A. M. Mannonov n. A. Abdullayev r. R. Rashidov
Partiya rahbari - Abdur Rab Rasul Sayyof. Bugungi kunga kelib
Download 184 Kb. Pdf ko'rish
|
Afg\'oniston tarixi. Mannonov A.M, Abdullayev N.A, Rashidov R.R (1)
Partiya rahbari - Abdur Rab Rasul Sayyof. Bugungi kunga kelib Lag‘mon, Nangarxor, Kunar, Xost viloyatlarida faol harakat olib bormoqda. Parlamentning quyi palatasida 7 nafar o‘ringa ega. Afg‘oniston Islom Partiyasi (AIP) 1976-yilda bir necha eks tremistik guruhlar, Misrda faoliyat yurituvchi “Ixvon ul-muslimin” (Musulmon birodarlar) va uning yoshlar qanoti “Musulmon yoshlari”ning Afg‘onistondagi tarafdorlaridan iborat guruhlaming birlashishi natijasida yuzaga kelgan edi. AlPning asosiy maqsadi Afg‘onistonda sho‘roparast tuzumni yo‘qotish va islom rejimini o‘matishdan iborat edi. AIP yetakchisi - Gulbiddin Hikmatyor boMib, tashkilot AQSH Markaziy Razvedka Boshqarmasi (MRB) ning alohida e’tiborida turgan va Amerika tomonidan ko‘rsatiladigan jami yordamning 40% gacha miqdorini olib kelgan edi. AIP Pokis ton hududida bir vaqtning o‘zida 7-8 ming jangari tayyorlashga mo‘ljallangan bir nechta o‘quv markazlariga ega bo‘lgan. Hozirga kelib Kobul, Qandahor, Zobul, G‘azna, Paktika, Paktiya, Xost, Nangarxor, Kunar, Nuriston viloyatlarida faol a’zolariga ega. 2005- yil parlament saylovlari yakunlariga ko‘ra, afg‘on parlamentining quyi palatasida 18 nafar a’zodan iborat partiya fraksiyasi faoliyat yuritdi. 2014-yilgi prezidentlik saylovlarida G.Hikmatyoming AlPdagi o‘rinbosari lavozimida faoliyat ko‘rsatgan Muhammad Xon prezidentlikka nomzod A.Abdullaning o‘rinbosari sifatida ishtirok etdi va saylov yakunlariga ko‘ra, A.Abdulla ijro hokimiyati rahbari lavozimini egallagach, Muhammad Xon uning o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. 2005-yil may oyining oxirlarida o‘tkazilishi mo‘ljallangan ikki palatali parlament va 34 ta provinsiyadagi mahalliy vakillik organlariga saylovlar texnik kamchiliklaming mavjudligi va mamlakatdagi nobarqaror vaziyat tufayli o‘ sha yilning 18-sentabrida o‘tkazildi128. Saylov natijalariga ko‘ra, parlamentning 249 a’zodan iborat quyi palatasi - Ulusi Jirge, 102 a’zodan iborat yuqori palata - Mishrano Jirge va mahalliy vakillik organlari shakllantirildi hamda ular o‘z faoliyatini boshladi. 2005-yilgi parlament saylovlari natijalariga ko‘ra, afg‘on parlamentida faoliyat olib borayotgan siyosiy partiyalami 3 guruhga ajratish mumkin. Birinchi guruh - konservatorlar yoki fundamentalistlar: - Afg‘onistonni Islomga Chaqiriq Partiyasi (yetakchisi Abdul Rab Rasul Sayyof); - Afg‘oniston Islom Partiyasi (yetakchisi Muhammad Xolid Faruqiy); - Afg‘oniston Islom Jamiyati (yetakchisi Burhoniddin Rabboniy); - Yangi Afg‘oniston Partiyasi (yetakchisi Muhammad Yunus Qonuniy). Download 184 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling