A. M. Mannonov n. A. Abdullayev r. R. Rashidov


 Afghan National Army Command & Corps Structure from Institute for


Download 184 Kb.
Pdf ko'rish
bet110/124
Sana15.11.2023
Hajmi184 Kb.
#1777363
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   124
Bog'liq
Afg\'oniston tarixi. Mannonov A.M, Abdullayev N.A, Rashidov R.R (1)

138 Afghan National Army Command & Corps Structure from Institute for 
the Study o f War. October 2014. http://www.understandingwar.org/afghanistan- 
n ati onal -army-ana
139 Antonio Giustozzi. The Afghan National Army // Afghanistan Analysts 
Network, 2007. - P. 4.


Ta’kidlash joizki, bugungi kunda afg ‘ on armiyasi qo‘ mondonligi 
asosiy ustuvor yo‘nalish sifatida Maxsus Operatsiya Qo‘shinlari 
(MOQ)ni shakllantirish va uni takomillashtirishni belgilab olgan. 
Ushbu qo‘shinlaming tashkiliy tuzilmasi 2012-yilda tasdiqlangan 
bo‘lib, uning tarkibi 2 ta brigada, maxsus vertolyot eskadrilyasi, 
5 ta maxsus batalon, psixologik operatsiyalar bataloni, razvedka 
bo‘linmasi va moddiy texnik bo‘linmalaridan tashkil topgan140.
AMA saflaridagi harbiy xizmatchilarni o‘qitish ishlari AQSH 
boshchiligidagi koalitsion kuchlar tomonidan olib borilmoqda. 
AIR Mudofaa vazirligi qoshida Afg‘on milliy armiyasining o‘quv 
qo‘mondonligi (AMAO‘Q) mavjud. U afg‘on armiyasi saflaridagi 
harbiylarga ta’lim berish va ulami tayyorgarlikdan o‘tkazish 
ishlari bilan shug‘ullanadi. Mazkur harbiy o‘quv yurti tarkibi -
Qo‘mondonlik-shtab kolleji, Afg‘oniston milliy harbiy bilim yurti 
va Qobul harbiy tayyorgarlik markazidan iborat. AMAO‘Q dastlab 
NATO ko‘magida tashkil qilingan 13 ta maxsus ta’lim markazidan 
iborat edi.
Afg‘oniston Milliy Armiyasi shaxsiy tarkibini shakllantirish 
mamlakat Mudofaa vazirligi tomonidan olib boriladi. 0 ‘matilgan 
tartibga ko‘ra, afg‘on armiyasi saflarida xizmat qilish uchun 22-30 
yosh oralig‘idagi talabgorlar 4 yillik muddatga ixtiyoriy asosda 
taklif qilinadi. Tanlov jarayoni rasmiy ravishda ixtiyoriy tartibda 
amalga oshirilsada, AMA shakllanish jarayonining ilk davrida 
uning tarkibi asosan milliy armiyada o‘z vakillariga ega bo‘lish 
maqsadida mahalliy dala qo‘mondonlarining harbiy bo‘linmalari 
bilan to‘ldirilgan edi. AMAni shakllantirishda ko‘pmillatlik va et- 
nik muvozanatning ta’minlanganlik tamoyiliga asoslanish zarurligi 
belgilab qo‘yilgan.
2002-yil 2-mayda Vashingtonda o‘tkazilgan Qo‘shma Shtatlar va 
Yevropa Ittifoqi sammitidagi qarorga asosan, AMAni shakllantirish 
AQSH Mudofaa vazirligi zimmasiga yuklatildi. Shu bilan birga,

Download 184 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   124




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling