A. J. Tuychiyev Iqtisoiyot fanlari doktori, professor


Nomoddiy aktivlar kirimi va chiqimini soliqqa tortishning to’g’riligini


Download 3.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet147/184
Sana17.10.2023
Hajmi3.05 Mb.
#1706223
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   184
Bog'liq
АУдит дарслик (1)

Nomoddiy aktivlar kirimi va chiqimini soliqqa tortishning to’g’riligini 
tekshirish. O’zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi va boshqa tegishli me’yoriy 
hujjatlarga muvofiq nomoddiy aktivlarning ayrim turlari qo’shimcha qiymat solig’i 
(QQS)dan ozod etilgan. Auditor bunga alohida e’tibor berishi zarur.  
№ 21 BHMS ga muvofiq nomoddiy aktivlar oldindan pul o’tkazish yo’li 
bilan sotib olinganida QQS 4410-«Soliqlar va yig’imlar bo’yicha bo’nak to’lovlar» 
schyotida aks ettiriladi (hisob-kitob hujjatlarida alohida ajratib ko’rsatilganida).
Sotib olingan nomoddiy aktivlar bo’yicha QQS summasi quyidagi hollarda 
byudjetga o’tkaziladi.

sotib olingan nomoddiy aktivlar qiymati mol etkazib beruvchilarga 
to’langanida; 

nomoddiy aktivlar hisobga qabul qilinganida; 

nomoddiy aktivlar ishlab chiqarish maqsadlarida ishlatilganida.
Agar dastlabki hujjatlarda QQS summasi ajratib ko’rsatilgan bo’lmasa, u 
holda hisob-kitob hujjatlarida QQS ajratib ko’rsatilmaydi.
Nomoddiy aktivlar hisobdan chiqarilganda dastlabki qiymatiga 0410-0490 
schyotlar kredit va 9220-«Boshqa aktivlarning chiqimi» schyoti debetlanadi. 
Hisoblangan eskirish summasiga esa 0510-0590 schyotlar debet va 9220 schyot 
kreditlanadi. Hisobdan chiqarish natijasi (foyda yoki zarar 9220 schyotdan 9900 - 


291 
«Yakuniy moliyaviy natija (daromadlar va xarajatlarni jamlash)» schyotiga 
o’tkaziladi. Mahsulot (ish, xizmat)lar tannarxi, foyda byudjet bilan hisob-kitoblar 
ko’rsatkichlari, shuningdek xususiylashtirilayotgan davlat korxonalari mulklarini 
baholashning asoslanganligi ko’p jihatdan nomoddiy aktivlarning mavjudligi va 
baholanishi, ular eskirishlari to’g’risidagi ma’lumotlarning haqqoniyligiga bog’liq.
Shunga ko’ra, nomoddiy aktivlarni hisobda ro’yxatga olishning texnik 
jihatlarini tekshirish juda muhim hisoblanadi. Nomoddiy aktivlar o’z nomiga ko’ra 
moddiy negizga ega bo’lmaganliklari uchun korxonada u yoki bu ob’ektning 
haqiqiy kirimi va ishlatilishi ustidan buxgalterlik nazoratini tashkil etish 
muammosi tez-tez vujudga keladi.
Buxgalterlik hisobining umumiy printsiplariga ko’ra har qanday nomoddiy 
aktiv kirimi tegishli dastlabki hujjatlar asosida rasmiylashtiriladi. Bunday dastlabki 
hujjatlashtirish o’zining mazmuni va tavsifiga ko’ra, asosiy vositalarni qabul 
qilish-topshirish dalolatnomasi (AV-1) kabi hujjatlarga o’xshash bo’lishi lozim. 
Hujjatlarda ob’ektlarning batafsil xususiyatlari, dastlabki qiymati, foydalanishga 
topshirilgan vaqti, eskirish normasi va xarajatga olib borish kodi, nomoddiy aktiv 
foydalanadigan bo’linma va boshqa ma’lumotlar ko’rsatilishi lozim.
Nomoddiy aktivlarni kirim qilishda dastlabki hujjatlar bilan birga ularni 
indentifikatsiyalovchi (aynan o’xshatuvchi) hujjatlar ham bo’lishi zarur. Bunday 
hujjatlarga nomoddiy aktivlarning o’zlarini yoki ulardan foydalanishni tavsiflovchi 
hujjatlar, shuningdek, korxonaning u yoki bu mulkiy huquqini tasdiqlovchi 
hujjatlar kiradi. Boshqacha qilib aytganda, buxgalterlik hisobda aks ettiriladigan 
nomoddiy aktivlarning istalgan ob’ekti ob’ektiv shaklda mavjud bo’lishi lozim.
Sanoat namunalari va kashfiyot huquqlarini sotib olish patentlar
guvohnomalar bilan tasdiqlanadi. Korxona tomonidan har qanday mualliflik 
huquqlarini sotib olish faqat ushbu mualliflik huquqlarini sotuvchilar jismoniy yoki 
yuridik shaxslar bilan tuzilib, yuridik jihatdan kuchga kirgan to’laqonli 
shartnomaga asosan amalga oshirilishi mumkin.


292 
Korxona «nou–xou» sotib olishni rasmiylashtirishi uchun uning og’zaki 
(matnli) yoki tasviriy tavsifiga ega bo’lishi lozim. Korxona raqobat sharoitida 
sanoat va intellektual mulklarni muhofaza qilish uchun chora-tadbirlarni ko’rishi 
lozim. Bu nomoddiy aktivlar ob’ektlarning har biri uchun konkret xodimlarni 
javobgarlikka tortish va ko’rilgan zararni to’liq qoplash uchun imkon yaratadi.
Korxonalar nomoddiy aktivlarni har xil yo’llar bilan sotib oladilar va shunga 
ko’ra ularning kirimi ham hisobda turlicha aks ettiriladi.
Nomoddiy aktivlar korxona ustav kapitaliga ishtirokchilarining hissasi 
sifatida qo’shilishi mumkin. Bunda ular imkon qadar haqiqiy bozor bahosiga 
yaqinlashgan va korxona aktsiyadorlar kengashi (boshqaruvi) va aktsiyadorlar 
tomonidan belgilangan shartnoma bahosida kirimga olinadi.
«Mahsulot (ish, xizmat) lar tannarxiga kiritiladigan mahsulot ishlab 
chiqarish (ish, xizmat) va realizatsiya xarajatlarining tarkibi va moliyaviy 
natijalarni shakllantirish tartibi haqida Nizom»ga muvofiq texnologiyalarni 
takomillashtirish va yangilarini yaratish, shuningdek, ilmiy-tadqiqot va tajriba - 
konstruktorlik ishlarini o’tkazish bilan bog’liq mahsulotlar sifatini yaxshilash, xom 
ashyo va materialllarning yangi turlarini yaratish, ishlab chiqarishni qayta jihozlash 
xarajatlari 9420-«Ma’muriy xarajatlar» schyotida aks ettiriladi. Agar korxona 
qandaydir ishlab chiqarish va intellektual mulk (patentlar, guvohnomalar) yaratsa, 
ushbu «Nizom» dan kelib chiqqan holda, ularni mulk sifatida hisobga olib 
bo’lmaydi, chunki ularni yaratish bilan bog’liq xarajatlar kapitallashmaydi.
Ushbu savol masalasida turli mamlakatlarda qarama - qarshi fikrlar mavjud. 
Masalan, ayrim mamlakatlarda nomoddiy aktivlar mablag’ sifatida inobatga 
olinmaydi, ularni darhol ishlab chiqarish sarflari yoki foyda hisobiga hisobdan 
chiqarish ko’zda tutilgan. Ammo, bunday yondoshuvga qarama-qarshi gumon 
patentlar olish va kashfiyotlar, tovar markalari, savdo belgilari, «Nou-xou» 
ishlanmalari va dastur ta’minotlarini yaratish bilan bog’liq ilmiy-tadqiqot va 
tajriba-konstruktorlik ishlari (ITTKI) kabi aktivlarni darhol hisobdan o’chirish, 
davr oralig’ida oladigan daromadlarni buzib ko’rsatishga olib keladi va korxonalar 


293 
tomonidan ushbu faoliyat sohasiga mablag’lar sarflashni to’xtatib turadigan omil 
bo’lib hisoblanishidan iborat. Agar nomoddiy aktivlarni yaratish bilan bog’liq 
xarajatlarni darhol hisobdan o’chirish fikriga qo’shiladigan bo’lsak, unda bizning 
korxonalarimizda bunday xarajatlarga eng oz miqdorda mablag’ ajratilib, 
respublikamiz xududida ishlab chiqarish va intellektual mulkni (korxonaning o’z 
ishlab chiqarishini) umuman pasayishiga olib keladi, korxonalar esa o’zlarining 
mulkiy huquqlari (nomoddiy aktivlari)ni yaratmasdan, xorijdan sotib olishga 
xarajat qiladilar.

Download 3.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling