A. M. Mannonov n. A. Abdullayev r. R. Rashidov
AFG‘ONISTON VA POKISTON 0 ‘RTASIDAGI
Download 184 Kb. Pdf ko'rish
|
Afg\'oniston tarixi. Mannonov A.M, Abdullayev N.A, Rashidov R.R (1)
AFG‘ONISTON VA POKISTON 0 ‘RTASIDAGI
MUNOSABATLAR Zamonaviy bosqichda Afg‘oniston va Pokiston Islom Res publikasi (PIR) o‘rtasidagi munosabatlar o‘ta muhim ahamiyatga egadir. Pokiston tomoni azaldan afg‘on rasmiy hukumati bilan iliq munosabatlar o‘matishga harakat qilib kelgan. 2001-yil 11-sentabr voqealaridan keyin Pokistonning “afg‘on siyosati” o‘zgardi va xalqaro hamjamiyat tomonidan Afg‘onistonda amalga oshirilgan aksilterror operatsiyasini qo‘llab-quvvatladi va unda ishtirok etdi. Bugungi kunda Afg‘oniston va Pokiston o‘rtasidagi munosa batlar imzolangan bir qator ikki tomonlama hujjatlarga asoslangan holda olib borilmoqda. Xususan, AIR va PIR hamkorligi mintaqada tinchlik, xavfsizlik va rivojlanishni ta’minlash yuzasidan imzolangan “Yaxshi qo‘shnichilik to‘g‘risida”gi Qobul deklaratsiyasi (2002-yil), “Pokiston Islom Respublikasi va Afg‘oniston Islom Respublikasi o‘rtasida tranzit qatnovi to‘g‘risida”gi kelishuv (2005-yil), “AIR va PIR terrorizmga qarshi kurashishda hamkorlik to‘g‘risida”gi memorandum, “Pokiston Islom Respublikasi va Afg‘oniston Islom Respublikasi o‘rtasida ishonchni mustahkamlash choralarini amal ga oshirish uchun ishchi guruhini tuzish to‘g‘risida”gi shartnoma (2007-yil), “Ikki tomonlama hamkorlik yo‘nalishlari to‘g‘risida”gi qo‘shma deklaratsiya (2009-yil), “Islomobod deklaratsiyasi” (2009- yil 13-14-may kunlari Islomobodda bo‘lib o‘tgan xalqaro konfe- rensiyasi yakunlari bo‘yicha imzolangan), “Afg‘oniston - Pokiston savdo-tranzit kelishuvi to‘g‘risida”gi shartnoma (2010-yil oktabr) shular jumlasidandir. Ikkala davlat o‘rtasidagi munosabatlar tarixiga e’tibor beradi- gan bo‘lsak, Pokiston doimo Afg‘onistonda beqaror vaziyat mavjud bo‘lishidan manfaatdor bo‘lib kelgan. Afg‘oniston o‘z qo‘shnilari orasidan Pokiston bilan eng uzun chegaraga ega bo‘lib, mazkur chegaraning ikkala tomonida ham bir xil millat, ya’ni pushtunlar va balujlar yashaydi. Pokistonda ayni paytga kelib 30 mln. nafarga yaqin pushtunlar (vaholanki Afg‘oniston hududida 15 mln. nafar atrofida pushtun millatiga mansub aholi yashaydi) va 8 mln. nafarga yaqin balujlar (Balujiston viloyatida) yashayotganligi va ular orasida separatistik harakat- laming mavjudligi rasmiy Islomobodning doimiy xavotiriga sabab bo‘lmoqda. Shu sababli, ikkala davlat ham o ‘z tashqi siyosiy strate- giyasini ishlab chiqishda pushtunlar masalasiga alohida e’tibor qaratishi bejiz emas. Ikki davlatda yashovchi pushtunlami birlashtiruvchi yago na “Buyuk Pushtuniston” davlatini barpo etishga intilishlar ham Pokiston va Afg‘oniston o‘zaro munosabatlarining rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Shuningdek, Afg‘oniston va Pokis ton munosabatlarida davlat chegaralarining qonuniyligi va uni delimitatsiya hamda demarkatsiya qilish bo‘yicha ham muammolar mavjud. Tarixda Buyuk Britaniyaning Hindistondagi ma’muriyati va Afg‘oniston o‘rtasida o‘matilgan “Dyurand chizig‘i” ayni paytda Pokiston va Afg‘oniston o‘rtasida chegara sifatida belgilab qo‘yilgan. Ammo, ushbu chegaraning qonuniyligi shu choqqa qadar birorta ham afg‘on davlati rahbari yoki afg‘on hukumati tan olmagan. Shu sababli bugungi kunda ham Afg'oniston va Pokiston chegaralarining qonuniyligi masalasi tomonlaming tortishuviga sa bab bo‘lib kelmoqda. 2003-yil iyulida chegara tumanlarida Afg‘oniston va Pokiston xavfsizlik kuchlari o‘rtasida qurolli to‘qnashuvlar bo‘lib o‘tdi. Bu- ning natijasidagi tushunmovchiliklar tufayli ish Kobuldagi Pokiston elchixonasida tintuv o‘tkazilishigacha yetib bordi. 2007-yil may oyida Islomobodninig Afg‘oniston chegarasida to‘siq tizimini o‘matish va mina maydonini barpo etishga hara kati ikki tomon chegara kuchlarining qurolli to‘qnashuviga hamda muammoning keskinlashishiga sabab bo‘ldi. Pokiston tomoni ikki davlat o‘rtasidagi chegarada to‘siq barpo etishni transchegaraviy terrorizmni to‘xtatish va “Tolibon” jangarilari harakatini bartaraf etishga yordam beradi deya umid bildirdi. 0 ‘z navbatida AIR Prezidenti H.Karzay esa rasmiy Islomo- bodning ushbu tashabbusiga qarshi chiqib, ikki davlat o‘rtasidagi chegarada to‘siq o‘matilishi muammoni hal qilmasligini, balki chegara hududlarida istiqomat qiluvchi bir-biriga yaqin qabilalar hamda oilalaming ajratilib qo‘yilishiga, buning natijasida Pokiston hududida hukumatga qarshi chiqishlaming yuzaga kelishi mumkin- ligini ta’kidlab o‘tdi. PIR hududida ko‘p sonli afg‘on qochoqlarining mavjudligi, mam lakat ichki xavfsizligiga, ayniqsa Federal boshqaruvdagi qabilalar hududi (FBQH)dagi ichki vaziyatga jiddiy ta’sir ko‘rsatib kelmoqda. 2006-yil oktabridan 2007-yil apreliga qadar Pokistonda o‘tkazilgan aholini ro‘yxatga olish natijalariga ko‘ra, PIRda hali-hamon 2 mln. nafardan ziyod afg‘on qochoqlari borligi ma’lum bo‘ldi. Qochoqlarga Pokiston hukumati budjetidan muayyan miqdorda qo‘shimcha sarf-xarajat qilib kelinmoqda. Shu bilan birga, ilgari qochoqlar ishlari bo‘yicha BMT Oliy Boshqamv komissarligi va donor davlatlar Pokistonga qochoqlami ta’minlab turish uchun turli ko‘mak berib kelgan bo‘lishsa, ayni paytda ushbu yordam miqdori ancha qisqardi. Jumladan, 1980-yillar boshida Pokistonga afg‘on qochoqlarini ta’minlash uchun chetdan keladigan ko‘mak yiliga o‘rtacha 100 mln. AQSH dollarini tashkil qilgan bo‘lsa, 2005-yilda ushbu ko‘mak atigi 4 mln. AQSH dollariga teng bo‘ldi147. Bunday holat o‘z navbatida afg‘on qochoqlari orasida kontrabanda, ish- sizlikning oshishi va boshqa iqtisodiy-ijtimoiy muammolaming yuzaga kelishiga sabab bo‘ldi. Pokiston hududidagi 80%dan ortiq afg‘on qochoqlari o‘z Vatanlariga qaytishni xohlashmaydi. Chunki ular o‘zlari moslash- gan joyni tashlab, yashash sharoiti qiyin bo‘lgan tarixiy Vatanlariga qaytishdan ko‘ra, PIRda qolishni afzal ko‘radilar. 147 UNHCR. Searching for solutions: 25 Years of UNHCR - Pakistan cooperation on Afghan Refugees. - Islamabad. June 2005.; Afghan refugees not responsibility o f Pakistan alone: Fehmida. 24.07.2008.http://dailymailnews. com/200807/24/news/dmcitypage07.html Ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlar terrorizmga qarshi kurash yo‘nalishida ham olib borilayotganligini ko‘rish mumkin. 2006-yil 7-sentabrda Pokiston Prezidenti P.Musharrafning Afg‘onistonga rasmiy tashrifi chog‘ida ikki davlat o‘rtasidagi chegaradosh hududlarda xavfsizlikni ta’minlash uchun “Tolibon” harakati, “Al-Qoida” va boshqa terroristik tashkilotlarga qarshi Pokiston tomoni kurashni hamda boshqa chora-tadbirlami yuqori darajada amalga oshirishni davom ettirajagini ma’lum qildi. 2006-yil sentabrda Afg‘oniston va Pokiston davlat rahbarlari- ning Vashingtonga rasmiy tashrifi chog‘ida, mintaqada barqarorlik va tinchlikni ta’minlash masalasini ikki davlat hududida istiqomat qiluvchi pushtun qabilalari oqsoqollarining Katta Jirgesida muho kama qilish tashabbusi ilgari surildi. Ushbu kelishuvga muvofiq, 2007-yilning 9-11-avgust kunlari Kobulda Afg‘oniston-Pokis- ton Tinchlik Jirgesi bo‘lib o‘tdi. Ushbu yig‘ilishda Afg'oniston Prezidenti H.Karzay va Pokiston Bosh vaziri Shavkat Aziz, shu ningdek, ikki davlat chegara hududlarida istiqomat qiluvchi push tun qabilalarining 600 ga yaqin yetakchilari ishtirok etdi. Qabila boshlig‘i va oqsoqollami chaqirishdan maqsad o‘zaro murosaga kelish yo‘llarini topish edi. Bundan tashqari, Jirgeda xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlash bilan bog‘liq masalalar ham ko‘rib chi- qildi. Biroq, ushbu Jirge ishini Federal boshqaruvdagi qabilalar hududidagi aksariyat pushtun qabila yetakchilari inkor etganligi ushbu yig‘ilishning natijasiz xotima topishiga sabab bo‘ldi. Ushbu yig‘ilishning yopilish marosimiga yetib kelgan Pokis ton Prezidenti P.Musharraf rasmiy Islomobod tomonidan “Tolibon” harakati qo‘llab-quwatlab kelinganligini tan oldi hamda toliblar bilan bo‘ladigan har qanday muzokara faqat Pokiston orqali amalga oshirilishi lozimligini ta’kidlab o‘tdi. Afg‘oniston hukumati terrorizmga qarshi kurashda rasmiy Is lomobod bilan hamkorlik qilishga ishonchsizlik bilan qarab, uni tez-tez terrorchilami qo‘llab-quvvatlashda ayblab keladi. Rasmiy Kobul Afg‘oniston hududiga kirib kelayotgan jangarilar PIR maxsus xizmatlari tomonidan qo‘llab-quwatlanayotganligini ta’kidlab, undan o‘z hududidagi jangari guruhlarga nisbatan tegishli choralar ko‘rishni talab qilib kelmoqda. 0 ‘z navbatida, Pokiston tomoni toliblar hamda terrorchilaming afg‘on zaminidagi qurolli faolligini Afg‘oniston hukumatining o‘z mamlakatida tartib o‘mata olmayotganligida deb hisoblaydi. Afg‘on tomoni Federal boshqaruvdagi qabilalar hududidagi ter- roristik guruhlar va ekstremistlar bilan rasmiy Islomobod o‘rtasida tinchlik kelushuviga erishilishiga hamisha qarshi bo‘lib keldi. Bu borada AIR Tashqi ishlar vaziri R.Spanta 2008-yil 5-iyunida PIR Tashqi ishlar vaziri M.Qureyshiy bilan uchrashuvida rasmiy Is- lomobodning toliblar bilan kelishuvidan afg‘on hukumati norozi ekanligini ma’lum qildi. 2007-yilning aprelida Turkiyaning Anqara shahrida Pokiston Prezidenti P.Musharraf va Afg‘oniston Prezidenti H.Karzayning navbatdagi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi va Turkiy a ishtirokida uch tomonlama ishchi guruhini tuzish, Afg‘oniston Islom Respublikasi va Pokiston Islom Respublikasi o‘rtasida ishonchni mustahkamlash chora-tadbirlari bo‘yicha kelishuvlar imzolandi. Shuningdek, ikki tomon ham har qanday qo‘poruvchilik va terroristik aktlarini oldini olish majburiyati qayd etilgan “Anqara deklaratsiyasi”ni imzoladilar. 2010-yiI 4-5-dekabr kunlari Pokiston Bosh vaziri Yu.G‘iloniyning Afg‘onistonga qilgan rasmiy tashrifi davomida 2011-yilning yanvar oyidan boshlab, Pokiston orqali olib kirilgan tovarlar uchun bojsiz savdo qilish va olingan daromadlami soliqqa tortmaslik tizimini joriy etish, marmar, yarim qimmatbaho toshlar, oziq-ovqat mahsulotlari, avtotransport vositalari kontrabandasiga chek qo‘yish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi. 2011-yil 10—11- iyun kunlari Afg‘oniston Prezidenti H.Karzayning Pokistonga qilgan rasmiy tashrifi davomida 2010-yil oktabrda imzolangan “Afg‘oniston-Pokiston savdo-tranzit kelishuvi to‘g‘risida”gi shart- nomada ko‘zda tutilgan masalalami amalga oshirish bo‘yicha aniq to‘xtamga kelindi. Mazkur shartnomaning kuchga kiritilishi natijasida tranzit yuklarini tashishga bank kafolatlarini berish bandi shartnomadan chiqarib tashlandi va bojxona tariflarini belgilash hamda sug‘urta kompaniyalari tomonidan tranzit yuklari uchun sug‘urta kafolatlarining ta’minlanishi yuzasidan kelishib olindi. “Afg‘oniston-Pokiston savdo-tranzit kelishuvi to‘g ‘risida”gi shartnomada ikki tomonlama tranzit yuklarini tashishga mo‘ljallangan yangi transport yo‘nalishlarini ishga tushirish, Pokis- tonning Markaziy Osiyo davlatlariga eksport salohiyatini oshi- rish hamda Afg‘onistonning PIR dengiz portlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish uchun ham huquqiy asoslar belgilab qo‘yildi. XXI asr dastlabki o‘n yilligi va ikkinchi o‘n yillik boshlarida Afg‘oniston-Pokiston savdo aloqalarining rivojlanishi natijasida ikki davlat o‘rtasidagi tovar aylanmasi hajmi ham oshib bordi. Ikki davlat o‘rtasidagi o‘zaro tovar aylanmasi 2008-yilda 1,3 mlrd. AQSH dollari, 2009-yilda 1,4 mlrd. AQSH dollari, 2010-yilda 1,5 mlrd. AQSH dollari va 2011-yil yakunlariga ko‘ra esa 2,5 mlrd. AQSH dollarini tashkil etdi. PIRning 2009-yilgi umumiy eksport hajmidagi Afg‘oniston ulushi 3%, 2010-yilda esa 8,5%ga yetgan bo‘lsa, Pokiston importidagi afg‘on ulushi 2009-yilda 0,8%, 2010-yilda esa 1,3% ga teng bo‘ldi. Afg‘onistonga Pokistondan asosan tibbiyot uskunalari, to‘qimachilik (paxta tolasi, ip gazlama, tayyor mahsulotlar) va oziq-ovqat mahsulotlari (un, guruch, baliq) eksport qilinsa, Pokis ton Afg‘onistondan quritilgan meva, jun, paxta, mo‘yna va teri, qimmatbaho va yarim qimmatbaho toshlar, afg‘on gilami kabi mahsulotlami import qiladi. 2010-yil oktabrda imzolangan “Afg‘oniston-Pokiston savdo- tranzit kelishuvi to‘g‘risida”gi shartnomaga binoan yigirilgan ip va sintetik shtapel matolar, elektr jihozlari, sintetik ipak tolasi, mexanik asbob-uskunalar, qog‘oz va kartonlar, hayvon va o‘simlik yog‘i, kofe va choy, rezina mahsulotlari, shakar va qandolat mahsulotlari, avtomobil ehtiyot qismlari kabi 10 turdagi mahsulotlar AIRning asosiy import tovarlari sifatida ro‘yxatga olinib, ushbu tovarlaming erkin savdo qilinishi belgilab olindi. 2011-yilning 19-iyul kuni PIR Prezidenti A.A.Zardoriy Afg‘onistonga rasmiy tashrif bilan keldi. Mazkur tashrif davomida tomonlar ikki o‘rtadagi savdo-iqtisodiy aloqalaming rivojlanishi- ga chegara hududlarida yuzaga kelayotgan beqaror vaziyat salbiy ta’sir ko‘rsatayotganligini muhokama qildilar. Pokiston Afg‘onistonni qayta tiklash ishlarida ham ishtirok etib kelmoqda va bu borada muhim donor davlat ham hisoblanadi. 2006-yilda Pokiston Afg‘onistonning ta’lim, sog‘liqni saqlash, uy-joy qurilishi va boshqa ijtimoiy sohalami rivojlantirish maqsadidagi jami 20 ta loyihani amalga oshirish uchun 200 mln. AQSH dollari miqdorida moddiy yordam ko‘rsatdi. 2012-yil 16-17-yanvar Islomobod shahrida Afg‘oniston- Pokiston qo‘shma iqtisodiy komissiyasining navbatdagi 8-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda Pokiston Moliya vaziri Hafiz Shayx va Afg‘oniston Moliya vaziri Hazrat Omar Zahelval boshchiligidagi ikki tomon vakillari o‘zaro hamkorlik masalalarini muhokama qilib, 2015-yilgacha ikki davlat o‘rtasidagi o‘zaro tovar ayirboshlash miqdorini ikki barovar oshirishga kelishib oldilar. Komissiya yig‘ilishida Pokiston tomonidan ajratilgan 300 mln. AQSH dollari miqdoridagi grantlar doirasida amalga oshirilgan loyihalar natijalari ham tahlil qilindi. Pokistonning “Oil and Gas Development Company Limi ted” milliy kompaniyasi afg‘on gazini uzatish tarmog‘ini rivojlantirishga yordam berib kelmoqda. Pokiston tomonidan Afg‘onistonga ajratilayotgan iqtisodiy ko‘mak asosan aeroportlar hamda avtomobil yo‘llariga yo‘naltirilmoqda va bu ikki tomonlama savdo aloqalarini yanada kengaytirishga yordam beradi. 2010-yil ma’lumotlariga ko‘ra, 60 mingdan ortiq pokistonlik Afg‘oniston xalq xo‘jaligining turli sohalarida faoliyat olib bordi. Shuningdek, ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlami tartibga solish, qochoqlarga yordam berish, kambag‘allikni tugatish, mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlash va ta’lim sohasidagi muammolami hal qilish, iqtisodiy aloqalami rivojlantirish uchun Afg‘oniston va Pokiston xalqlar do‘stligi Assosiatsiyasi ham samarali faoliyat olib bormoqda. Afg'oniston va Pokiston o‘zaro munosabatlami o‘zaro ishonch hamda do‘stlik tamoyillari asosida olib borishga intilishsa-da, chegara hududlarida xavfsizlikning ta’minlanmaganligi oqibatida o‘zaro qurolli to‘qnashuvlaming sodir bo‘lishi kuzatilmoqda. Xususan, 2011-yil davomida ikki davlat chegara hududlarida bir qator o‘zaro to‘qnashuvlar ro‘y berdi. 2011-yil 28-aprel kuni Pokis- tonning Angur-Ada shahri yaqinida ikki davlat harbiylari o‘rtasida to‘qnashuv bo‘lib o‘tdi. Ushbu to‘qnashuvda 12 nafar afg‘on askari, 1 nafar Pokiston chegarachisi halok bo‘ldi hamda 3 nafar pokiston- lik chegarachi va 8 nafar tinch aholi vakillari jarohatlandi. 2011-yilning 20-iyul kuni afg‘on askarlari Janubiy Vaziristondagi Pokiston vakolatxonasiga hujum uyushtirishdi. Buning oqibatida 4 nafar pokistonlik askar halok bo‘lib, 2 nafari jarohat oldi. 2011-yilning 27-avgust kuni 300 nafar afg‘on jangari- lari shimoli-g‘arbiy Pokiston hududidagi politsiya nazorat punktiga hujum uyushtirishi natijasida 25 nafar pokistonlik askar va 20 nafar jangari halok bo‘ldi. 2011-yilning 10-oktabr kuni 200 nafarga yaqin afg‘on jangarilarining Pokiston chegarasini kesib o‘tishga urinishi oqibatida 1 nafar pokistonlik chegarachi va 30 nafar afg‘on jangarisi halok bo‘ldi. Shu bilan birga, Afg‘oniston rasmiylari chegara hududlar Pokis ton harbiylari tomonidan o‘qqa tutilib kelinayotganligi va buning natijasida o‘nlab tinch aholi vakillari qurbon bo‘layotganligini ta’kidlab kelmoqda. AIR va PIRning ikki tomonlama o‘zaro hamkorligi muammolari asosan Federal boshqaruvdagi qabilalar hududi bilan bog‘liqligini, shuningdek, o‘zaro chegaraning de- limitatsiya va demarkatsiya qilish yuzasidagi muammolar, katta miqdordagi afg‘on qochoqlari turmush tarzidagi iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy muammolar, bundan tashqari ushbu hududda terroris- tik guruhlaming faoliyati tez-tez ikki davlat o‘rtasidagi munosa- batlarda keskinlik holatlari yuzaga kelishiga hamda tortishuvning kuchayishiga sabab bo‘lmoqda. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling