98
Auditorlik tekshiruvi uchun vaqt sarfini rejalashtirishga ta’sir etuvchi
omillar
Tuzilgan umumiy reja audit dasturini amalga oshirishning asosiy manbasi
yoki dasturning uslubiy hamda me’yoriy asosi bo’lib xizmat qilishi kerak.
Auditorlik tekshiruvini o’tkazish jarayonida umumiy rejaning ayrim qoidalariga
o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish zaruriyati paydo bo’lishi mumkin,
bunday
vaqtda kiritiladigan o’zgartirishlar mazmuni va sabablari rejada batafsil bayon
etilishi kerak.
Auditorlik tekshiruvining umumiy rejasi va dasturi har bir auditorlik
tekshiruvi ob’ekti(asosiy vositalar auditi, pul mablag’lari auditi, TMZ auditi va shu
kabilar)ning xususiyatlaridan kelib chiqqan holda alohida va maxsus shakl hamda
mazmunda ishlab chiqilishi lozim. Biz quyida xo’jalik yurituvchi sub’ektlarda
auditning
umumiy rejasini
quyidagi
jadvaldagi
shartli misolda keltirilgan
shaklda tuzishni tavsiya etamiz. Shu o’rinda ta’kidlash joizki, auditning umumiy
rejasini auditorlik tekshiruvining har bir ob’ektiga
alohida va maxsus shaklda
tuzish jarayoni auditordan qo’shimcha vaqt, mehnat va qog’oz xarajatlarini talab
99
etadi. Biroq umumiy rejada faqatgina auditorlik tekshiruvini o’tkazishning umumiy
jarayoni aks ettiriladi, u tekshiruvchilar
uchun aniq vazifa, vaqt va tekshiruvni
o’tkazishning aniq tartibi haqida ma’lumot olish imkonini bermaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: