A. J. Tuychiyev Iqtisoiyot fanlari doktori, professor


Auditning umumiy rejasini tayyorlash xususiyatlari


Download 3.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/184
Sana17.10.2023
Hajmi3.05 Mb.
#1706223
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   184
Bog'liq
АУдит дарслик (1)

5.3.Auditning umumiy rejasini tayyorlash xususiyatlari 
Auditorlik shartnomasi tuzilgandan so’ng tekshiruvning umumiy rejasi 
tayyorlanishi va u auditorlik guruhi rahbari tomonidan tuzilishi hamda 
tasdiqlanishi lozim. Auditning umumiy rejasida tekshiriladigan xo’jalik yurituvchi 
sub’ektning buxgalteriya hisobi va ichki nazorat tizimini o’rganish hamda ular 
ma’lumotlarining ishonchliligini baholash, auditorlik tanlash hajmini belgilash
audit dasturini tayyorlash, auditni bevosita o’tkazish jarayonining (dasturni 
bajarish)amallarini belgilash, bajarilgan ishlar natijalarini tahlil qilish, barcha 
oraliq va umumiy audit ish hujjatlarini tayyorlash, tekshiruv natijalarini xo’jalik 
yurituvchi sub’ekt va yuqori organlarga taqdim etish kabi vazifalarni o’z ichiga 
olgan holda audit o’tkazishning barcha umumiy bosqichlari aks ettiriladi. Auditor 
tekshiruvni 
auditorlik 
shartnomasida 
belgilangan 
muddatda 
yakunlashni 
ta’minlashi uchun unga sarflanadigan vaqtni rejalashtirishga ta’sir etuvchi 
omillarni to’liq va aniq hisobga olishi talab etiladi. 


98 
Auditorlik tekshiruvi uchun vaqt sarfini rejalashtirishga ta’sir etuvchi 
omillar 
Tuzilgan umumiy reja audit dasturini amalga oshirishning asosiy manbasi 
yoki dasturning uslubiy hamda me’yoriy asosi bo’lib xizmat qilishi kerak. 
Auditorlik tekshiruvini o’tkazish jarayonida umumiy rejaning ayrim qoidalariga 
o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish zaruriyati paydo bo’lishi mumkin, bunday 
vaqtda kiritiladigan o’zgartirishlar mazmuni va sabablari rejada batafsil bayon 
etilishi kerak. 
Auditorlik tekshiruvining umumiy rejasi va dasturi har bir auditorlik 
tekshiruvi ob’ekti(asosiy vositalar auditi, pul mablag’lari auditi, TMZ auditi va shu 
kabilar)ning xususiyatlaridan kelib chiqqan holda alohida va maxsus shakl hamda 
mazmunda ishlab chiqilishi lozim. Biz quyida xo’jalik yurituvchi sub’ektlarda 
auditning umumiy rejasini 
quyidagi 
jadvaldagi
shartli misolda keltirilgan 
shaklda tuzishni tavsiya etamiz. Shu o’rinda ta’kidlash joizki, auditning umumiy 
rejasini auditorlik tekshiruvining har bir ob’ektiga alohida va maxsus shaklda 
tuzish jarayoni auditordan qo’shimcha vaqt, mehnat va qog’oz xarajatlarini talab 


99 
etadi. Biroq umumiy rejada faqatgina auditorlik tekshiruvini o’tkazishning umumiy 
jarayoni aks ettiriladi, u tekshiruvchilar uchun aniq vazifa, vaqt va tekshiruvni 
o’tkazishning aniq tartibi haqida ma’lumot olish imkonini bermaydi. 

Download 3.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling