A. M. Mannonov n. A. Abdullayev r. R. Rashidov
Download 184 Kb. Pdf ko'rish
|
Afg\'oniston tarixi. Mannonov A.M, Abdullayev N.A, Rashidov R.R (1)
SHAKLLANTIRILISHI
2004-yil iyun oyida Afg‘onistonda prezidentlik lavozimiga umumxalq saylovlari o‘tkazilishi mo‘ljallangan edi. H.Karzay boshchiligidagi o‘tish davri hukumati zimmasida bo‘lgan asosiy vazifalardan biri ham ana shu saylovlarga tayyorgarlik ko‘rish, ovoz berish huquqiga ega saylovchilami ro‘yxatga olish, ovoz berish uchastkalarini saylovga tayyorlash hamda saylovda ishtirok etuvchi nomzodlarga qonun doirasida barcha sharoitlami yaratib berish kabi masalalar edi. Ammo, saylovda ovoz berish huquqiga ega bo‘lgan saylovchilaming (10,5 mln. nafar) barchasini ro‘yxatga olish ishlari tugallanmaganligi, saylovni o‘tkazish bilan bog‘liq moliyaviy xarajatlarning yetarli emasligi hamda mamlakatdagi beqaror vaziyat tufayli saylovlar muayyan muddatga kechiktirildi. 2004-yil 9-oktabrda Afg‘oniston tarixida ilk bor demokratik ravishda prezidentlik saylovlari bo‘lib o‘tdi. Saylovda mamlakat o‘tish hukumati rahbari H.Karzay, Shimoliy Alyans namoyandasi M.Yu.Qonuniy, mamlakat shimolida katta ta’sirga ega general A.Do‘stum, sobiq rejalashtirish vaziri M.Muhaqqiq, shuningdek, ayollar shifokori doktor M.Jalol va boshqa nomzodlar ishtirok etishdi. Saylov natijalariga ko‘ra H.Karzay saylovchilaming 55,4% ovozini olib Afg‘oniston Islom Respublikasining dastlabki pre- zidenti lavozimini egalladi. Shuningdek, M.Yu.Qonuniy 16,3%, M.Muhaqqiq 11,6 %, A.Do‘stum 10,2 %, doktor M.Jalol esa 1,2% ovoz olishdi. Afg‘oniston prezidentlik respublikasi bo‘lgani uchun yangi saylangan prezident o‘ziga xolis hukumatni shakllantirishi lozim- ligi mamlakat Konstitutsiyasida belgilab qo‘yilgan. H.Karzay ham saylov natijalari rasmiy e’lon qilinganidan birmuncha muddat o‘tib 2004-yilning 23-dekabrida yangi hukumat tarkibi tuzilganligini ma’ lum qildi. Yangi hukumatda asosiy o‘rinlami pushtun millatiga man sub shaxslar egallashdi. Chunki H.Karzay, agar saylovda g‘olib chiq- sa, koalitsion hukumat tuzish rejasi yo‘qligini saylovoldi kompaniyasi jarayonida bir necha bor 4a’kidlagan edi. Bunday holat mamlakatni toliblar zulmidan ozod qilishga katta hissa qo‘shgan Shimoliy Alyans vakillarining hokimiyatdan chetlashtirilganligini bildirardi va ba’zi noroziliklarga sabab bo‘ldi. Shunday qilib, Afg‘oniston rahbariyatining Karzayga sodiq bo‘lgan o‘zagini vise-prezidentlar - Afg‘onistonning Rossiya Federatsiyasidagi sobiq elchisi A.Z.Mas’ud va hazoriylar namoyandasi M.K.Xaliliy hamda pushtun millatchilari - Ichki Ishlar vaziri A.A.Jaloliy, Mudofaa vaziri A.Vardak, Moli- ya vaziri A.H.Ahadiy, Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish vaziri X.Atmar, Oliy Sud raisi F.X.Shinvoriy va Qobul gubematori mulla T.Muhammadlar tashkil qilishdi. 2009-yilning 20-avgustida bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovlari natijasida H.Karzay yana davlat rahbari lavozimini egalladi121. Biroq, 2004-yil prezident saylovlarida muvaffaqiyat qozongan H.Karzay uchun 2009-yilgi prezident saylovlarida g‘alaba qozo- nish birmuncha qiyin kechdi. Saylov jarayonining cho‘zilishi, AQSHning talabi bilan ikkinchi turning belgilanishi, ikkinchi turda ishtirok etgan mamlakat sobiq tashqi ishlar vaziri Abdulla Abdulla tarafdorlarining H.Karzayni ayblashlari ostida tashqi kuchlaming muayyan darajadagi sa’y-harakatlari yotganligini va bu orqali ular H.Karzayga bosim o‘tkazib, biroz cho‘chitib qo‘shishni istaganliklarini anglash mumkin. H.Karzayga nisbatan bu kabi bo sim o‘tkazish saylov tugagach ham to‘xtagani yo‘q va aksincha, yan gi hukumatni shakllantirish, hukumat siyosatini belgilash bo‘yicha g‘arb mamlakatlari o‘zlarining quyidagi talablarini ilgari surdilar: - AQSH ma’muriyati Afg‘oniston prezidentiga hukumatni is- loh qilish va korrupsiyaga qarshi kurashish uchun 6 oylik ultimatum e’lon qildi; - Buyuk Britaniya Bosh vaziri Gordon Braun Afg‘onistonni poraxo‘rlik avjiga chiqqan mamlakat deya atadi va yangi hukumatda dala qo‘mondonlarini ko‘rishni istamayotganligini bildirdi; - Fransiya Tashqi Ishlar vaziri Bemar Kushner H.Karzayni “g‘arbning odami” deya atadi hamda rasmiy Parij bo‘lib o‘tgan saylovlardagi H.Karzayning asosiy raqibi - doktor Abdullani Afg‘ onistonning yangi hukumatida keng vakolatlarga ega vazir lavozimida bo‘lishini talab qildi; - BMT Bosh kotibining Afg‘onistondagi maxsus vakili Kay Eyde esa, korrupsiyaga qarshi kurashish va tuzilajak hukumat tarkibini shakllantirish bo‘yicha takliflar berdi. Download 184 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling