A. M. Mannonov n. A. Abdullayev r. R. Rashidov


Download 184 Kb.
Pdf ko'rish
bet119/124
Sana15.11.2023
Hajmi184 Kb.
#1777363
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   124
Bog'liq
Afg\'oniston tarixi. Mannonov A.M, Abdullayev N.A, Rashidov R.R (1)

ATAMALAR LUG‘ATI
“Al-Qoida” - xalqaro terroristik guruh, “Asos” ma’nosini 
beradi. Mashhur terrorchi Usoma bin Laden tomonidan tashkil 
etilgan.
“Parcham” - “Bayroq” ma’nosini bildiradi. AXDPning bir 
oqimi. Afg‘onistonda hokimiyat uchun kurash olib borgan.
“Tolibon” harakati - Afg‘onistonda pushtunlar orasida 
shakllangan, 
1996-yildan 
2001-yilga 
qadar 
Afg‘onistonni 
boshqargan o‘ta radikal kayfiyatdagi terroristik guruh. Yetakchisi 
Mulla Muhammad Umar.
“Xalq” 
AXDPning bir oqimi. Afg‘onistonda hokimiyat 
uchun kurash olib borgan.
“Bukilmas ozodlik” operatsiyasi - 2001-yil 11-sentabrdagi 
AQSHda sodir etilgan terroristik xurujlarga qarshi javob tariqasida 
AQSH yetakchiligidagi xalqaro aksilterror koalitsiyasi tomonidan 
Afg‘onistondan panoh topgan “Al-Qoida” xalqaro terroristik gu­
ruhi va uni qo‘llab-quvvatlab kelgan “Tolibon” hukumatiga qarshi 
o‘tkazilgan harbiy harakatlaming rasmiy nomlanishi.
Aksilterror operatsiyasi - terroristik aktlami oldini olish, 
ular oqibatlarini minimallashtirish hamda shaxs, jamiyat, davlat 
xavfsizligini ta’minlash va terrorchilami zararsizlantirish maqsadida 
davlat organlari tomonidan o‘tkaziladigan maxsus tadbirlar majmui.
Amir - (arabcha) mo ‘ min-musulmonlarga amr etuvchi, mo ‘ min- 
musulmonlar yetakchisi. Tarixning yangi davrida bir muddat 
Afg‘oniston hukmdorlari o ‘zlariga “amir” rutbasini olishgan.
Arbob - (arabcha) Afg‘onistonda kichik bir hudud (qishloq, 
ko‘cha) yetakchisi, kichik darajadagi amaldor.
Afg‘oniston Xalq Demokratik Partiyasi (AXDP) - 1 965-yilda 
sobiq Sovet Ittifoqidagi kommunistik partiya namunasida tashkil 
etilgan partiya. Keyinchalik bir-biriga qarama-qarshi bo‘lgan ikki 
oqimga bo‘linib ketgan.
Deobandizm - 1867-yilda Hindistonning Deoband shahridagi 
islom universitetida dinparvarlar Muxammad Qosim Nanotav va


Rashid Axmad Gangoxi (ikkisi ham Angliyaga qarshi qo‘zg‘olonlar 
qatnashchisi, 1857-1859-yy.) tomonidan asos solingan. XX asr 
90-yillarida Afg‘onistonda hokimiyat uchun kurash olib borgan “To­
libon” harakati vakillari Deobandlik madrasasini o‘qigach, barcha 
noislomiy narsalami rad etdi va barcha noislomiy odatlami taqiqladi.

Download 184 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   124




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling