A. J. Tuychiyev Iqtisoiyot fanlari doktori, professor


Nashr qilinadigan axborot va reklama


Download 3.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/184
Sana17.10.2023
Hajmi3.05 Mb.
#1706223
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   184
Bog'liq
АУдит дарслик (1)

 Nashr qilinadigan axborot va reklama. Auditorlar haqidagi 
ma’lumotni nashr qilish va auditorlik xizmatlarini reklama qilish ommaviy axborot 
vositalari, auditorlarning maxsus nashrlari va boshqalarda amalga oshirilishi 
mumkin. Auditorlik xizmatini reklama qilish to’g’ri, aniq va ishonchli bo’lishi 
lozim. Axloq kodeksiga zid bo’lgan quyidagi reklama va nashrlarga ruxsat 
berilmaydi: 
– mijozlar to’g’risidagi maxfiy axborotni ochish mumkin bo’lgan ma’lumot; 
– muayyan sohadagi biron-bir mutaxassisga asoslanmagan shikoyat. 
13. 
Professional xizmatga aloqador bo’lmagan sohada auditorning 
harakati. Auditor auditorlik faoliyati davrida boshqa tadbirkorlik faoliyati bilan 
shug’ullanmasligi lozim. 
14. 
Xalqaro faoliyat. Axloqiy talablarni qo’llashda xalqaro amaliyotda 
bir qator vaziyatlar yuzaga kelishi mumkin. Auditor faqat bir davlatning kasbiy 
tashkiloti vakili hisoblanishi yoki o’zi xizmat ko’rsatayotgan davlatda kasbiy 
tashkilot vakili hisoblanishi holati har bir alohida vaziyatda ishni yuritish usuliga 
ta’sir etmasligi lozim.
Bir davlatda attestatsiyalangan auditor boshqa davlatda yashashi yoki xizmat 
ko’rsatishi maqsadida u erda vaqtincha bo’lishi mumkin. Har qanday holda ham 


84 
auditor audit standartlari va axloqiy talablarga muvofiq ravishda kasbiy xizmatlar 
ko’rsatishi lozim. Agar auditor «A» davlatda xizmatlar ko’rsatsa va ushbu 
davlatning axloqiy talablari «V» davlatda qabul qilingan talablardan farqlansa, 
quyidagi qoidalar qo’llaniladi: 
– xizmat taqdim etilayotgan «A» davlatning axloqiy talablari «V» davlat 
auditorlarining axloq kodeksida ko’zda tutilganlaridan ko’ra engilroq bo’lsa, bu 
holda «V» davlat auditorlarining axloq kodeksi qo’llanilishi lozim; 
– xizmatlar taqdim etilayotgan «A» davlatning axloqiy talablari «V» davlat 
auditorlarining axloq kodeksida ko’zda tutilganlaridan ko’ra qattiqroq bo’lsa, bu 
holda xizmatlar ko’rsatilayotgan «A» davlatdagi axloqiy talablar qo’llanilishi 
lozim. 
– mamlakatning milliy (axloqiy) talablari mamlakat tashqarisida xizmatlarni 
bajarishda majburiy hisoblansa va yuqorida bayon etilganlardan ko’ra qattiqroq 
bo’lsa, bu holda milliy talablar qo’llanilishi lozim. 

Download 3.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling