlar paydo bo‘ldi. Ularning birlashishi natijasida 1880 yilda Angliya va Uels diplomli buxgalterlar Instituti yuzaga keldi. Mazkur institut o‘n to‘qqizinchi asrda G‘arb mamlakatlarda yuzaga kelgan institutlarning dastlabkisi bo‘lgan, masalan, ular 1886 yilda AQSHda 1895 yilda Niderlandliyada audit institutlari yuzaga kelgan. Kapitalni taqdim etish va uni boshqarish, shuningdek bir necha moliyaviy mojoralar (masalan, Glazgo shaxridagi bank bilan bog‘liq 1883 yildagi yoki Afrikaanshe Handels-Vereeniging bilan bog‘liq mojoralar) auditni tartiblashtirish ishlarini shakllantirishga olib keldi. Britaniya kompaniyalarining qonunlari (1845-1862 y.) Amerika auditi uchun asos bo‘lgan. Birinchi Amerika auditi 1917 yilda qonunchilik asosida amalga oshirilgan edi. Download 3.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling