A. J. Tuychiyev Iqtisoiyot fanlari doktori, professor


Download 3.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/184
Sana17.10.2023
Hajmi3.05 Mb.
#1706223
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   184
Bog'liq
АУдит дарслик (1)

Uyg’unlik tamoyili auditning dastlabki rejasini tuzishdan tortib, to umumiy 
rejasi va dasturini tuzgunga qadar bo’lgan barcha bosqichlarning o’zaro bog’liqligi 
va muvofiqligini ta’minlashni nazarda tutadi.
Rejalashtirishning uzluksizlik tamoyili tekshiruvda ishtirok etadigan 
auditorlarga kelishilgan topshiriklar belgilanishi va rejalashtirish bosqichlarining 
muddatlar hamda tarkibiy bo’linmalar bo’yicha bog’liqligida ifodalanadi.
Auditni rejalashtirishning maqbullik tamoyili shundan iboratki, rejalashtirish 
chog’ida auditorlik tashkiloti o’zi belgilagan mezonlar asosida auditning umumiy 
rejasi va dasturidan maqbulini tanlash imkoniyatiga ega bo’lishi zarur. Auditorlik 
tekshiruvi uzoq vaqt davom etganida, auditor mijozning moliya - xo’jalik 
faoliyatidagi va qonunchilikdagi o’zgarishlarni hisobga olgan holda reja va 
dasturga zarur tuzatishlar kiritishi mumkin.
 
5.2.Auditni dastlabki rejalashtirishning mazmuni va uni amalga oshirish 
tartibi 
Auditni dastlabki rejalashtirish bosqichida 
«
Moliyaviy hisobotlar auditini 
rejalashtirish
» nomli 
300
-AXSga muvofiq auditorlik
tashkiloti xo’jalik yurituvchi 
sub’ekt rahbariyati bilan auditni o’tkazish bilan bog’liq asosiy tashkiliy masalalarni 
kelishib olishi belgilangan bo’lib, buning uchun auditor, xo’jalik yurituvchi 
sub’ektning moliya-xo’jalik faoliyati bilan tanishishi va korxona faoliyati 
to’g’risida to’liq axborotga ega bo’lishi talab etilgan. Bu esa, auditordan korxona 
faoliyati to’g’risida to’liq axborotga ega bo’lishi uchun esa uning bir qancha asosiy 
hujjatlari, jumladan, xo’jalik yurituvchi sub’ektning hisob siyosati va unga 
o’zgartirishlar kiritishni tartibga soluvchi hujjatlar, xo’jalik yurituvchi sub’ekt 


95 
faoliyatini rejalashtirish hujjatlari (rejalar, smetalar, loyihalar), xo’jalik yurituvchi 
sub’ektning kontraktlari, shartnomalari, bitimlari, auditor maslahatchilarining ichki 
hisobotlari, soliq tekshiruvlari materiallari, sud da’volari materiallari, xo’jalik 
yurituvchi sub’ektning ishlab chiqarish va tashkiliy tuzilishlarini tartibga soladigan 
hujjatlar, xo’jalik yurituvchi sub’ekt rahbariyati va ijrochi xodimlari bilan 
suhbatlardan olingan ma’lumotlar, xo’jalik yurituvchi sub’ektni uning asosiy 
uchastkalari, omborlarni ko’zdan kechirishdan olingan 
axborotlar bilan tanishib 
chiqishni talab etadi. Shundan so’ng, auditorlik tashkiloti dastlabki rejalashtirish 
bosqichida auditorlik
tashkiloti auditni o’tkazish imkoniyatini baholaydi. Agar 
auditorlik tashkiloti auditni o’tkazishni mumkin deb hisoblasa, U auditni o’tkazish 
uchun shtatni shakllantirishga o’tadi.
Yuqoridagilardan xulosa qilib aytganda, auditni dastlabki rejalashtirish 
bosqichi bu – xo’jalik yurituvchi sub’ekt va auditorlik tashkiloti tomonidan 
auditorlik shartnomasini tuzgungacha bo’lgan ishlarni o’z ichiga olib, bu 
bosqichda auditorlik tashkiloti tomonidan tekshiruv buyurtmachisi faoliyati bilan 
tanishish, buyurtmachiga auditorlik faoliyatini o’tkazish xuquqini beruvchi tegishli 
litsenziyani va auditor (auditorlar)ning malaka sertifikatini taqdim etish
korxonaning ichki va tashqi faoliyat xususiyatlari to’g’risida ma’lumot to’plash va 
tekshiruv buyurtmachisini auditorlik tekshiruvidan o’tkaza olish salohiyatini 
baholash, auditorlik shartnomasi shartlarini korxona rahbariyati bilan kelishib olish 
va korxonani tekshirish uchun auditorlik ishchi guruhini shakllantirish hamda 
yakunda auditorlik shartnomasini rasmiylashtirish jarayonidir.
Auditor uchun dastlabki rejalashtirish jarayonida quyidagilar xo’jalik 
yurituvchi sub’ekt to’g’risida axborot olish manbalari bo’lib hisoblanadi: 
- Xo’jalik yurituvchi sub’ekt ustavi; 
- Xo’jalik yurituvchi sub’ektni ro’yxatga olish to’g’risidagi hujjatlar; 
- Xo’jalik yurituvchi sub’ektning hisob siyosatini va unga o’zgartirishlar 
kiritishni tartibga soluvchi hujjatlar; 
- Xo’jalik yurituvchi sub’ektni ro’yxatga olish to’g’risidagi hujjatlar; 


96 
-. Kuzatuv va (yoki) ijroiya organlari aktsiyadorlar yig’ilishlarining yoxud 
xo’jalik yurituvchi sub’ektning boshqa shu singari boshqaruv organlari majlislari 
bayonnomalari 
- Buxgalteriya hisobotlari
- Statistika hisobotlari; 
- Xo’jalik yurituvchi sub’ektning shartnomalari va bitimlari; 
- Auditor maslahatchilarining ichki hisobotlari; 
- Korxonaning filiallari va shu’ba jamiyatlari ro’yxati; 
- Xo’jalik yurituvchi sub’ektning ishlab chiqarish va tashkiliy tuzilishlarini 
tartibga soladigan hujjatlar, uning filiallari va shu’ba jamiyatlari ro’yxati”; 

Auditorlik tashkiloti mutaxassislari malaka darajasi bo’yicha 
ma’lumotlar(Auditorlik tekshiruvi buyurtmachisi faoliyat sohasini tushunadigan 
mutaxassislar etarliligini baholash va ekspert xizmatiga bo’lgan ehtiyojni aniqlash 
maqsadida). Shuningdek, amaldagi “Auditorlik faoliyati to’g’risida”gi Qonunga 
muvofiq auditorlik tashkiloti auditorlik tekshiruvi o’tkazish to’g’risida qaror qabul 
qilish uchun xo’jalik yurituvchi sub’ektning ta’sis hujjatlari va buxgalteriya hisobi 
hamda moliyaviy hisobot hujjatlari bilan oldindan tanishib chiqish huquqiga ega 
ekanligi aniq belgilab qo’yilgan. Biroq, auditorlik tashkiloti hali auditorlik 
shartnomasi tuzilmagan korxonadan yuqoridagi ma’lumotlarni taqdim etilishi 
oqibatida ushbu korxonaning moliya-xo’jalik faoliyatiga oid sirlarini chetga chiqib 
ketish xavfini oshirishini hisobga olgan holda ish tutishi zarur.
 Dastlabki rejalashtirish auditorlik tashkiloti uchun o’z tekshirish 
salohiyatini tekshiruv boshlanmansdan avval baholash imkoniyatini beradi va 
auditorlik shartnomasi shartlarini korxona rahbariyati bilan kelishib oladi. Agar 
auditorlik tashkiloti auditni o’tkazishni mumkin deb qaror qabul qilsa, u auditorlik 
guruhini shakllantirishga o’tadi hamda korxona bilan auditorlik shartnomasini 
rasmiylashtiradi. Auditni dastlabki rejalashtirish jarayonini yuqorida tavsiya 
etilgan tartib-qoidalar asosida amalga oshirilishi auditorlik tashkilotlari tomonidan 
korxonalarni tekshirish salohiyatini baholash, tekshiruv buyurtmachisi faoliyati 


97 
bilan tanishish, tekshiruv buyurtmachisi bilan auditorlik shartnomasi shartlarini 
kelishib olish jarayonini mukammallashtirish va optimallashtirish imkoniyatini 
yaratadi.

Download 3.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling