A. J. Tuychiyev Iqtisoiyot fanlari doktori, professor
Nomoddiy aktivlar kirimi hisobi to’g’riligini tekshirish
Download 3.05 Mb. Pdf ko'rish
|
АУдит дарслик (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nomoddiy aktivlarni kirim qilishga doir muomalalar bo’yicha schyotlar bog’lanishi va asos bo’luvchi dastlabki hujjatlar rasmiylashtirilishining to’g’riligini tekshirish
13.4. Nomoddiy aktivlar kirimi hisobi to’g’riligini tekshirish.
Tekshiruv jarayonida nomoddiy aktivlarni sotib olish bilan bog’liq muomalalar buxgalteriya hisobiga doir me’yoriy hujjatlar va soliqqa tortishga doir qonunchilik talablariga muvofiq hisobga olinganligi aniqlanadi. 289 Nomoddiy aktivlar kirimiga doir muomalalarni hisobda aks ettirish uslubi ularning olinish manbalariga bog’liq. Agar nomoddiy aktivlar pul o’tkazish yo’li bilan sotib olinsa yoki korxonaning o’zida yaratilsa, «Xo’jalik yurituvchi sub’ektlar moliya-xo’jalik faoliyati buxgalteriya hisobining schyotlar rejasi va uni qo’llash bo’yicha yo’riqnoma» №21-Buxgalteriya hisobining milliy standartiga muvofiq 0830- «Nomoddiy aktivlarni sotib olish» schyoti qo’llaniladi. Nomoddiy aktivlar inventar qiymatiga qo’shiladigan xarajatlar tarkibi, ularning mazkur ob’ektni yaratishga aloqadorligi tekshiriladi. Nomoddiy aktivlar kirimiga doir muomalalarni hisobda aks ettirishning me’yoriy hujjatlarga muvofiqligini tekshiradigan jadval-test quyidagi jadval ko’rinishida bo’lishi mumkin. Nomoddiy aktivlarni kirim qilishga doir muomalalar bo’yicha schyotlar bog’lanishi va asos bo’luvchi dastlabki hujjatlar rasmiylashtirilishining to’g’riligini tekshirish Muomalalar mazmuni №21-BHMS bo’yicha Korxonada tuzilgani Schyotlar bog’lanishi yozuvlarni tasdiqlovchi hujjatlar Schyotlar bog’lanishi Yozuvlarni tasdiqlovchi hujjatlar Dt Kt Dt Kt 1. Nomoddiy aktivlar dastlabki qiymati bo’yicha (haqiqiy tannarxi bo’yicha) sotib olinganida 0410- 0490 0830 Oldi-sotdi shartnomasi qabul qilish-berish dalolatnomasi 04 76 Nakladnoy, ish vaqtini hisobga olish tabeli 2. Korxonaning o’zida yaratilgan nomoddiy aktivlarni haqiqiy tannarxi bo’yicha kirimga olish 0410- 0490 0830 Ilmiy-tadqiqot ishlanmalar dasturlari, loyiha-smeta hujjat. NA qa-bul qilish-top-shirish dalolat. 04 23 Ishbay ish uchun naryad, tabel, dalolat- noma 3. Ustav kapitaliga ulush sifatida yoki obuna bo’lingan aktsiya qiymatini to’lash hisobiga olingan nomoddiy aktivlar-ni kirim kilish 0410- 0490 4610 Ta’sis shartnomasi, qabul qilish topshirish dalolatnomasi 04 85/3 Dalolatnoma, bux. ma’lu- motnomasi 4. Ekspert bahosi bo’yicha tekinga yoki hukumat organining subsidiyasi sifatida olinganda 0410- 0490 8530 Tekinga berish to’g’risida shart-noma, Q. Q-T dalo-latnomasi, NA qayta baholash dalolatnomasi 04 85/3 Shartnoma, bux. ma’lu-motnomasi Nomoddiy aktivlarning hisobdan chiqarilishi bilan bog’liq muomalalarni hisobda aks ettirish uslubini tekshirish yoppasiga amalga oshirilishi maqsadga muvofiq. 290 №21 - BHMS talablariga muvofiq nomoddiy aktivlarni hisobdan chiqarish bilan bog’liq barcha muomalalar hisobdan chiqarilish sabablaridan qat’iy nazar (sotilishi, tekinga berilishi, yaroqsizligi va h. k). 9220 - «Boshqa aktivlarning chiqimi» schyotida aks ettiriladi. Aniqlangan moliyaviy natija, agar zarar ko’rilsa - 9220 - schyot kreditidan 9430-«Boshqa operatsion xarajatlar» schyotining debetiga, agar foyda olinsa - 9220 - schyot debeti va 9320 - «Boshqa aktivlarning chiqimidan olingan foyda» schyotining kreditida aks ettiriladi. Nomoddiy aktivlarning chiqimiga doir muomalalarni hisobda aks ettirish bo’yicha schyotlar bog’lanishining to’g’riligi quyidagi ko’rinishdagi jadval - test yordamida tekshiriladi. Download 3.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling