A. K. Sharaxmatova Chirchiq davlat pedagogika instituti o‘qituvchisi


Download 59.48 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/7
Sana18.06.2023
Hajmi59.48 Kb.
#1589678
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
oliy-ta-lim-muassasalarida-pedagogik-muloqot-va-uning-ahamiyati-xususida

KIRISH
 
Aslida muloqot inson faoliyatining ruhiy hamda ma‘naviy asosi natijasida 
yuzaga keladigan ijtimoiy ehtiyojlar bilan birga namoyon bo‗ladi. «Shaxslar faoliyati 
motivatsiyasining asosi sifatida yuzaga chiqayotgan ehtiyoj, manfaat, manfaatdorlik 
kabi ijtimoiy iqtisodiy omillar ma‘lum ma‘noda ularni maqsadli o‗y-fikrlari, istaklari 
yuzaga chiqishiga ham sabab bo‗ladi. Shaxslararo munosabatlarni, muloqot 
madaniyatini qay darajada shakllanishiga ham sezilarli ta‘sir o‗tkazadi. Binobarin, 
muloqot odamlar orasida amalga oshiriladigan faoliyatlar ichida yetakchi o‗rin 


Academic Research in Educational Sciences 
VOLUME 2 | ISSUE 10 | 2021 
ISSN: 2181-1385 
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 
Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89 
DOI: 10.24412/2181-1385-2021-10-755-760 
Google Scholar 
Scientific Library of Uzbekistan 
Academic Research, Uzbekistan 756 www.ares.uz 
egallab, u insondagi eng muhim ehtiyojlarni jamiyatda yashash va o‗zini shaxs deb 
hisoblash bilan bog‗liq ehtiyojni qondiradi. Shuning uchun ham uning har bir inson 
uchun ahamiyati mislsiz» [4].
Shunday qilib, muloqot odamlarning birgalikdagi faoliyatlari, ehtiyojlaridan 
kelib chiqadigan turli faolliklari mobaynida bir-biri bilan o‗zaro munosabatlarga 
kirishish jarayoni hisoblanadi. Har bir shaxsning jamiyatda ado etadigan faoliyati 
o‗zaro munosabat va ta‘sir shakllarini o‗z ichiga oladi. Chunki har qanday ish, avvalo 
odamlarning bir-birlari bilan til topishish, bir-birlariga turli xil ma‘lumotlarni uzatish, 
fikr almashinuvi kabi murakkab hamkorlikni talab etadi. Shunday ekan, har bir 
shaxsning jamiyatda tutgan o‗rni, ishlarining muvaffaqqiyati, obro‗si uning 
muloqotga kirisha olish qobiliyati bilan bevosita bog‗liqdir. Bir qarashda osonga 
o‗xshagan shaxslararo muloqot jarayoni aslida juda murakkab bo‗lib, inson hayoti 
davomida o‗rganib boradi. 

Download 59.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling