yakunida parlament oldida budjet haqida hisobot beradi va ke
yingi yilgi budjet loyihasini taqdim etadi.
Konstitutsiyada belgilab
qo‘yilganidek, vazirlar mamlakat prezidenti va parlamenti oldida
hisob berishga majburdirlar119.
2004-yilgi Afg‘oniston Konstitutsiyasida
mamlakat qonun-
chilik hokimiyati - ikki palatali Milliy Kengashdan iborat ekanligi
belgilab qo‘yildi. Afg‘on parlamenti “Mishranu Jirge” - yuqori
palata va “Ulusi Jirge” - quyi palatalardan tashkil topgan120.
Mishranu Jirge -
demokratik davlatlardagi Senat, ya’ni
“Oqsoqollar Kengashi” vakolatlarini o‘zida mujassam etuvchi
afg‘on parlamenti yuqori palatasining 120 nafar a’zosi
uch guruhga
bo‘linadi: uchdan bir qismi viloyat kengashlari a’zolaridan (har bir
kengashdan bir nafardan jami 34 nafar) 4 yil muddatga saylanadi,
boshqa uchdan bir qismi esa viloyatlardagi
tuman kengashlari
a’zolaridan (34 nafar) 3 yil muddatga va qolgan qismi (34 nafar) 5
yil muddatga prezident tomonidan tayinlanadi. Prezident tomonidan
tayinlanadigan deputatlaming 50% ayollardan iborat bo‘lishi lozim-
ligi Konstitutsiya normalarida o‘z aksini topdi.
Quyi palata - Ulusi Jirge 249 nafar deputatdan iborat bo‘lib,
ular umumiy, teng va to‘g‘ridan to‘g‘ri saylov huquqi asosida ya-
shirin ovoz berish yo‘li bilan 5 yil muddatga saylanadi.
Afg‘on parlamentining palatalari o‘z faoliyati doirasida qonun-
chilik aktlari,
davlat budjeti, xalqaro shartnomalar va kelishuvlami
tasdiqlash orqali mamlakat siyosiy hayotida muayyan rol o‘ynab
kelmoqda. 2004-yilgi Konstitutsiya Afg‘oniston tarixida muhim
ahamiyat kasb etib kelayotgan oliy
davlat boshqamv tuzilmasi
hisoblanmish Butunafg‘on oqsoqollari kengashi - Luye Jirgega
tegishli normalami ham o‘zida aks ettirdi. Konstitutsiyaga ko‘ra
Luye Jirge ishida mamlakat parlamenti palatalari a’zolari,
viloyat
kengashlari vakillari, hukumat a’zolari va Oliy sud a’zolari ishtirok
Do'stlaringiz bilan baham: