A. J. Tuychiyev Iqtisoiyot fanlari doktori, professor


Download 3.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet155/184
Sana17.10.2023
Hajmi3.05 Mb.
#1706223
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   184
Bog'liq
АУдит дарслик (1)

Tabaqalashtirish 
Xarajatlar kalkulyatsiya elementlari va bandlari bo’yicha to’g’ri 
tabaqalashtiriladimi? 

10 Hisob 
Mahsulot tannarxi bo’yicha xarajatlar hisobi va kalkulyatsiya usuli 
tanlab olinganmi? 

11 Xarajatlar hisobi uchun mas’ul shaxslar tomonidan segmentlar bo’yicha 
va umumlashtirilgan hisob ma’lumotlari tekshiriladimi? 

12 Davriylik 
Xarajatlar hisobi "Voqealarni davr bo’yicha aniqligi" tamoyiliga javob 
beradimi? 

Nazorat muhiti quyidagi elementlardan iborat: 
- siyosat va boshqaruv uslublari; 
- korxonaning boshqaruv tuzulmasi; 
- direktorlar kengashi, xususan uning auditorlik komiteti faoliyati; 
- boshkaruv funktsiyalari va mas’uliyatlarni taqsimlash uslublari; 
- nazorat boshqaruv uslublari, shu jumladan ichki audit; 
- kadrlar siyosati va amaliyot; 
- tashqi ta’sirlar (banklar tekshiruvi, soliq nazorati). 
Nazorat muhitidagi nazorat amallariga nazorat amallarining ayrim 
xususiyatlari xosdir. 
Rahbarlar va menenjerlarning nazoratga munosabati nazorat muhitiga eng 
katta ta’sir ko’rsatadi. Boshkaruvning yuqori pog’onasi xizmatchilarning nazoratga 
munosabatini belgilaydi. Yaxshi boshqaruv muhiti yuqori darajadagi ichki 
kommunikatsiya tizimini ta’minlaydigan, direktorlar Kengashi huzuridagi 
auditorlik inspektsiyasining samarali ishlashiga yordam beradigan, byudjetlar 
tizimi (biznes-reja yoki smeta) va ularning bajarilishi to’g’risidagi hisobotlardan 
foydalanadigan, ichki auditning samaradorligini ta’minlaydigan boshqaruv tizimi 
bilan tavsiflanadi. Keyinchalik, nazorat muhiti korxona xodimlarining 
kompetentliligi, xizmat vazifalarining taqsimlanishi, aktivlar, hujjatlarni olish 
imkoni va hisob yozuvlarini vaqti-vaqti bilan taqqoslab turish bilan aniqlanadi. 


323 
Nazorat funktsiyalarini amalga oshiruvchi xodimlar kompetentliligi korxona ichki 
nazorat tizimining asosiy belgisi hisoblanadi. Korxonaning kadrlar bilan bog’lik 
muammolari ichki nazorat tizimiga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Agar buxgalterlar tez-
tez almashtirib turilsa, bu hisob va nazorat funktsiyalari etarli tajribaga ega 
bo’lmagan va buning oqibatida ko’plab xatolarga yo’l qo’yadigan odamlar 
tomonidan bajarilishga olib keladi. Yangi rahbarlar va mansabdor shaxslar 
korxonadagi hisob tizimi bilan etarli darajada tanish bo’lmasligi mumkin. Ayrim 
hollarda buxgalteriya xodimlari yuqori boshqaruv bo’g’ini tomonidan topshirilgan 
nojo’ya hisob amallarini bajarishni xohlamaganliklari uchun ham ishdan bo’shab 
ketadilar. Shuning uchun ham buxgalteriya xodimlarining tez-tez almashtirilib 
turishi noxush fakt bo’lishi mumkin. 

Download 3.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling