A. J. Tuychiyev Iqtisoiyot fanlari doktori, professor
Xom ashyoni sotib olish davri va qiymati
Download 3.05 Mb. Pdf ko'rish
|
АУдит дарслик (1)
Xom ashyoni sotib olish davri va qiymati
Detallar sotib olingan sana dona Har birining qiymati Umumiy summa 7 mart 15 23500 352500 15 mart 18 27000 486000 28 mart 12 28300 339600 Jami 45 1178100 Oy oxiriga qoldiq, dona 13ta Oy oxiriga qoldiq, so’mda 13*23500 = 305500 Oy davomida qabul qilingan detallar qiymati Minus: oy oxiridagi qoldiq Mahsulot tannarxiga olib borilgan detallar tannarxi 1178100 305500 872600 «ZIYONUR AUDIT» auditorlik tashkiloti auditori tekshirishda buxgalter qaysi usuldan foydalanib materiallarni tannarxga olib borayotganligiga e’tibor bergan. Yuqoridagi misolda korxonada hisob siyosatiga muvofiq FIFO usulidan foydalanish lozim bo’lsada, unga rioya qilinmagan. Bu erda oy oxiriga qoldiq 366600 so’m (12*28300+1*27000) bo’lishi lozim edi. Tabiiyki, mahsulot tannnarxida ham 61100 so’m tafovut vujudga keladi. Bu mahsulot tannarxini 327 oshishini ta’minlab to’lanishi lozim bo’lgan soliqni kamaytiradi. Bu esa ancha salbiy vaziyatga olib kelishi mumkin. Ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo’lgan mehnat haqi xarajatlarining tarkibi «Xarajatlar tarkibi to’g’risidagi Nizom»da batafsil berilgan. (1.2.1-1.2.3.(1.2.3.1- 1.2.3.8)-1.2.5.(1.2.5.1-1.2.5.4)-1.2.7 bandlar). Mahsulotlar tannarxining mazkur elementini tekshirishda aniqlanadigan asosiy xato-bu xarajatlarning ishlab chiqarish yo’nalishi tamoyiliga rioya qilmaslikdir. Auditor ish haqi hisoblashga doir dastlabki hujjatlar (ish vaqtini hisobga olish tabeli,ishbay ishlar uchun naryadlar,hisoblashuv-to’lov vedomostlari)ni tekshirish chog’ida boshqa faoliyat turlari (qurilish,madaniy- maishiy va sh.o’)da band bo’lgan xodimlarning mehnatiga haq to’lash xarajatlarining asosiy faoliyatdagi mahsulotlar tannarxiga qo’shilish faktlarini aniqlashi kerak. Bunga 6710-«Mehnat haqi bo’yicha xodimlar bilan hisob- kitoblar» va 6720-«Deponentlangan mehnat haqi» schyotlarining krediti bo’yicha ma’lumotlarning ishlab chiqarishga olib borilgan qismini, yig’ma mehnat haqi vedomostining uni hisoblash qismi bo’yicha jami ko’rsatkichlari bilan solishtirish orqali erishiladi. Qoidaga ko’ra, yig’ma vedomostning jami ma’lumotlari, ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga oladigan schyotlarning debeti bo’yicha ma’lumotlarga qaraganda ko’p bo’lishi lozim. Auditor xatoliklarni aniqlash bilan birga ish haqi hisoblashda maqbul yo’llar bo’yicha takliflar ham berishi lozim. Masalan, TEH-KOMPUTER PLUS korxonasida 15 ta ishchi band bo’lib, soatbay ish haqi stavkasi – 1500 so’m va bu normativ stavka bo’lib xizmat qiladi. Shu bilan birga korxonada premiyali (rag’batli) to’lov turi ham mavjud, unga ko’ra 100% dan oshgan samaradorlik darajasining yarmi miqdorida soatbay ish haqiga nisbatan to’lanadi, ya’ni agar samaradorlik darajasi 110% ni tashkil etsa, soatbay ish haqi 1575 (1500+1500*5%) so’mni tashkil etadi. Oy davomida korxonada 154 ta kompyuter 172 soatda yig’ildi. Normativ bo’yicha esa soatiga 0,7 ta kompyuter yig’ilishi lozim edi. Bunda norma bo’yicha korxonada 120ta kompyuter yig’ilishi lozim edi. 328 Korxonada esa soatiga 0,9 (154:172) ta kompyuter yig’ilgan. Ya’ni samaradorlik 130% ni (0,9:0,7) tashkil etgan. Ishchilarga norma doirasida 258000 (172*1500) so’m to’lanadi, shu bilan birga 38700 (172*1500*15%) so’m rag’batlantirish summasi ham to’lanadi. Korxonalarda bunday usullarni qo’llash korxona samaradorligini oshirishda albatta sezilarli ta’sir ko’rsatadi. Ishlab chiqarishga taalluqli ijtimoiy sug’urta ajratmalari elementiga byudjetdan tashqari majburiy fondlarga qonunchilik bilan belgilangan me’yorlarga muvofiq ajratiladigan to’lovlar kiradi. Masalan, mehnat haqi fondidan sug’urta fondiga majburiy ajratmalar, nodavlat pensiya jamg’armalariga, ixtiyoriy tibbiy sug’urta va sug’urtaning boshqa turlariga ajratmalar, bandlik xizmatiga ajratmalar shular jumlasidandir. Bunday ajratmalarning mahsulotlar tannarxiga olib borilishini tekshirishda byudjetdan tashqari fondlarga to’lanadigan badallarni hisoblab chiqarish manbalarining mehnat haqi fondining o’zini hisoblab chiqarish manbasiga bevosita bog’liq ekanligiga e’tibor berish zarur. Boshqacha qilib aytganda, to’lov manbasi qanday bo’lsa, badallarni to’lash manbasi ham shunday bo’ladi, bu esa yoxud tannarx,yoxud korxonaning o’z xususiy mablag’lari bo’lishi mumkin. Masalan, tekshiruv jarayonida auditor asosiy ishlab chiqarishda ishlaydigan ishlovchiga bergan 80000 so’mlik moddiy rag’batlantirish summasi hamda shu summaga nisbatan hisoblangan byudjetdan tashqari fondlarga to’lovlar summalari(ijtimoiy sug’urta fondiga 24%- 19200 so’m, bandlik xizmatiga 2,5% - 2000 so’m) ham mahsulot tannarxiga olib borilgan(Dt 2010 Kt 6710 - 80000 s ,Dt 2010 Kt 6520 - 19200 so’m,Dt 2010 Kt 6530 - 2000 so’m).Auditor ushbu xo’jalik muomalalari bo’yicha tuzilgan schyotlar korrespondentsiyasini noto’g’ri deb topib,jami 101200 so’mga mahsulot tannarxi asossiz oshirilgan va natijada soliqqa tortiladigan baza shu summaga kamaytirilganligini isbotladi. Moddiy rag’batlantirish summasi ( 80000 s) va u bo’yicha hisoblangan barcha ajratmalar (19200 s) mahsulot tannarxiga qo’shilmasdan,korxonaning o’z mablag’lari ya’ni moddiy rag’batlantirish uchun ajratilgan fond hisobidan qoplanishi kerak. 329 Ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bo’lgan asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar eskirishi elementi bo’yicha xarajatlar tarkibiga asosiy ishlab chiqarish vositalarining, shu jumladan moliyaviy lizing asosida olinganlarni ham qo’shgan holda dastlabki (tiklash) qiymatiga nisbatan belgilangan tartibda tasdiqlangan me’yorlar, jadallashtirilgan amortizatsiyani ham qo’shib, hisoblangan amortizatsiya ajratmalari (hisoblangan eskirish) summalari kiradi. Ta’kidlash joizki, №5 -«Asosiy vositalar»nomli BHMSga muvofiq asosiy vositalarga amortizatsiya hisoblashning quyidagi usullari tavsiya qilinadi: Download 3.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling