A. J. Tuychiyev Iqtisoiyot fanlari doktori, professor
Download 3.05 Mb. Pdf ko'rish
|
АУдит дарслик (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Misol uchun
Kasbiy etika tushunchasi.
Insonlarning mehnat faoliyatidagi o’zaro odob ahloq munosabatlarini kasbiy etika tartibga soladi. Jamiyatning normal darajada ishlab turishi va uning rivojlanishi turli xil moddiy ne’matlar va moddiy qadriyatlarning uzluksiz jarayonda yaratilishi sharoitida amalga oshirilishi mumkin. Ammo uning mavjudligi va rivojlanishi faqatgina huquqiy hamda iqtisodiy qonunlarga bog’liq emas. Asosiy o’rinni u yoki bu kasbiy faoliyat asosida quriladigan odob ahloq tamoyillari egallaydi. Kasbiy etika — bu insonning o’z kasbi oldidagi majburiyati aloqadorlini aniqlab buruvchi odob ahloq normalari yig’indisi hisoblanadi. Kasb bilan bog’liq bo’lgan odob ahloq har doim insonning boshqa shaxslar oldidagi yurish turishi, o’zini tutishi erkinligining cheklanganligi bilan bog’liqdir. U insonlarni u yoki bu kasbga tegishliligiga qarab birlashtiradi. Kasbga bilan bog’liq odob ahloqga bo’lgan talab faqatgina muayyan bir kasb egalariga tegishli bo’lib, boshqa kasb egalariga dahl qilmaydi. Bundan tashqari, ushbu talablar u yoki bu kasb egalarining o’ziga xos o’zaro munosabati hamda o’zaro aloqasini sababli barchaga ma’lumdir. Misol uchun: Yapon ish etikasining umumiy qoidalari: uchrashuvlarga faqatgina tashrif qog’ozi bilan kelish, har doim o’z kompaniyasi va o’z takliflari haqida manbalarga ega bo’lish, kiyinish madaniyatida va tashqi ko’rinishda maxsus qoidalarga rioya qilish. 70 Kasbiy etika shuningdek, axloqiy o’zini tutish bilan ham bevosita bog’liq, lekin u xar bir kasbning ahloqiy xarakteristikasini ko’rib chiqqan holda juda tor doirani o’zida qamrab oladi. Kasb faqatgina normativ talablarga to’g’ri keluvchi saralash jarayoni kabi o’rin egallaydi. Kasbiy etikaning doirasiga quyidagilar kiradi: Kasbiy majburiyat va uni yanada yaxshi shakllantirishga qaratilgan, shuningdek, xodimning shaxsiy axloqiy sifatlarini o’rnatish; Kasb bilan bog’liq tarbiyaning o’ziga xos xususiyatlari. Kasbiy etika mehnat jamoalarida mutaxassislarning o’zaro munosabatini o’rganadi, bundan tashqari, kasbiy jamoalarning munosabatini va ushbu kasb bilan bog’liq odob ahloqlilikning xususiyatlarini ko’rib chiqadi. Kasbiy etika jamoa a’zolari o’rtasidagi o’zaro ahloqiy munosabatlarni o’rnatuvchi ahloq kodekslari orqali ifodalanadi. Shunday qilib, kasbiy etika - bu: 1) O’zining amalga oshiruvchi kasbiy faoliyati jihatidan maqbul deb hisoblanuvchi shaxslar o’rtasidagi o’zaro ahloqiy munosabatlarni aks ettiruvchi ahloq kodekslari xisoblanadi; 2) U yoki bu kasbning ijtimoiy va madaniy gumanitar nuqtai nazaridan mazkur kodekslarni tasdiqlash usullari xisoblanadi. Download 3.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling