A. M. Mannonov n. A. Abdullayev r. R. Rashidov


AFG‘ONISTON XALQARO VA MINTAQAVIY


Download 184 Kb.
Pdf ko'rish
bet115/124
Sana15.11.2023
Hajmi184 Kb.
#1777363
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   124
Bog'liq
Afg\'oniston tarixi. Mannonov A.M, Abdullayev N.A, Rashidov R.R (1)

AFG‘ONISTON XALQARO VA MINTAQAVIY 
JARAYONLARDA
2001-yil 11-sentabrda AQSHda sodir etilgan terroristik xuruj- 
lardan so‘ng, AQSH va Yevropa davlatlari terrorizm tahdidiga birga- 
likda kurashish uchun birlashishdi. Bu borada Shimoliy Atlantika 
Shartnomasi Ittifoqi (NATO) doirasida G‘arb davlatlarining 
Afg‘onistonga nisbatan tutgan pozitsiyasi va amalga oshirgan 
strategiyasi muhim ahamiyat kasb etadi. 2001-yilda NATOga a’zo 
davlatlar AQSHda sodir etilgan terroristik aktlar nafaqat Amerika, 
balki butun G ‘arbga qilingan tahdid deb qabul qilishdi.
2001 -yil 20-dekabrda BMT Xavfsizlik Kengashining 13 86-son- 
li rezolyutsiyasi bilan 2001-yil 5-dekabrdagi Bonn kelishuvlari aso­
sida NATO doirasida ittifoqdosh va hamkor mamlakatlar ishtiroki- 
da ko‘pmillatli Xavfsizlikka Ko‘maklashuvchi Xalqaro Kuchlar 
(XKXK) (Irtemational Security Assistance Forces - ISAF) tashkil 
etildi.
2002-yil boshida Afg‘onistonda faoliyat yuritgan XKXK tarki- 
bida dastlab NATOga a’zo 17 ta davlatga tegishli 4 ming nafar har­
biy xizmatchi mavjud edi. 2003-yilda AQSH yetakchiligida “To­
libon” harakati va “Al-Qoida” xalqaro terrorchilik tashkilotining 
qurolli tuzilmalariga qarshi amalga oshirilgan “Yengilmas ozodlik” 
deb ataluvchi harbiy operatsiyaning faol bosqichi yakunlangach, 
Afg‘onistondagi xalqaro koalitsion kuchlarga qo‘mondonlik qilish 
NATOga topshirildi.
2003-yilning avgustida NATO Afg‘onistonda afg‘on hukumatiga 
yordam berish orqali xavfsizlikni ta’minlash majburiyatini o‘z zim- 
masiga oldi. Shuningdek, Afg‘onistonda jangarilarga qarshi ko­
alitsion kuchlar tomonidan o‘tkazilayotgan harbiy operatsiyalarga 
NATO qo‘mondonlik qildi.
2003-yil 9-dekabrda XKXKning vakolatlari va vazifalari BMT 
Xavfsizlik Kengashining rezolyutsiyalari hamda XKXK va AIR hu­
kumati o‘rtasidagi harbiy-texnikaviy kelishuvlarga asosan belgilan- 
di. Ular asosida NATO Kengashi AIRda harbiy tadbirlarda ishtirok


etayotgan, lekin Shimoliy alyans a’zosi bo‘lmagan davlatlar bilan 
ham Afg‘onistonda xavfsizlikni ta’minlash borasida doimiy ravish­
da hamkorlik qilib keldi.
2005-yildan boshlab NATOga a’zo davlatlar Afg‘onistonda o‘z 
harbiy kontingenti sonini oshirib bordilar va 2009-yilga kelib afg‘on 
zaminida AQSHning 68 ming nafar askari hamda NATOga a’zo 
boshqa mamlakatlar va ulaming sheriklaridan 38 ming nafarga ya- 
qin harbiy xizmatchi joylashtirildi. NATO shafeligidagi XKXKning 
Afg‘onistondagi kontingenti eng ko‘p miqdomi tashkil etgan davr 
2011-yilga to‘g‘ri keladi. Bu vaqtda Afg‘onistonda XKXK saflarida 48 
mamlakatga tegishli bo‘lgan 132 ming nafardan ortiq harbiy bor edi145.
NATO shafeligidagi XKXKning dastlabki faoliyati Afg‘oniston 
poytaxti Kobul va unga tutashgan hududlar xavfsizligini ta’minlash 
va shu orqali Muvaqqat hukumat hamda BMT xodimlarining faoli­
yat yuritishlarida yordam berish edi.
2003-yilgi BMT XKning 1510-rezolyutsiyasiga muvofiq, 
NATOning vakolat doirasi Kobul shahri chegarasidan chiqib, as- 
ta-sekin butun AIR bo‘ylab kengaytirildi. Nazorat avval mamlakat 
shimoliga va g‘arbiga, keyinchalik esa janubiy hududlar va nihoyat 
mamlakatning sharqiga - Afg‘onistonning eng xavfli va vaziyat tez 
o‘zgamvchan bo‘lgan mintaqalariga kengaytirildi. 0 ‘z faoliyati 
davomida NATO kuchlari Afg‘oniston hududining taxminan 85 
%ini qamrab oldi. NATOning Afg‘onistondagi operatsiyasi doira- 
sida besh mintaqaviy qo‘mondonlik tuzilib, ushbu mintaqaviy 
qo‘mondonliklarga rahbarlik qilish alyansga a’zo quyidagi mam- 
lakatlaming harbiy bo‘linmalari zimmasiga yuklatildi: “Shimol” -
Germaniya, “G‘arb” - Italiya, “Janub” - Buyuk Britaniya, “Sharq”
- AQSH va “Markaz” - Turkiya.
2006-yil 28-29-sentabrda Sloveniyada bo‘lib o‘tgan NATOga 
a’zo davlatlar Mudofaa vazirlari kengashida AIRga qo‘shimcha 
harbiylar kiritishga qaror qilindi va ular mamlakatning oltita janu­
biy viloyatlariga kiritilishi belgilandi.
145 
International Security Assistance Force (ISAF): Key Facts and Figures. 
Brussels.September 9, 2011. - P.2.


2010-yilda AIRdagi harbiy-siyosiy vaziyat murakkablashgani 
bois operatsiyalar olib borishni faollashtirish va optimallashtirish 
maqsadida XKXK doirasida tuzilgan mintaqaviy qo‘mondonliklar 
sonini ko‘paytirishga qaror qilindi. Unga ko‘ra, AIRdagi eng notinch 
hudud hisoblangan janubiy hududda XKXKning ilgari faoliyat 
yuritgan “Janub” mintaqaviy qo‘mondonligi ikkiga ajratildi hamda 
“Janub” va “Janubiy-G‘arb” mintaqaviy qo‘mondonliklari tashkil 
qilindi. Ushbu mintaqaviy qo‘mondonliklar tarkibida 28 ta Vilo- 
yatlardagi tiklash guruhlari mavjud edi va ularda XKXK ishtirokchi 
mamlakatlarining harbiy bo‘linmalari, politsiya xodimlari hamda 
noharbiy bo‘lgan mutaxassislari faoliyat ko‘rsatdi. Viloyatlardagi 
tiklash guruhlari Afg‘onistonda maktab, shifoxona va shu kabi ij­
timoiy infrastruktura obyektlarini ta’mirlash, suv bilan ta’minlash 
inshootlarini barpo etish va afg‘on politsiyachilarini o‘qitish ishlari 
bilan shug‘ullanib keldi.
NATO shafeligidagi XKXKning Afg‘onistondagi missiyasida 
ishtirok etayotgan davlatlami shartli ravishda uch guruhga bo‘lish 
mumkin.
Birinchi guruh - 2001-yildan buyon Afg‘onistonning eng 
notinch hududlari boTmish janubiy-sharqiy viloyatlarda “Tolibon” 
harakati otryadlariga va ashaddiy terroristik guruhlariga qarshi 
kurashgan AQSH, Yangi Zelandiya va Avstraliya kabi davlatlaming 
harbiy bo‘linmalari.
Ikkinchi guruh-bevositajanubiy hududlardaharbiy operatsiya­
lar olib borayotgan AQSH, Buyuk Britaniya, Kanada va Gollandiya 
harbiy kontingenti.
Uchinchi guruh - AIRdagi nisbatan tinch shimoliy-g‘arbiy 
hududlarda harbiy vazifalami bajarayotgan Ispaniya, Italiya, Germani­
ya, Fransiya va Turkiya kabi Shimoliy Atlantika ittifoqiga a’zo mam- 
lakatlaming harbiy kontingentidan iborat. Bu guruhga, nisbatan yangi 
a’zolar hisoblanadigan Chexiya, Polsha, Sloveniya, Latviya, Estoniya 
vaNATO a’zosi bo‘lmagan, ammo Shimoliy Atlantika hamkorligi das- 
turi (SEAP) bo‘yicha afg‘on muammosini hal qilishda ishtirok etayot­
gan Gruziya, Ukraina va Ozarbayjon harbiylarini ham kiritish mumkin.


Afg‘on zaminida chet mamlakatlar harbiy kontingenti 
tomonidan amalga oshirilib kelingan harbiy operatsiyalar 2001- 
yil 7-oktabrda “Yengilmas ozodlik” operatsiyasi bilan boshlangan 
bo‘Isa, undan so‘ng 2001-yil noyabr-dekabr oylarida Kobul atroflari 
va mamlakat janubiy-sharqidagi Tora-Bora tog‘ tizmalarida “Toli­
bon” kuchlari va “Al-Qoida” terrorchilariga qarshi maxsus harbiy 
operatsiyalar amalga oshirildi.
2002-yil mart oyida Afg‘onistonda AQSH harbiy yetakchiligida 
“Al-Qoida” terroristik tashkiloti jangarilariga qarshi “Anakonda” 
harbiy operatsiyasi amalga oshirildi.
2003-2005-yillarda NATOga a’zo davlatlar tomonidan 
Afg‘onistonda harbiy harakatlami o‘tkazish birmuncha kamaydi. 
Buni 2003-yilda AQSHning Iroqda harbiy missiya boshlaganligi 
bilan izohlash mumkin. Natijada Afg‘oniston bo‘ylab “Tolibon” 
harakatining kuch yig‘ib olishi va mamlakat hududida partizanlik 
harakatlarining faollashuvi ro‘y berdi. “Tolibon” harakati jangari- 
lari Afg‘oniston-Pokiston chegarasidagi nazoratsiz hududlarda o‘z 
ta’sirini kengaytirib, jangovar shayligini oshirib bordi.
Shu tufayli 2006-yilda NATO shafeligidagi koalitsion kuchlar 
mamlakat janubida harbiy harakatlami faollashtirib yubordi. Xu- 
susan, 2006-yil avgustda “Tog‘ni yorib o‘tish”, sentyabrda “Me- 
duza” hamda 2006-yilning sentabridan 2007-yilning yanvariga- 
cha davom etgan “Tog‘ g‘azabi” nomli harbiy operatsiyalar amalga 
oshirildi.
2006-yilda Qandahorda o‘tkazilgan “Meduza” operatsiyasi ko­
alitsion kuchlaming yirik masshtabdagi operatsiyalaridan biri hisob- 
lanib, unda Buyuk Britaniya, Kanada, Niderlandiya va birinchi bor 
AIR harbiylari ishtirok etdi.
2007-yilning mart oyida XKXK kuchlari janubdagi Helmand 
viloyatida “Lastay Kulang” va “Axilles” deb nomlangan navbatdagi 
yirik masshtabli harbiy operatsiyani o‘tkazdi.
2008-yilni harbiy harakatlaming mohiyatiga ko‘ra, “Tolibon” 
harakatining Pokistonning Vaziriston hududidan XKXK harbiylari- 
ga qarshi hujumi kuchaygan davr sifatida baholash mumkin.


2009-yil iyun oyida o‘tkazilgan Afg‘onistondagi prezident 
saylovidan oldin AQSH va Buyuk Britaniya harbiylari tomonidan 
“Xanjar” nomli navbatdagi yirik masshtabli hamda o‘sha yilning 
avgustida nemis va afg‘on harbiylari hamkorligida mamlakat 
shimolidagi Chohar dara uyezdida toliblarga qarshi “Burgut” nomli 
operatsiya amalga oshirildi.
2010-yilga kelib XKXK tomonidan Afg‘onistonda harbiy ope- 
ratsiyalar olib borish faollashdi. Jumladan, 2010-yilning fevral-may 
oylarida AQSH, Buyuk Britaniya, Gollandiya, Kanada va afg‘on 
armiyasi harbiylari ishtirokida Helmand viloyatida toliblaming 
ta’sirini kamaytirish, rasmiy hukumatning nazoratini oshirish hamda 
narkotik moddalar yetishtirish hajmini qisqartirish maqsadida yirik 
masshtabli “Mushtarak” operatsiyasi va o‘sha yil avgustida Qan­
dahor viloyatida “Qandahordagi hamkorlik” operatsiyasi o‘tkazildi. 
Bundan tashqari, 2010-yil sentabr-oktabr oylarida Qandahor 
viloyatining Argandob, Zari va Panjvay uyezdlarida “Ajdarho zarba- 
si” deb nomlangan maxsus operatsiya amalga oshirildi.
2010-yilning kuzida germaniyalik harbiylar nazoratidagi mam­
lakat shimolida vaziyat yomonlashgani bois Balx viloyatida XKXK 
va afg‘on harbiylari ishtirokida “Navro‘z” nomli yirik masshtabli 
harbiy operatsiya o‘tkazildi.
NATOga a’zo davlatlardan Afg‘onistonga kelgan 1400 nafar 
maslahatchi va 2 ming nafar instruktorlar afg‘on armiyasi harbiy 
xizmatchilarini tayyorlash jarayonida ishtirok etmoqda.
2010-yildan boshlab Afg‘onistonda faoliyat yuritib kelgan 
NATO shafeligidagi XKXKning harbiy missiyasini tugatish va 
chet el harbiy kontingentini afg‘on zaminidan olib chiqish masalasi 
NATO va Afg‘oniston o‘rtasidagi munosabatlarda muhokama 
qilina boshlandi. Ushbu muzokaralar davomida NATO yetakchilari 
Afg‘oniston xavfsizlik kuchlariga mamlakat xavfsizligini ta’min- 
lashni 2011-yilning iyulidan 2014-yil oxirigacha bosqichma-bos- 
qich topshirib, Afg‘onistondan chet el koalitsion qo‘shinlarini olib chi­
qish muhokama qilindi. 2015-yilning 1-yanvariga kelib Afg‘oniston 
hududidan NATO shafeligidagi Xavfsizlikka Ko‘maklashuvchi


Xalqaro Kuchlar to‘liq olib chiqib ketildi va shu vaqtdan boshlab 
Afg'onistonda NATOning “Qat’iy ko'mak” (Resolute Support) deb 
ataluvchi yangi missiyasi boshlandi146.

Download 184 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   124




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling