Afg‘onistonda “Siyosiy partiyalar to‘g‘risida” Qonun loyihasi
qizg‘in muhokama qilinayotgan bir vaqtda ushbu qonun normalari
asosida yangi siyosiy kuchni barpo etish bo‘yicha
harakatlar
boshlandi. Bunday sa’y-harakatlar natijasida 2007-yil aprel oyida
yangi siyosiy ittifoq - “Afg‘oniston Milliy Fronti” (AMF) tuzildi.
Mamlakat sobiq prezidenti Burhonuddin Rabboniy mazkur siyo
siy tuzilmaning rahbari sifatida e’tirof etildi hamda AMFning Oliy
Kengashi rayosatiga sobiq shoh Zohir
Shohning nevarasi Mustafo
Zohir, vise-prezident Ahmad Ziyo Mas’ud, parlament quyi palatasi
raisi Muhammad Yunus Qonuniy, Energetika va suv resiirslari vaziri
Ismoil Xon, Prezident maslahatchisi Abdul Rashid Do‘stum, so
biq Mudofaa vaziri Muhammad Qosim Fahim, sobiq Savdo ishlari
vaziri
Said Mustafo Kozimiy, parlament deputatlari Said Mansur
Nodiriy,
Muhammad Akbariy, Said Muhammad Gulabzoy,
Nur-ul
Haq Ulumiylar kirdilar.
Said Mustafo Kozimiy yangi ittifoqni “islohotchi” tuzilma
sifatida baholab, uning asosiy vazifalaridan biri mamlakatda siyosiy
barqarorlikni o‘matish hisoblanishini ta’kidladi. Shuningdek, u Itti-
foqning mamlakat prezidenti H.Karzay bilan hamkorlik o‘matishga
tayyorligini bildirdi.
“Afg‘oniston Milliy Fronti” a’zolari
mamlakatda parlament
rolini kuchaytirish, prezidentning vakolatlarini
qisqartirish hamda
istiqbolda katta vakolatlar berilishi kutilayotgan Bosh vazir
lavozimini joriy etish lozimligi borasida o‘z fikrlarini bildirdilar.
Ammo, AMF o‘z tarkibidagi ba’zi
yetakchi siyosatchilaming
alohida tutgan pozitsiyalari va yagona fikming yo‘ qligi tufayli 2009-
yil bahorida, ya’ni prezident saylovlari arafasida tarqalib ketdi.
0 ‘z navbatida prezident H.Karzay ham ushbu siyosiy kuchga
raqobatchi bo ‘ lgan yangi “Afg‘ oniston Respublikachilar partiyasi”ni
tuzish rejasi borligini ma’lum qilgan edi.
2010-yil Afg‘onistonda bo‘lib o‘tgan
navbatdagi parlament
saylovlari ham demokratik mezonlar asosida o‘tkazildi131.
Do'stlaringiz bilan baham: