A. M. Mannonov n. A. Abdullayev r. R. Rashidov
transafg‘on transport yo‘nalishining
Download 184 Kb. Pdf ko'rish
|
Afg\'oniston tarixi. Mannonov A.M, Abdullayev N.A, Rashidov R.R (1)
transafg‘on transport yo‘nalishining qurilishi ham istiqbolli
yo‘nalishlardan biridir. Ushbu yo‘nalish Markaziy Osiyo davlatlarini Fors qo‘ltig‘i bilan bogTashi ko‘zda tutilgan bo‘lib, loyihaga mu vofiq Termizdan Mozori Sharif va Hirot shaharlari orqali Erondagi Bandarabbos va Choxbahor portlariga chiqish moTjallangan. Shuningdek, Termiz-Xayraton-Mozori Sharif temir yo‘lining hamda TRASEKA loyihasini qo‘shni davlatlar bilan birgalikda, donor-davlatlar va xalqaro moliyaviy tashkilotlar homiyligida amalga oshirilishi ushbu loyihalaming barcha ishtirokchilari uchun, shu jumladan 0 ‘zbekiston va Afg‘oniston uchun ham keng imkoniyatlami yaratadi. 2001-yildan keyingi davrda Afg‘oniston yoqilg‘i-energetika tizimining ahvoliga nazar tashlanadigan bo‘Isa, mavjud elektr ener- giyasi ishlab chiqaruvchi issiqlik va gidroelektr stansiyalari ayni vaqtdagi mamlakat ehtiyojining qariyb 40%ini qondirayotganligi ma’lum bo‘ladi. Bir necha yillik urush natijasida elektr stansiyalarida ishlab chiqariladigan elektr tokining hajmi bir necha barobarga qisqarib ketdi va bu inshootlar ham jiddiy zarar ko‘rdi. Chunonchi, 2001-yil holatiga ko‘ra mavjud 100 ga yaqin elektr stansiyalaridan faqat 22 tasi qisman faoliyat yuritgan hamda elektr uzatish liniyalarining 80%i yo‘q qilingan. Ayni paytda Afg‘onistonda mavjud 3 ta yirik (Naglu, Mahishar - Kobul daryosining o‘rta oqimida va Mozori Sharifdagi stansiyalar) hamda 10 dan ortiq kichik quwatli elektr stansiyalari mamlakat energetika tizimining asosini tashkil etadi. Ammo, ushbu inshootlami XX asr ikkinchi yarmida barpo etish davomida kelajakda mamlakat doirasida yagona energetika tizimini yaratish, ya’ni barcha elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi stansiyalami bir tizim doirasida birlashtirishdan iborat muhim maqsad va vazifalar qo‘yilmaganligi tufayli Afg‘onistonda energetika sohasining rivoji sust kechdi va bu sohadagi hozirgi holatga ham salbiy ta’sir o‘tkazmoqda. 2002-2005-yillar davomida Afg‘onistonda elektr ta’minoti va elektr uzatish liniyalarini qayta tiklash hamda yangilarini qurish borasida Jahon Banki bir necha loyihalami to‘la moliyalashtirdi. Ammo, ayni damda mamlakat elektr energiyasi ishlab chiqarish quvvatining pastligi va elektr energiyasiga bo‘lgan talabning oshib borishi hisobga olinadigan b o ‘Isa, Afg‘oniston yaqin kelajakda qo‘shni davlatlar ( 0 ‘zbekiston, Eron, Turkmaniston)ning ko‘magiga muhtoj bo‘lib qoladi. Afg‘onistonda sanoat maqsadlarida foydalanish mumkin bo‘lgan bir qator xomashyo (bir necha metallaming rudalari, qimmatbaho va yarim qimmatbaho toshlar)ning yetarli darajadagi zaxiralari mavjud. Jumladan, Kobuldan 40 km uzoqlikda joylashgan Aynak mis konidagi rudaning zaxirasi 11 mln. t ni tashkil etadi va mis rudasi yeming ustki qismida joylashgan bo‘lib, qazib olish jarayonida ortiqcha xarajatlar talab qilmaydi. 2007-yilda “Aynak” mis konini tasarruf etish bo‘yicha o‘tkazilgan xalqaro tenderda AQSH, Kanada, Rossiya, Qozog‘iston va Xitoy davlatlarining 9 ta kompaniyasi ishtirok etdi va unda Xitoy- ning “China Metallurgical Group Corporation” kompaniyasi g‘olib bo‘ldi. Ushbu kompaniya “Aynak” konini o‘zlashtirish loyihasiga 2,9 mlrd. AQSH dollari miqdorida mablag1 kiritishga tayyorligini bildirdi. Tenderda g‘olib chiqqan “China Metallurgical Group Cor poration” rudani qazib olish va qayta ishlashni 2012-yil boshiga belgilagan bo‘lsa-da, o‘tgan vaqt mobaynida ushbu loyihaning amaliyotga tatbiq etilmayotganiga sabab sifatida Afg‘onistonda hukumatga qarshi davom etayotgan qurolli harakatlami ko‘rsatish mumkin. Afg‘onistondagi temirga boy (ruda tarkibida temiming miqdori 62%ni tashkil etadi) Xojikeg temir konida esa ruda zaxirasi 500 mln. t ni tashkil etadi. Tahliliy tekshiruvlarga ko‘ra, bu ko‘rsatkich 2 mlrd. tonnagacha yetishi mumkin. Shuningdek, Kobul shahridan sharqdagi hududlarda bir qator nodir metallaming zaxiralari mavjud. Panjsher va Badaxshon vohalaridagi qimmatbaho toshlaming zaxiralari esa chet ellik tadbirkorlarda katta qiziqish uyg‘otib kelmoqda. Saripul provinsiyasida joylashgan Angot neft konida kichik hajmda neft qazib chiqariladi (neft zaxiralari 11,6 mln. t ni tashkil etadi). Ayni damda uni qazib olishda eskirgan texnologiyalardan foydalanilayotganligi sabab uning foydali ish koeffisiyenti ancha past. Qazib olingan neftning oz qismi Shibirg‘onda qayta ishlanadi. Bundan tashqari, Afg‘onistonning Hirot viloyatida joylashgan ko‘mir havzasi 1,5 mlrd. tonna zaxirasi bilan alohida ahamiyatga ega. Shuningdek, Saripul (Juzjon viloyati) va Daraisuf (Samangon viloyati) ko‘mir konlari ham mamlakatning eng katta ko‘mir havzalari hisoblanadi. Shu bilan birgalikda, mamlakat shimolida muhim Afg‘on- janubiy turkman neft va gaz havzasi mavjud. Bu konlar Juzjon, Balx va Foryob viloyatlari hududida joylashgan. Umuman, Afg‘onistonda yirik 5 ta neft konlari mavjudligi ta’kidlanadi. Misol uchun, Qunduz viloyatida joylashgan Tirpul neft va gaz koni umumiy ravishda 1,6 mlrd. barrel xomashyoga egaligi ma’lum qilingan. 2004-2007-yillar davomida AQSH geologlari tomonidan olib borilgan tadqiqotlar yakuniga ko‘ra, Afg‘onistonning hali foydalanilmay kelayotgan katta miqdordagi uglevodorod resurslarga egaligi, ya’ni qiymati 3 trln. AQSH dollariga baholangan 219 mln. tonna neft, 444 mlrd. kub metr gaz va 77 mln. tonna gaz kondensati mavjudligi m a’lum qilindi. 2015-yilning dekabr oyida AQSHning “Yunokal” Trans- milliy kompaniyasi loyihasi asosida Turkmanistondan boshlanib Afg‘oniston orqali Pokiston va Hindistongacha borishi rejalash- tirilgan Transafg‘on gaz quvurining qurilishi boshlandi. Uzunli- gi qariyb 1700 km ni va yillik gaz o ‘tkazish imkoniyati 30 mlrd. kub metr gacha yetuvchi ushbu loyihaning qiymati 4 mlrd. AQSH dollarini tashkil etadi hamda ushbu loyiha amalga oshiriladigan bo‘lsa, Afg‘oniston gaz tranzitidan yiliga 400 mln. AQSH dollari miqdorida foyda ko‘rishi hamda 12 ming nafardan ortiq ishchi o‘rinlari yaratilishi imkoniyati paydo bo‘ladi. Afg‘onistonda tabiiy gaz, temir, mis va qimmatbaho toshlaming o‘zlashtirilmagan katta konlari mavjud. Biroq, beqaror siyosiy vaziyat hamda markaziy hokimiyatning kuchsizligi bu sohaga qiziqayotgan chet el sarmoyadorlari shashtini yo‘qqa chiqarmoqda. Natijada chet ellik xususiy sarmoyadorlar afg‘on hukumati bilan hozirgi paytgacha atigi 400 mln. AQSH dollari miqdorida sarmoya kiritish borasida shartnoma imzolashgan va bu kelishuvlaming asosiy qismi qog‘ozda bo‘lib hali amalga oshirilgani yo‘q. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling