A. M. Karabayev Qurilishda metrologiya va standartlashtirish


 Konstruksiyalarni akustik usulda sinash


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet48/57
Sana02.06.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1833556
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   57
Bog'liq
Qurilishda metrologiya vaSTANDDARTLASHTIRISH Oquv qollANMA

5.1.3. Konstruksiyalarni akustik usulda sinash 
Ultratovush akustik sinash usuli tovushni konstruksiya materialida 
tarqalish qonuniyatini o’rganishga asoslangan. Tovush — gazsimon, suyuq yoki 
qattiq 
muhitda 
to’lqin 
ko’rinishida 
tarqaladigan 
elastik 
muhit 
zarrachalarining tebranma harakatidir. Elastik to’lqinlar chastotasi 20 Gs li hit 
bo’lgan infratovush, chastotasi 20 Gs dan 20 kGs gacha bo’lgan tovush, 
chastotasi 20 kGs dan 1000 MGs gacha bo’lgan ultratovush hamda chastotasi 
1000 MGs dan ortiq bo’lgan gipertovushlarga bo’linadi. Beton va sopollarni 
sinashda chastotasi 20 kGs dan 200 kGs gacha, metall va plastmassalarni 


129 
sinashda chastotasi 30 kGs dan 10 MGs gacha bo’lgan ultratovush 
tebranishlaridan foydalaniladi. 
Amaliyotda ultratovush usulidan foydalanishning turli xil yo’nalishlari 
bor. Bular ichida ultratovush impuls usuli, rezonans usuli, impedans usuli hamda 
akustika emissiyasi usullari eng ko’p tarqalgan usullardan hisoblanadi. Akustik 
usullar fizikadan ma’lum bo’lgan yaxlit muhitlarda to’lqin tarqalish 
qonuniyatlariga asoslanadi. To’lqinlarning tarqalish shakli ancha murakkab 
jarayon hisoblanadi, chunki muhitga o’ta tezkor jarayonlar ta’sir etganda turli 
xil to’lqinlar paydo bo’ladi.
Ultratovush impuls usulidan foydalanib qurilish konstruksiyalaridagi 
nuqsonlarni, shuningdek, materialning mustahkamligi, elastik parametrlari, 
g’ovakligi kabi fizik-mexanik xossalarini aniqlash mumkin. Ultratovush orqali 
metall konstruksiyalardagi payvand choklarining sifatini tekshirsa bo’ladi. 
Gap qurilish konstruksiyalaridagi nuqsonlar (дефект)ni ultratovush orqali 
aniqlash haqida borar ekan, impuls — usul haqida ham to’xtalib o’tishni joiz 
topdik. Katta o’lchamlik yirik konstruksiyalarni sinashda to’lqinlar 
qarshilikni muhitda so’nib borishi tufayli ultratovush usuli yaxshi samara 
bermaydi. Agar to’lqin uzunligi kattaroq bo’lgan tovushlardan foydalanilsa 
ma’lum natijaga erishish mumkin. Impuls usulida konstruksiyaga mexanik zarba 
beriladi va materialda hosil bo’lgan kuchlanish t o ’ l q i n l a r i n i n g tarqalish 
qonuniyati tekshiriladi va shu asosda materialning f i z i k - m e x a n i k
xarakteristikalariga doir kerakli ma’lu-motlar olinadi. 
UKB — 1M ultratovush asbobi, 29-rasm, b da metall buyumlarning 
qalinligini o’lchaydigan «Kvarts — 6» rusumli ultratovush impuls 
tolshchinomeri (qalinlik o’lchagichi) berilgan. Bu asboblarning vazifasi 
konstruksiya materialining fizik-mexanik xossalari (mustahkamligi, statik va 
dinamik elastiklik modullari)ni, choklar sifatini, konstruksiyaning geometrik 
o’lchamlarini nazorat qilishdan iborat. 


130 
Usulning mohiyati tarqalayotgan ultratovush to’lqinlarining tezligini 
aniqlash va izlanayotgan parametrlarni tarirovka grafiklari yoki etalon 
namunalar bilan solishtirish orqali topishdan iborat. 
29-rasm. Materiallarni akustik yoki impuls usulida nazorat qiladigan asboblar: 
a) beton, g’isht va boshqa materiallarning sifatini nazorat loplast va boshqa qiladigan UKB — 
1M asbobi; b) «Kvars — 6» qalinlik materiallarining о’Ichagichi. 
Qurilish konstruksiyasini ultratovush impuls usulida sinash sxemasi
30-rasmda tasvirlangan. 31-rasmda choklarni sinash sxemasi berilgan.Ulanma 
choklarda ultratovushning tarqalish tezligi etalon chokdagi ultratovushning 
tarqalish tezligi bilan taqqoslanadi.

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling