A. M. Karabayev Qurilishda metrologiya va standartlashtirish


Laboratoriyani attestatlash


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet37/57
Sana02.06.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1833556
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   57
Bog'liq
Qurilishda metrologiya vaSTANDDARTLASHTIRISH Oquv qollANMA

Laboratoriyani attestatlash deganda, labaratoriyani akkreditlash uchun 
belgilangan mezonlarga muvofiqligini aniqlash maqsadida sinov labaratoriyasini 
tekshirilishi tushuniladi. 
Shunday talablar qatoriga quyidagilar kiradi: 
- xodimlarning nazariy tayyorgarligi va amaliy ishdagi texnikaviy 
layoqatliligi; 
- sinov o’tkazish asbob - uskunalarni mavjudligi, o’lchash va boshqa 
vositalarni akkreditlash huquqini olish uchun kerakli tekshiruv sinovlarini to’g’ri 
o’tkazishda moddiy - texnikaviy ta’minotining yetarli ekanligi; 

sertifikatlashtirish tavsiflari bo’yicha har bir aniqlash uchun 
tekshirilayotgan sinov usullari to’la tadbiq qilish va buning natijasida sinov 
yakunlar qaytaruvchanligi va haqqoniyligi ta’minlashligi; 
- laboratoriyani tashkiliy haq-huquqiy o’rin bo’lib, mahsulot ishlab 
chiqaruvchidan mustaqil hamda tijorat yoki boshqa majburiyatlaridan bo’lmagan 
sinovlarning haqqoniyligiga ta’sir o’tkaza olmaydigan bo’lishligi; 
- sinovlar o’tkazishda tizim sifatini ta’minlanishligi mavjudligi. 
4.2. Mahsulotning sifatini baholash 
Mahsulot deganda, mehnat faoliyati jarayonining moddiylashtirilgan 
natijasi tushunilib, u foydali xossalarga ega bo’ladi, aniq ishlab chiqarish 
jarayonlarida olinadi va muayyan jamoa va shaxsiy xarakterli ehtiyojlarni 
qanoatlashtirishi uchun mo’ljallanadi. 


101 
Mahsulotlar tayyor holda, aniq bozorda sotilishi uchun yaroqli yoki 
tayyorlash jarayonida, ishlashda, yetishtirishda, ta’mirlashda va shunga 
o’xshashlarda bo’lishi mumkin. 
Mahsulot ta’rifi yana boshqa bir hujjat – ISO 9000 xalqaro standartida qisqa 
holda keltirilgan bo’lib, «mahsulot - faoliyat yoki jarayon natijasi» deb 
ta’riflangan. 
Mahsulot moddiylashtirilgan (masalan, qismlar, qayta ishlanadigan 
materiallar) yoki moddiylashtirilmagan (masalan, axborot yoki tushuncha) yoki 
ularning o’zaro uyg’unlashgan birikmasi sifatida bo’lishi mumkin. Mahsulot o’z 
ichiga xizmatni ham oladi. 
Mahsulotni yaratilishida, sotilishida va iste’molida yoki ishlatilishida 
namoyon bo’ladigan xossasi uning xolisona ko’rsatkichi hisoblanadi. 
Mahsulot ko’pgina turli xossalarga ega bo’lib, u yaratilishida, sotilishida va 
iste’molida yoki ishlatilishida namoyon bo’lishi mumkin. «Ishlatilishi» atamasi 
shunday mahsulotga nisbatan ishlatilishi mumkinki, bunda mahsulotdan 
foydalanish jarayonida u o’z resursi hisobiga sarflanadi. 
«Iste’mol» atamasi shunday mahsulotga nisbatan ishlatiladiki, uning 
vazifasiga ko’ra, ishlatilishida o’zi sarflanadi. 
Mahsulot xossalarini shartli ravishda oddiy va murakkab turlarga bo’lish 
mumkin. 
Mahsulotning oddiy xossasiga massa, sig’im, tezlik va boshqa ko’rsatkichlar 
kiradi. 
Mahsulotning murakkab xossasiga misol sifatida buyum ishining 
ishonchliligini olishimiz mumkin. Bu esa o’z navbatida bir qator oddiy xossalarni 
o’z ichiga qamrab oladi (buzilmasligi, chidamliligi, ta’mirlanuvchanligi va 
saqlanuvchanligi kabilar). 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling