A. M. Karabayev Qurilishda metrologiya va standartlashtirish


 Sizish muhiti va mexanik sinov usullari


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet47/57
Sana02.06.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1833556
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   57
Bog'liq
Qurilishda metrologiya vaSTANDDARTLASHTIRISH Oquv qollANMA

5.1.2. Sizish muhiti va mexanik sinov usullari 
Rezervuarlar, gazgolderlar va quvurlar kabi inshootlarning tig’izligini 
(germetikligini) tekshirishda (метод проникающих сред) muhitlar usulidan 
foydalaniladi. 
Tajribada suvdan foydalanilsa, idish (sosud) ish jarayonidagiga nisbatan 
balandroq sathga qadar suvga to’ldiriladi. Yopiq idishlarda qo’shimcha suv yoki 
havo kiritish yo’li bilan bosim oshiriladi. Metall konstruksiyalarning alohida 
choklari atom atrofidagi bosim bilan brandspoyt – (yong’inga qarshi ishlatiladigan 
suv nasosi)dan tizillab otilgan kuchli suv oqimi yordamida tekshiriladi. 
Tekshirilayotgan ulama choklarda nuqson mavjud bo’lsa, suv zichligi zaif bo’lgan 
joydan sizib o’tadi. 
Yoriqlarni (трещина) aniqlashda-kerosindan foydalanish yaxshi samara 
beradi. Yopishuvchanligi hamda sirt tarangligi suvga nisbatan kam bo’lganligi tufayli 
kerosin g’ovak va yoriqlar orqali buyumning orqa tomoniga oson sizib o’tadi. 
Chok sirtining bir tomoni kerosinga belanadi yoki sepiladi, sirtning orqa tomoni 
esa bo’r eritmasi bilan yengilgina oqlanadi va quritiladi. Yoriqlar mavjud bo’lsa, 
sizib o’tgan kerosin qurigan oppoq fonda zang dog’lari hosil qiladi.
Siqilgan havodan foydalanish usuli nuqson aniqlashning eng sodda 
usullaridan biri sanaladi. Bunda chokning bir tomoni 4 atmosfera bosim ostida 
siqilgan havo bilan purkaladi. Hosil bo’lgan havo pufakchalari yoriqlarning 
mavjudligidan darak beradi. 
Nuqsonlarni aniqlashda ultratovush usuli ham keng qo’llaniladi. Bu usul 
yoriqlardan havo o’tganda ultratovush tebranishlarining 
o’zgarishiga 
asoslanadi. 
Yoriqlarning mavjudligini vakuum hosil qilish yo’li bilan ham aniqlasa 
bo’ladi (26-rasm). Tekshirilayotgan konstruksiya (3) sovunli suv bilan ho’llanadi 


126 
va unga qopqog’i (5) shaffof bo’lgan tubi yo’q quti (4) qoplanadi. Rezina 
zichlagichlar 1 qutiga havo kirmasligini ta’minlaydi. Quti vakuum — nasos (6) 
ga ulanadi. Sovun pufakchalari 2 ning paydo bo’lishi konstruksiyada yoriqlar 
borligidan darak beradi. 
26-rasm. Vakuum uskunasi sxemasi 
Yemirmaydigan mexanik sinov usullariga o’z joyida qisman o’yish 
(местное разрушение) usuli, plastik deformatsiya usuli va elastik sapchish 
(упругий отскок) usullari kiradi. O’z joyida qisman o’yish usuli garchi 
yemirmaydigan usullar sirasiga kiritilsada, konstruksiyaning yuk ko’tarish 
qobiliyatiga ma’lum darajada salbiy ta’sir ko’rsatadi. 
Konstruksiya materialining mustahkamligi haqidagi to’liq ma’lumot 
mazkur konstruksiyadan ajratib olingan namunani laboratoriya sharoitida sinash 
orqali olish mumkin. Metall konstruksiyalarda namunalar qizdirish yo’li bilan 
kesib olinadi. O’yilgan joylar tezda qoplama listlar bilan yamaladi. 
Namunalarni temirbeton konstruksiyalardan olishda olmos tishlar va 
sintetik disklardan foydalaniladi. Namunalarni siqishga sinashda kubiklarning 
o’lchamlari 70,7 mm dan, to’sinchalarni egilishga sinashda uning kesimi 100 x 
100 mm, uzunligi 400 mm dan kam bo’lmasligi kerak.
Plastik deformatsiya usuli konstruksiyaga yig’iq kuch ta’sir etganda 
shu joyning o’zida paydo bo’ladigan qoldiq deformatsiyaga asoslanadi. Ushbu 


127 
usul qattiq jismni (indentor) element sirtiga statik yoki dinamik ravishda 
botirganda sirtda qoladigan izning o’lchamlariga hamda konstruksiya
materialining mustahkamligiga asoslanadi. 
Bu usulning afzalligi uning texnologik soddaligida, kamchiligi esa 
materialning mustahkamligiga uning sirtidagi qatlamlarning holatiga qarab baho 
berishdadir. 
Brinel bo’yicha qattiqlik HB ni aniqlash uchun po ’lat sharcha 1 ni 
sinalayotgan metallning sirtiga botiriladi (27-rasm). HB quyidagi formuladan 
aniqlanadi: 
HB = 2P. [πD(D-√D

- d
2
) ] 
bu yerda: P — sharchaga qo’yilgan yuk, H; 
D — sharcha diametri, mm ; 
d — sharcha izining diametri, mm. 
Qattiqlik orqali uglerodli po’latning muvaqqat qarshiligi aniqlanadi. 
ст
в
=0,35НВ МРа. 
Betonning mustahkamligini aniqlashda keng tarqalgan usullardan biri K.P. 
Kashkarovning diametri 10 yoki 12 mm, uzunligi 100-150 mm bo’lib, muvaqqat 
qarshiligi 420-460 MPa bo’lgan BCt
3
sp
2
markali po’latdan ishlangan. 
Betonning yoshi 28 sutka, namligi 2-6% bo’lsa, uning bolg’asini qo’llash 
usulidir. Ushbu bolg’aning tuzilishi 28-rasm, a da berilgan. Bolg’a kallagi (1) 
ning ichida ichi bo’sh stakan (3) va prujina (7) joylashgan. 
Katta massali konstruksiyalarda istalgan o’lchamdagi namunalarni o’yib 
olsa bo’laveradi. biroq kichikroq konstruksiyalarda bu ancha mushkul ish. 
Bunday hollarda namunalarning o’lchamlarini masshtab bo’yicha kichraytirib 
olishga to’g’ri keladi. Konstruksiya tanasidan namuna o’yib olingach, o’yilgan 
bo’shliq tezda beton bilan to’ldirilib qo’yilishi shart. Bunda betonga 
ishlatiladigan sement o’tirishmaydigan (безусадочный) bo’lishi lozim. O’yib 
olingan namunalarni, vaqt o’tkazmay, tezda sinagan ma’qul. Aks holda 
namunalarni konservatsiya qilishga to’g’ri keladi.


128 
27-rasm. Qattiqlikni Brinel bo’yicha 
aniqlash. 
28-rasm. K.P. Kashkarov bolg’asining 
sxemasi. 
Bolg’aning sopi (2) dan ushlab, beton sirti (6) ga tik ravishda zarb beriladi. 
Bunda beton sirtida hosil bo’lgan chuqurchaning diametri d
b
po’lat sharcha 5 
diametrining 0,3-0,7 qismini tashkil etib, chuqurcha eng katta diametri de 2,5 mm 
dan, chuqurchalar orasidagi masofa esa 30 mm dan kam bo’lmasligi kerak. 
Konstruksiyaning har bir uchastkasida taxminan 5 ta sinov o’tkaziladi. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling