A. M. Karabayev Qurilishda metrologiya va standartlashtirish
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
Qurilishda metrologiya vaSTANDDARTLASHTIRISH Oquv qollANMA
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4.3. Mahsulot sifatini oshirish va boshqarish tizimi
- Sifat tizimi
Differensial usul deb, mahsulotning sifatini birgina ko’rsatkichidan
foydalanishga asoslangan mahsulot sifatining baholash usuliga aytiladi. Differensial usul baholovchi mahsulot sifatining ko’rsatkichini asos bo’luvchi ko’rsatkich bilan taqqoslashga asoslangan. Masalan, bir korxonadan chiqarilayotgan uskunaning ishlash muddati 8 yilni, ikkinchi korxonada esa bu raqam 12 yilni tashkil etadi, asos bo’luvchi qiymat esa 10 yil. mahsulot sifatining darajasi esa birinchi korxonada asos bo’luvchi qiymatga nisbatan past, ikkinchisida esa balanddir. Bu ko’rsatkich uning ishlash muddatini yaxshilanishi natijasida erishilgan. Mahsulot sifatining kompleks ko’rsatkichlarini qo’llanilishiga asoslangan mahsulot sifatini baholash usuli – kompleks usul deb ataladi. Masalan, avtobuslarning sifatini baholashda umumlashtirilgan sifat ko’rsatkichi deganda ularning yillik unumdorligi tushuniladi. Aralashgan usulda bir vaqtning ichida ham birgina ko’rsatkichdan, ham kompleks ko’rsatkichlardan foydalanib mahsulotning sifati baholanadi. Statistik usul bilan mahsulotning sifatini baholashda matematik statistika usullaridan foydalaniladi. 4.3. Mahsulot sifatini oshirish va boshqarish tizimi Mahsulot sifatini oshirishda uni oldindan aytish, rejalashtirish va me’yorlash muhim tadbirlardan hisoblanadi. Mahsulot sifatini oldindan aytib berish deganda, berilgan vaqtda yoki berilgan vaqt oralig’ida yemirishilishi mumkin bo’lgan mahsulot sifati ko’rsatkichlarining imkoniy qiymatlarini aniqlanishi tushuniladi. Mahsulot sifatini rejalashtirish deganda, mahsulotni ishlab chiqarish bo’yicha berilgan vaqt ichida 110 yoki berilgan vaqt oraliqida kerakli sifat ko’rsatkichlarining qiymatlari bilan asoslangan topshiriqni belgilash tushuniladi. Sifat ham boshqa tushunchalar singari o’zining tizimiga egadir. Sifat tizimi deganda, tashkiliy tuzilish, ma’suliyati, ish tartibi, jarayonlar, resurslar yig’indisi bo’lib, sifatning umumiy boshqaruvining amalga oshirilishi tushuniladi. Mahsulot sifatini bir me’yorda bo’lishini ta’minlashda mahsulot sifatini boshqarish alohida o’rin egallaydi. Har qanday boshqarishning mohiyati boshqarish qarorlarini ishlab chiqish va uni boshqaruvchi ob’yektda o’z ta’sirini amalga oshirish ko’zda tutiladi. Mahsulot sifatini boshqarish deganda mahsulotni yaratishda uning kerakli sifatini ta’minlash va me’yorida bo’lib turish maqsadida amalga oshiriladigan harakatlar majmui tushuniladi. Mahsulot sifati jarayonlarning qanday tashkil etilganligiga, ularni qanday me’yorda ishlashiga, nazorat-o’lchash asboblarining naqadar tekis ishlashiga va shu jarayonlarda ishlayotgan xodimlarning malakasiga so’zsiz bog’liqdir. Boshqarish ta’siri boshqariluvchi jarayonlarni amaldagi holatini saqlash yoki unga o’zgartmalar kiritishdan iborat. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling