A. M. Mannonov n. A. Abdullayev r. R. Rashidov


Thomas Ruttig. The President’s CEO Decree: Managing rather


Download 184 Kb.
Pdf ko'rish
bet100/124
Sana15.11.2023
Hajmi184 Kb.
#1777363
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   124
Bog'liq
Afg\'oniston tarixi. Mannonov A.M, Abdullayev N.A, Rashidov R.R (1)

124 Thomas Ruttig. The President’s CEO Decree: Managing rather 
thanexecutive powers (now with full translation o f thedocument)/ Afghanistan 
Analysts Network (AAN) Publications. 13 February 2015. - P. 1-2. Download 
URL:https://www.afghanistan-analysts.org/wp-admin/post.php
125 Rashidov R. A fg‘onistonda davlatchilik masalasi: tarix va hozirgi zamon. 
Monografiya. - Т.: Navro‘z, 2017. - B. 97.
126 Thomas Ruttig. The President’s CEO Decree: Managing rather 
thanexecutive powers (now with full translation of thedocument)/ Afghanistan 
Analysts Network (AAN) Publications. 13 February 2015. - P. 1-2. Download 
URL:https://www.afghanistan-analysts.org/wp-admin/post.php
127 0 ‘sha manba. - B. 2 -3 , 7-8.


IJTIMOIY-SIYOSIY HARAKATLAR, SIYOSIY 
PARTIYALAR FAOLIYATINING 
QAYTADAN JONLANISHI VA PARLAMENT 
SAYLOVLARI
Afg‘onistonda toliblar hokimiyati ag‘darilgandan so‘ng siyo­
siy partiya va harakatlaming yana qaytadan faollashishiga shart- 
sharoitlar yuzaga keldi hamda ular siyosiy jarayonlarga jiddiy 
ta’sir eta boshladi. Bunday siyosiy partiya va harakatlar qatorida 
Afg‘oniston Islom Jamiyati, Afg‘oniston Milliy Islomiy Fronti, 
Afg‘onistonni Qutqarish Milliy Fronti, Afg‘oniston Milliy Islomiy 
Harakati, Afg‘oniston Ozodligi Islomiy Ittifoqi, Afg‘oniston Islom 
Partiyasi hamda boshqalami kiritish mumkin. Mazkur ijtimoiy- 
siyosiy tuzilmalaming “Tolibon” harakati hukmronligi davrida 
faoliyat olib borishi butunlay taqiqlab qo‘yilgan edi.
Toliblar hukumati ag‘darilgach va Afg‘onistonda yan­
gi ko‘rinishdagi davlatchilik asoslari barpo etish boshlangach, 
Afg‘oniston siyosiy sahnasida bir necha yildan buyon mavjud bo‘lib 
kelayotgan yuqoridagi siyosiy tuzilmalar o ‘z faoliyatini yangidan 
boshlashga imkoniyat yaratildi.
Afg‘oniston Islom Jamiyati (AIJ) 1976-yilda Pokistonda 
tashkil etilganedi. AIJ sho‘roparast AXDP hukumatini hokimiyatdan 
chetlashtirish va Afg‘onistonda Islom respublikasini o‘matishga 
intilib kelgan. AIJ yetakchisi - mashhur dinshunos, Kobul univer- 
sitetining sobiq professori Burhonuddin Rabboniy (1940-2011) edi. 
AIJ oliy rahbariy organi B.Rabboniy tomonidan boshqariladigan 
Kengash hisoblanadi. Hozirgi vaqtda AIJ mamlakatning bir qator 
viloyatlari, jumladan Kobul, Hirot, Bodg‘is, Faryob, Juzjon, 
Balx, Samangon, Qunduz, Taxor, Bag‘lon, Badaxshon va Parvon 
viloyatlarida faol harakat olib bormoqda.
2005-yilgi parlament saylovlari yakuniga ko‘ra, AIJ afg‘on 
parlamentining quyi palatasida 52 nafar deputatdan iborat o‘z 
fraksiyasiga ega bo‘ldi. AIJ tarafdorlari sifatida Muhammad 
Yunus Qonuniy (“Yangi Afg‘oniston” partiyasi yetakchisi),


Muhammad Qosim Fahim (sobiq mudofaa vaziri va vise-prezi- 
dent), Ahmad Vali Mas’ud (marhum Ahmadshoh Mas’udning 
ukasi, “Afg‘oniston milliy harakati”ning yetakchisi), Muhammad 
Ismoilxon (mujohidlaming mashhur yetakchilaridan biri, H.Karzay 
hukumatida Energetika va suv resurslari vaziri) va Ato Muhammad 
Nur (Balx viloyatining gubematori) kabi Afg‘onistonning ayni 
paytdagi taniqli davlat va jamoat arboblarini ko‘rsatib o‘tish mum­
kin.
Afg‘oniston Milliy Islomiy Fronti (AMIF) AXDP tomonidan 
amalga oshirilgan inqilob natijasida Afg‘onistondan qochib ketgan 
yirik yer egalari, katta amaldorlar, burjuaziya vakillari tomonidan 
1978-yilning dekabr oyida Pokistonda tashkil etilgan. Mashhur din 
vakili, “Qodiriya-i Sufiy” tariqatining ma’naviy yetakchisi (pir) 
Sayyid Ahmad G‘iloniy tashkilot rahbari hisoblanadi. AMIFning 
asosiy maqsadi Afg‘onistondagi inqilobiy tuzumni barbod qilish 
va monarxiyani tiklash orqali “Islom va millatchilik qonunlariga 
tayanuvchi demokratiya”ni joriy etish bo‘lib, Pokiston hududidagi 
qochoqlar orasida ta’siri kuchli bo‘lgan. AMIF Afg‘oniston 
hududida 75 ga yaqin yaxshi qurollangan jangari bo‘linmalariga ega 
bo‘lgan. Hozirda Qandahor, Zabol, G‘azna, Paktika, Paktiya, Xost 
viloyatlarida o‘z mavqeiga ega. 2005-yilgi parlament saylovlarida 
AMIFning 10 nafar a’zosi afg‘on parlamenti quyi palatasi deputati 
bo‘lib saylanishga muvaffaq bo‘ldi.
Afg‘onistonni Qutqarish Milliy Fronti (AQMF) 1978-yilda 
Pokistonga qochib o‘tgan reaksion klerikal vakillar va yirik yer 
egalari tomonidan tashkil etilgan. AQMF rahbari mashhur mu­
sulmon fiqhshunosi Sebg‘atullo Mujaddadiy (1924-2016), afg‘on 
parlamenti yuqori palatasi - Mishrano Jirgening raisi (2005-2010). 
Tashkilot a’zolarining aksariyatini olimlar, ziyolilar, sobiq davlat 
xizmatchilari, qabila sardorlari tashkil etadi. Ulaming ko‘pchiligi 
islom dinining sunniylik oqimiga e’tiqod qiluvchi pushtunlar 
hisoblanadi. 0 ‘z faoliyatini Kobul, Logar, Paktiya, Xost, Nangarxor 
va Kunar viloyatlarida faol olib bormoqda. Afg‘on parlamentining 
quyi palatasida 3 o‘ringa ega.


Afg‘oniston Milliy Islomiy Harakati (AMIH) 1992-yil may 
oyida Mozori Sharifda etnik jihatdan o‘zbek millatiga mansub 
general Abdul Rashid Do‘stum yetakchiligida tashkil etilgan. 
Ayni vaqtda rasmiy yetakchisi Sayyid Nurullo bo‘lib, u Najibullo 
hukumati davrida vazir lavozimida faoliyat yuritgan edi. 2005-yil 
aprel oyida A.Do‘stum o‘miga Sayyid Nurullo AMIH yetakchisi 
lavozimiga tayinlangan bo‘lsa-da, mazkur tashkilotda haliyam 
A.Do‘stumning ta’siri juda kuchli. AMIHning mamlakat shimolida, 
xususan Balx, Samangon, Juzjon, Saripul, Faryob, Bodg‘is 
viloyatlarida mavqei kuchli bo‘lib qolmoqda. AMIH 2005-yilgi 
parlament saylovlarida parlament quyi palatasidan 20 nafar o‘rin 
egallashga muvaffaq bo‘ldi.
Yana shunday harakatlardan biri Afg‘oniston Ozodligi Islomiy 
Ittifoqi (AOII) birinchi navbatda Saudiya Arabistoni manfaatlari 
yo‘lida faoliyat olib borgan va undan katta yordam olib kelgan 
tuzilma hisoblanadi. AOII 1981-yilda tashkil topgan bo‘lib, uning 
asosiy maqsadi Afg‘onistonda “Islom respublikasi”ni tuzishbo‘lgan. 
AOII eng ekstremistik kayfiyatdagi tashkilotlardan biri bo‘lib, 
Saudiya Arabistoni bilan munosabatlari juda yaxshi bo‘lganligi 
sababli u vahhobiylik oqimiga xos tashkilot sifatida baholangan. 
Download 184 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   124




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling