A. M. Mannonov n. A. Abdullayev r. R. Rashidov


AFG‘ONISTONNING ERON BILAN


Download 184 Kb.
Pdf ko'rish
bet118/124
Sana15.11.2023
Hajmi184 Kb.
#1777363
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   124
Bog'liq
Afg\'oniston tarixi. Mannonov A.M, Abdullayev N.A, Rashidov R.R (1)

AFG‘ONISTONNING ERON BILAN 
MUNOSABATLARI
2001-yilda Afg‘onistondagi “Tolibon” hukumati ag‘darilib 
tashlangandan keyin Eron Islom Respublikasi (EIR) afg‘on mojarosi- 
ning bartaraf etilishida BMT va boshqa xalqaro tashkilotlar faoliyatini 
qo‘llab-quwatladi. Bu borada rasmiy Tehran 2001-yilning dekabr 
oyida bo‘lib o‘tgan Bonn konferensiyasida ishtirok etib, birinchilardan 
bo‘lib H.Karzay yetakchiligidagi muvaqqat hukumatni tan oldi.
EIR tashqi siyosatida Afg‘oniston yo‘nalishi muhim ahamiyat 
kasb etadi va afg‘on muammosining hal etilishi yuzasidan rasmiy 
Tehronning o‘z pozitsiyasiga egaligi va uni amalga oshirilishi Eron- 
ni mintaqaviy yetakchi davlatga aylanib borishi bilan birgalikda, 
mintaqa davlatlari uchun tahdid sifatida qaralayotgan 
terrorizm 
hamda narkotik moddalar muammosini oldini olishda o‘z mahsulini 
bermoqda. Ayni paytda, EIR Afg‘onistonga nisbatan quyidagi 
pozitsiyasini saqlab kelmoqda:
- rasmiy Kobul bilan iliq munosabatlar yuritish;
- mintaqaviy muammolaming hal etilishida tashqi kuchlaming 
aralashuviga yo‘I qo‘ymaslik;
- Afg‘onistondagi mojaroni mamlakat aholisining iqtisodiy- 
ijtimoiy holatini yaxshilash orqali hal etish;
- Afg‘oniston hududida chet el harbiy bazalarining uzoq vaqt 
saqlanib qolishiga yo‘l qo‘ymaslik;
- Jahon hamjamiyatining Afg‘oniston bilan bog‘liq siyosiy 
qarorlari qabul qilinishida Eron manfaatlari hisobga olinishiga 
erishish.
Ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirishga xizmat qi­
luvchi o‘ziga xos bir qancha omillar mavjud bo‘lib, ular umumiy 
tarixga egalik, hududiy yaqinlik, o‘zaro manfaatli savdo-iqtisodiy 
aloqalari, umumiy chuqur ma’naviy va axloqiy negizlaming 
mavjudligida namoyon bo‘ladi. Shundan kelib chiqqan holda
so‘nggi yillar davomida Eron va Afg‘oniston o‘rtasida iqtisodiy 
hamda madaniy sohalarda 25 dan ortiq shartnomalar imzolandi.


2001-yildan keyingi vaqt mobaynida Afg'oniston va Eron 
o'rtasida iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy sohalarga oid bir qancha 
loyihalar amalga oshirildi. Shuningdek, mintaqaviy xavfsizlikni 
ta’minlash, Erondagi afg'on qochoqlari muammosini hal qilish, 
Afg'onistonda narkotik moddalar yetishtirilishini oldini olish 
borasida birgalikda samarali faoliyat olib borildi.
Eron va Afg'oniston o'rtasidagi aloqalami kengaytirish 
borasida ikki davlat prezidentlari tomonidan Iqtisodiy Hamkorlik 
Tashkilotining Bokudagi (2006-yil) sammitida, Shanxay Hamkorlik 
Tashkilotining (ShHT) Shanxay (2006-yil), Toshkent (2010-yil) 
va Astanadagi (2011-yil) yig'ilishlarida, mamlakat rahbarlarining 
forsiyzabon davlatlar uchrashuvida Dushanbe (2006-yil) kengashida 
hamda BMT Bosh assambleyasining Nyu-Yorkdagi (2006-yil) 
yig'ilishlari doirasida bo'lib o'tgan o'zaro uchrashuvlarida kelishib 
olingan edi.
2009-yilning may oyida Eron, Afg' oniston va Pokiston o'rtasida 
mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlash borasida uch tomonlama 
uchrashuv bo'lib o'tdi. Bu uchrashuvda rasmiy Tehran o'z oldiga 
maqsad qilib mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlashda tashqi ta’simi 
kamaytirish va Eronning rolini oshirishni qo'ydi.
Eron hukumati tomonidan afg'on muammosini hal qilishdagi 
mazkur yondashuv xalqaro konferensiyalarda ham, ikki tomonlama 
uchrashuvlarda ham ilgari surib kelindi. Rasmiy Tehronning bu 
yondashuvi 2009-yilda AQSH hukumati tomonidan Afg'oniston 
borasidagi yangi strategiyasi e ’lon qilingandan keyin yanada 
faollashdi hamda 2011-yilning iyun oyidagi Tehran va 2012-yilning 
fevral oyida Islomobodda bo'lib o'tgan Afg'oniston muammosini 
hal qilish borasidagi konferensiyalarda ham ta’kidlab o'tildi.
Rasmiy Tehran kelajakda AQSH harbiy bazalarining afg'on 
zaminida saqlanib qolishini Eron-Afg'oniston munosabatlariga 
tahdid sifatida ko'rmoqda. Eronning bu boradagi tutgan 
mavqei haqida fikr bildirgan yetuk afg'onshunos mutaxassis 
Sh.Akmalov shunday deydi: “Eronning ikkala tomonida, ya’ni 
Iroq va Afg'onistonda g'arb davlatlari harbiy kontingentlarining


joylashtirilishi rasmiy Tehron uchun maqbul emas va ayniqsa 
afg‘on zaminining yanada harbiylashtirilishi (chet el harbiy kontin­
genti miqdorining ko‘paytirilishi - R.R.) Eron tomonining xavotiri 
oshishiga sabab bo'lmoqda”148.
Rasmiy Tehron Afg‘oniston hududidagi Eron tomon bo‘lgan 
kuchlar bilan aloqalami yo‘lga qo‘yish borasidagi ishlami ham 
faollashtirmoqda. Bu boradagi asosiy maqsad Eron hududining o‘rab 
olinishiga yo‘l qo‘ymaslik va AQSH bilan qurolli to‘qnashuvlami 
yuzaga keltirmaslikdir. Bugungi kunda EIR hukumat rahbarlari chet 
el qurolli kuchlari tomonidan keng qamrovli harbiy tayyorgarlik 
ishlari olib borilayotgan Afg‘onistonning Eron bilan chegaradosh 
hududlarini mustahkamlashga harakat qilmoqda.
Eron 
tomonidan 
afg'on 
siyosati 
borasidagi 
asosiy 
yo‘nalishlardan biri afg‘on narkotiklarining Eron orqali Yevropaga 
chiqib ketishiga to‘sqinlik qilish hisoblanadi. Eron hukumatini 
mamlakatning Afg‘oniston bilan chegaradosh Xuroson, Kermon, 
Seyiston va Belujiston viloyatlaridagi vaziyat xavotirga solib, 
bu hududlarda afg‘on narkotik moddasi sotuvchilari tomonidan 
amalga oshirilayotgan terror, odamlami o‘g‘irlab ketish hamda 
mansabdor shaxslami sotib olish singari jinoyatlar kuchayishi 
kuzatilmoqda. Eron Afg‘onistonda narkotik o‘simliklarini ekishga 
qarshi kurashishga nisbatan olib borilayotgan chora-tadbirlarda faol 
ishtirok etib keladi. Eron afg‘on narkotik moddalar yetishtirish va 
ulaming savdosiga qarshi kurashishda YUNDKP, Afg‘onistonga 
chegaradosh davlatlar hamda donor davlatlar tomonidan ishlab 
chiqilgan mintaqaviy rejalami qo‘llab-quvvatlaydi.
Eron Afg‘onistonni tiklash bilan bog‘liq bo‘lgan barcha 
konferensiyalarda faol ishtirok etdi hamda afg‘on tomoniga moli­
yaviy yordamlar ajratishini ma’lum qildi. Bu borada Eron hukumati 
Afg‘onistonning tiklanishidan asosiy manfaatdor davlat sifatida 
2001-yildan keyingi 5 yil davomida 500 mln. AQSH dollari ajratdi 
hamda ushbu investitsiyani sifatli amalga oshirish maqsadida
148 
Акмалов Ш. О некоторых аспектах военно-политической обстановки 
в Афганистане. // Востоковедение. № 1-2. 2008. - С. 13.


Eron tomonidan maxsus dastur ishlab chiqildi. Eron Prezidenti 
Muhammad Hotamiy 2002-yilning 13-avgustida Kobulga qilgan 
rasmiy tashrifi chog‘ida xalqaro hamjamiyatni Afg‘onistonni qayta 
tiklashda faol ishtirok etishga chaqirdi. 2002-2004-yillarda Eron 
hukumati tomonidan Afg‘onistonga 381,9 mln. AQSH dollari, 
2005-2006-yillarda 100 mln. AQSH dollari miqdoridagi mablag‘ 
ajratilgan bo‘lsa, 2006-2009-yillarda Afg‘oniston iqtisodiyotiga 
sohalar bo‘yicha quyidagicha mablag‘ ajratildi: temir yo‘l qu- 
rilish sohasiga - 200 mln. AQSH dollari, mudofaa va bojxona 
tizimi faoliyatini takomillashtirishga - 16 mln. AQSH dollari, 
kommunal xo‘jaligini rivojlantirishga - 16 mln. AQSH dollari, 
telekommunikatsiya sohasiga - 10 mln. AQSH dollari, madaniyat 
va sport sohasiga - 10 mln. AQSH dollari hamda gumanitar sohaga
- 38 mln. AQSH dollari.
Eron hukumati Afg‘onistondagi iqtisodiyotni qayta tiklash 
maqsadida boshqa davlatlardan farqli ravishda asosan qishloq 
xo‘jaligi, energetika, yo‘l qurilishi va kommunikatsiya sohasiga 
investitsiya ajratib keldi. 2002-yilda Eron tomoni Afg‘onistonda 
irrigatsion sohani rivojlantirishga hamda mamlakatning shi- 
moliy va g‘arbiy viloyatlarida irrigatsiya va aholini ichimlik suvi 
bilan ta’minlashga qaratilgan umumiy miqdori 11,5 mln. AQSH 
dollarini tashkil etuvchi 22 ta loyihani amalga oshirishga kirishdi. 
Ushbu dastur asosida 2005-yilda Afg‘onistonning Hirot, Kobul va 
Qandahor viloyatlarida 180 ta artezan quduqlari barpo etildi hamda 
irrigatsiya va ichimlik suvi tizimi tiklandi. 2006-yilda esa Hirot 
viloyatida eronlik mutaxassislar tomonidan 1200 km uzunlikdagi 
kanal qurilishi boshlandi.
2001-yildan keyingi davr mobaynida EIR va AIR o‘rtasida 
transport va tranzit sohasida bir qancha kelishuvlar imzolandi.
2003-2004-yillarda Eron ishtirokida Afg‘oniston transport yo‘lini 
tiklash borasida ikkita shartnoma hamda to‘rtta savdo-tranzit 
sohasida kelishuvlar imzolandi. Ushbu kelishuvlarga muvofiq, Eron 
transafg‘on temir yo‘l tizimini qurish ishlarida ham ishtirok etdi. Bu 
borada Eron transafg‘on temir yo‘l tizimining bir qismi hisoblangan


Xaf-Hirot (191 km) temir yo‘lini qurib foydalanishga topshirishni 
o‘z zimmasiga oldi.
Bundan tashqari, EIR AIRda avtomobil yo‘llari qurilishida 
ham faol ishtirok etdi. Jumladan, 2004-yilda EIR tomonidan 
ajratilgan 3 mln. AQSH dollari miqdoridagi mablag‘ vositasida 
Eron-Afg‘oniston chegarasida Milak ko‘prigi qurildi. Shu yilda 
Eron mablag‘i asosida Hirot-Elamqal’a va Hirot-Maymana yo‘llari, 
2005-yilda esa 123 km uzunlikdagi davlatlararo Doxarun-Hirot 
tranzit yo‘li qurib bitkazildi.
Eron hukumati Afg‘oniston iqtisodiy otini qayta tiklash 
j arayonida energetika sohasiga ham e ’tibor qaratdi hamda 2002-y ilda 
qo‘shni mamlakatning g‘arbiy hududlarida elektr tarmoqlarini barpo 
etish ishlarini amalga oshirdi. EIR afg'on aholi punktlarini elektr 
energiyasi bilan ta’minlashga qaratilgan ikkita loyihaning amalga 
oshirilishiga 13,6 mln. AQSH dollari miqdorida pul ajratdi hamda 
birinchi loyiha Tayobog4-Hirot yo‘nalishida 2003-yilda, ikkinchi 
loyiha Turbot-Jom-Hirot yo‘nalishida 2005-yilda ishga tushirildi.
2005-yil mart oyidabo ‘ lib о ‘ tgan AIR va EIR о ‘ rtasidagi hukumat 
darajasidagi uchrashuvda yagona hukumatlararo savdo-iqtisodiy 
qo‘mita tuzish hamda Eron tomonidan Afg‘onistonga energetika 
tarmog‘ini rivojlantirish uchun 50 mln. AQSH dollari miqdorida 
mablag‘ ajratish bo‘yicha shartnoma imzolandi. 2006-yilning 
boshida ikki davlat o‘rtasida energetika sohasida o‘zaro hamkorlik 
qilish bo‘yicha memorandum imzolandi. 2009-yilning 25-martida 
EIR Prezidenti Ahmadi Najodning Afg‘onistonga tashrifi davomida 
Eron tomonidan ajratilgan 3 mln. AQSH dollari miqdoridagi mablag‘ 
asosida Kobulda barpo etilgan Telekommunikatsiya markazining 
rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
2009-2014-yillar davomida Eron kompaniyalari Afg‘onistonda 
360 mln. AQSH dollariga teng miqdoridagi sanoat sohasiga oid 
bir qator loyihalami amalga oshirdi va bu boshqa xomashyo qazib 
chiqarish bilan shug‘ullanuvchi chet el kompaniyalaridan farqli 
ravishda tayyor afg‘on mahsulotlarini jahon bozoriga chiqarilishida 
yordam berdi.


Shuningdek, Eronning bir qator savdo va sanoat kompaniya­
lari AIRni qayta tiklash borasidagi ko‘pgina loyihalarda ishtirok 
etishni ko‘zlab, Afg‘onistonga jami bo‘lib 1 mlrd. AQSH dollari 
miqdorida investitsiya kiritish imkoniyati mavjudligini m a’lum 
qilishdi. Ikki davlat o‘rtasidagi savdo va tranzit sohasidagi 
aloqalar ham rivojlanib bormoqda. 2002-2010-yillarda ikki davlat 
o‘rtasida faqat savdo-iqtisodiy hamkorlik borasida 35 ta shartnoma 
imzolandi va amalga oshirildi. Afg‘oniston Savdo vazirligining 
ma’lum qilishicha, 2011-yilda mamlakatda 500 dan ortiq Eron 
kompaniyalari ro‘yxatdan o‘tgan holda faoliyat yuritmoqda. 2011- 
yil avgustda Eronning Qum shahrida bo‘lib o‘tgan ikki davlat 
savdo vazirliklari mas’ul xodimlari o‘rtasidagi uchrashuvdan so‘ng 
Afg‘onistonga investitsiya kiritishlari va erkin faoliyat yuritishlari 
uchun eronlik savdogarlarga afg‘on hukumati tomonidan bir necha 
imtiyozlar berilganligi ma’lum qilindi.
Ikki davlat o ‘rtasidagi savdo-iqtisodiy munosabatlaming 
rivojlanib borishida o‘zaro tovar almashinuvi haj mining о‘sib 
borayotganligi ijobiy hoi dir. Xususan, 2001-yilda Erondan 
Afg‘onistonga 52 mln. AQSH dollari miqdorida mahsulot eksport 
qilingan bo‘lsa, 2005-yilda ushbu ko‘rsatkich 497 mln. AQSH 
dollariga yetdi va 2009-yilda esa 1 mlrd. AQSH dollaridan oshdi.
2011-yilda Eron Afg‘onistonga 1,5 mlrd. AQSH dollari miqdorida 
mahsulotlar va xizmatlar eksport qildi. 0 ‘z navbatida Afg‘oniston 
uchun o‘z mahsulotlarini sotish bo‘yicha Eron muhim bozor 
hisoblanadi. Garchi o‘zaro savdo aylanmasi hajmida afg‘on to- 
monining hissasi kamroq bo‘lsa-da, keyingi yillarda o‘sish ten- 
densiyasi kuzatilmoqda. Jumladan, 2001-yilda Afg‘onistonning 
Eronga eksporti 0,7 mln. AQSH dollarini, 2005-yilda 6,3 mln. 
AQSH dollarini, 2009-yilda 15,3 mln. AQSH dollarini tashkil etgan 
bo‘lsa, 2011-yilga kelib ushbu ko‘rsatkich 300 mln. AQSH dollari 
miqdoriga yetdi.
Eron tomonidan Afg‘onistonga neft va neft mahsulotlari, dori- 
darmonlar, avtomobillar, qurilish va plastik jihozlar eksport qilingan 
bo‘lsa, Afg‘onistondan rangli metallar, meva va chorva mollari sotib


olinmoqda. Xususan, ayni paytga kelib Afg‘onistonda yiliga 3 mln. 
tonna miqdoridagi neft va neft mahsulotlari iste’mol qilinsa, shuning 
70%i Erondan yetkazib berilmoqda. 2011-yilning dekabr oyida 
Afg‘oniston hukumati Eronning Chohbahor portida yuklami tranzit 
qilishda foydalanish uchun savdo markazini barpo etish bo‘yicha 
EIR bilan bitim imzoladi.
Eronning 
Afg‘onistonga nisbatan 
2001-yildan 
keyingi 
munosabatlarida iqtisodiy va madaniy sohalar yetakchi o‘ringa 
chiqdi. Mamlakat tomonidan Afg‘onistonni o‘z ta’sir doirasiga 
saqlab turishda qo‘llanilgan siyosiy munosabatlardan farqli 
ravishda “yumshoq kuchdan” vosita sifatida foydalanish maqsad 
qilib olindi. Ushbu maqsaddan kelib chiqib, bugungi kunda ikki 
davlat o‘rtasida ilm-fan va madaniyat sohasida aloqalar yo‘lga 
qo‘yildi hamda rasmiy Tehron tomonidan Afg‘onistondagi 
fUqarolar urushi davomida buzilib ketgan diniy, madaniy va ta’lim 
tizimiga tegishli bo‘lgan maktab, kutubxona, bosmaxona va boshqa 
obyektlami tiklash uchun moliyaviy yordam ko‘rsatilmoqda. 
Jumladan, 2002-2006-yillarda Eron hukumati mablag‘i asosida Hi­
rot shahrida madaniy markaz qurib bitkazildi. Shuningdek, shu yil 
davomida EIR tomonidan afg‘on ta’lim tizimini takomillashtirish 
maqsadida maktablami o‘quv materiallari bilan ta’minlagan holda, 
fors ilm-fan vakillari tomonidan turli ilmiy seminar, konferensiya 
va ko‘rgazmalar o‘tkazildi.
2010-yilda EIR hukumati tomonidan ajratilgan 5 mln. 
AQSH dollari miqdoridagi afg‘on oliy ta’lim tizimi xodimlarini 
qayta tayyorlashga qaratilgan dastur doirasida 253 nafar afg‘on 
o‘qituvchisi va 400 nafar talabalar qisqa muddatli o‘qitildi. Hozirda 
Eron hukumati Afg‘onistonda oliy ta’lim muassasalarini ochish va 
ulami turli jihozlar bilan ta’minlash borasida bir qancha loyihalami 
amalga oshirmoqda. Tarixiy-madaniy bir-biriga yaqin bo‘lgan bu 
ikki davlat munosabatlari rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan 
qator omillar ham mavjud.
1999-yiIda “Tolibon” hukumati tomonidan Helmand daryosi 
suvining to‘xtatib qo‘yilishi natijasida Eronning Belujiston va


Seyiston viloyati katta miqdorda iqtisodiy zarar ko‘rdi. 2002-yil- 
ning avgust oyiga kelib Helmand daryosining Eronga boradigan 
tarmog‘i qayta ochildi. 2006-yilda ikki davlat o‘rtasida Helmand 
daryosi suvidan foydalanishni tekshirib turuvchi delegatsiya tuzish 
va Homun ko‘li havzasini qayta tiklash bo‘yicha shartnoma tuzildi. 
Bundan tashqari, Afg'oniston hukumati tomonidan mamlakatni 
elektr energiyasi bilan ta’minlash loyihalaridan biri bo'lmish 
Helmand daryosiga Kojaki GESni va to‘g‘on qurilishini boshlashi 
ikki davlat o'rtasidagi vaziyatning keskinlashishiga sabab bo'ldi.
2009-yilda Eron hukumati tomonidan Afg'oniston Suv resurslari 
va energetika vazirligi huzurida suv resurslarini o'rganish ilmiy 
tadqiqot institutini tashkil etish va o'zaro ma’lumotlar almashib 
turish borasida kelishuvga erishildi. Ayni vaqtda, Afg'onistonda 
yiliga 6000 t dan ortiq narkotik moddalar yetishtirilmoqda. 
Ushbu giyohvand moddalaming 60%i Eron hududidan tranzit 
sifatida Yevropaga chiqarish uchun foydalanilib kelinmoqda va 
bundan 1/3 qismi Eron hududida qolib ketmoqda. So'nggi 20 yil 
davomida EIR hukumati Afg'oniston hududidan kiruvchi noqo- 
nuniy narkotik moddalari savdosiga qarshi kurashish uchun 1 
mlrd. AQSH dollari miqdorida mablag' sarfladi. 2005-yilda EIR 
Afg'oniston hukumatiga ikki davlat o'rtasidagi chegaralarda 25 
ta blokpost qurilishiga yordam berdi. Shuningdek, BMT va Eron 
birgalikda Afg'onistondagi chegara postlarini texnika vositalari 
bilan ta’minlashga ko'maklashish maqsadida “Said” dasturi amalga 
oshirildi.
2007-yilda Eron Ichki ishlar vazirining Afg'onistonga tashrifi 
davomida Hirot, Farah va Nimroz viloyatlarida nazorat postlari 
tashkil qilish borasida kelishuv imzolandi va ushbu kelishuv
2010-yilga kelib to'la amalga oshirildi. Shu bilan birgalikda, 
2009-yilda Pokiston, Afg'oniston va Eron tomonidan olib borilgan 
tadbirlar jarayonida 2,5 tonna giyohvand moddalar ushlanib qoli- 
nib, 74 nafar jinoyatchi qo'lga olindi149.
149 
mChristensen J.B. Iran’s troubled relation to Afghanistan and Pakistan. 
/R A N D ,2 0 1 1 .h ttp ://w w w .ra n d .o rg /co n ten t/d am /ran d /p u b s/o ccasio n al_
papers/201 l/RAND_OP322.pdf


2011-yilning 20-iyunida Afg‘oniston Prezidenti H.Karzay hamda 
Eron Mudofaa vaziri Sardor Ahmad Vohidiy o‘rtasidagi uchrashuv 
chog‘ida ikki davlat hukumatlari hamkorligida xalqaro terrorizm, 
narkotik moddalar kontrabandasi va uyushgan j inoyatchilikka qarshi 
kurashish bo‘yicha shartnoma imzolandi. Afg‘onistondagi og‘ir ijti- 
moiy-siyosiy va iqtisodiy vaziyat afg‘onlaming o‘zi yashab turgan 
hududlarini tark etib, boshqa davlatlardan boshpana izlashlariga 
sabab bo‘ldi. Bu esa birinchi navbatda Afg‘oniston bilan qo‘shni 
bo‘lgan Eron oldida ham muayyan ijtimoiy-siyosiy muammolami 
keltirib chiqardi. Afg‘oniston Qochoqlar ishi bo‘yicha vazirligining 
ma’lum qilishicha, 1979-2001-yillar mobaynida nobarqaror 
vaziyat tufayli mamlakat fuqarolarining 3 mln. nafarga yaqini Eron 
hududiga qochib o‘tishga majbur bo‘ldi.
2001-yilda Tolibon hukumatining ag‘darilganidan so‘ng 
BMT va donor davlatlar tomonidan afg‘on qochoqlarini 
qaytarish (repatriatsiya) dasturi ishlab chiqildi. Dasturga asosan
2004-2010-yillar oralig‘ida Afg'onistonga 1,6 mln. nafar afg‘on 
qochoqlari qaytarildi. 2011-yilda Eron hukumati tomonidan 
qochoqlami ro‘yxatga o‘tkazish amalga oshirilgan bo‘lib, unga 
ko‘ra ayni paytda mamlakatda 940 ming nafar afg‘on qochoqlari 
mavjudligi ma’lum qilindi.



Download 184 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   124




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling