A. M. Mannonov n. A. Abdullayev r. R. Rashidov
Transafg‘on transportyo‘lagi-Markaziy
Download 184 Kb. Pdf ko'rish
|
Afg\'oniston tarixi. Mannonov A.M, Abdullayev N.A, Rashidov R.R (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- XRON OLOGIYA
Transafg‘on transportyo‘lagi-Markaziy Osiyo davlatlarining
Afg'oniston hududi orqali Pokiston va Erondagi dengiz portlariga chiqishini ko‘zlovchi transport yo‘llari birlashmasi. Xavfsizlikka Ko‘maklashuvchi Xalqaro Kuchlar (Interna tional Security Assistance Force (ISAF)) - NATO boshchiligidagi xalqaro qurolli kuchlar kontingenti. AIR hududida 2001-yil BMT- ning 1386-sonli rezolyutsiyasi asosida kiritilgan. Xel - pushtun millatiga mansub aholi orasida alohida bir kichik ijtimoiy guruhni ifoda etish maqsadida qo‘llanib kelingan. Xon - mo‘g‘ul va turk tillarida hukmdor, davlat boshlig‘i ma’nosini bildiradi. 0 ‘rta asrlarda Afg‘oniston hududida mahalliy hokimlar va alohida qabila yetakchilariga nisbatan qo‘llanilgan. Etnos - umumiy nomga, madaniyatda umumiy o‘xshashliklarga ega bo‘lgan, jamoaviy tarixiy tafakkurga va kelib chiqish tarixini umumiy mifologik tarzda tasavvur etuvchi, o‘zlarini ma’lum bir hudud bilan bog‘liq hamda hamfikr deb biluvchi kishilar guruhi. XRON OLOGIYA Mil.avv. 100-40 mingyillik - Afg‘oniston hududidan dastlabki odam izlarining topilishi. Mil.avv. VI-IV asrlar - Afg‘oniston Ahamoniylar imperiyasi tarkibida. Mil.avv. 330-327-yy. - Makedoniyalik Aleksandr Afg‘oniston hududini zabt etdi. Mil.avv. 250-y. - Yunon-Baqtriya davlatining barpo etilishi. Mil.avv. I asr - milodiy III asr - Afg‘oniston Kushon imperi yasi tarkibida. 225 - 600-yillar - Afg‘oniston hududida Sosoniylar hukmronligi. 652-yil - arablaming Afg‘oniston hududida paydo bo‘lishi. VIII-X asrlar - Afg‘oniston hududida mahalliy musulmon hukmdorlari hukmronligi. 997-1180-yillar - Afg‘oniston hududida G‘aznaviylar hukm ronligi. 1186-yil - G‘uriylar tomonidan G‘aznaviylar hukmronligiga barham berilishi. 1221-1360-yillar - Afg‘oniston mo‘g‘ullar istibdodi davrida. 1370-yil - Amir Temur tomonidan Balx shahrining qo‘lga kiri- tilishi. 1381-yil - Amir Temur tomonidan Hirot shahrining qo‘lga kiritilishi. 1398-yil - Amir Temuming Afg‘oniston orqali Hindistonga yurishi. 1405-1506-yillar - Temuriylaming Hirot va Balxdagi hukm ronligi. 1504-1525-yillar - Zahiriddin Muhammad Boburning Kobuldagi hukmronligi. 1526-1640-yillar - Afg‘oniston Boburiylar saltanati tarkibida. 1648-yil - Eron tomonidan Qandahor shahrining egallanishi. 1713-yil - Mir Vaysxon yetakchiligida Qandahor shahrida eronliklarga qarshi qo‘zg‘olon ko‘tarilishi. 1716-yil-Abdaliylar tomonidan Hirotdaqo‘zg‘olonko‘tarilishi. 1709-1738-yillar - G‘ilzoylar tomonidan Eronning egallanishi va boshqarilishi. 1747-yil - Ahmadshoh Durroniy tomonidan mustaqil afg‘on davlatiga asos solinishi. 1773-1793-yillar - Temurshoh Durroniy hukmronligi. 1793-yil - Zamonshoh hukmronligining boshlanishi. 1800-yil - Durroniylar saltanatida Mahmudshoh hukmronligi ning boshlanishi. 1803-yil - Shoh Shujo tomonidan hokimiyatning egallanishi. 1809-yil - Britaniya hukumati vakili Monstyuart Elfinston va afg‘on hukmdori Shoh Shujo tomonidan o‘zaro bitimning imzolanishi. 1816-yil - Eronliklar tomonidan Hirotni qo‘lga kiritishga bo‘lgan urinishning chippakka chiqishi. 1826-yil - Do‘st Muhammadxon tomonidan Kobulda hokimi yatning egallanishi. 1834-yil - Do‘st Muhammadxon tomonidan Qandahor shahrining qo‘lga kiritilishi. 1837-yil sentabr - Buyuk Britaniya hukumatining diplomatik missiyasi tarkibida Iskandar Byomsning Kobulga kelishi. 1837-yil dekabr - Ivan Vitkevich yetakchiligida Rossiya Im periyasi diplomatik missiyasining Kobulga kelishi. 1838-1842-yillar - Birinchi ingliz-afg‘on urushi. 1855-yil - Buyuk Britaniya va Afg‘ oniston o‘rtasida diplomatik munosabatlami qayta tiklashga qaratilgan Peshovar bitimining imzolanishi. 1857-yil - Buyuk Britaniya va Afg‘oniston o‘rtasida harbiy bi tim tuzish bo‘yicha Peshovar kelishuvining imzolanishi. 1863-yil - Do‘st Muhammadxon tomonidan Hirot shahrining qo‘lga kiritilishi va uning vafoti. 1869-1879-yillar - Amir Sherali afg‘on davlati hukmdori. 1878-yil iyul - general Stoletov yetakchiligida Rossiya Imperi yasi diplomatik missiyasining Kobulga kelishi. \ \ \1878-yil avgust - Buyuk Britaniya hukumati tomonidan ing liz diplomatik missiyasini Kobulda qabul qilish bo‘yicha Amir Sheraliga ultimatum qo‘yilishi. 1878-yil sentabr - Amir Sherali tomonidan inglizlar ultimatumining rad etilishi va ikkinchi ingliz-afg'on urushining boshlanishi. 1879-yil fevral - Amir Sheralining Mozori Sharif shahrida vafot etishi. 1880-yil - Amir Abdurahmonning afg‘on taxti uchun kurashni boshlashi va hokimiyatga kelishi. 1881-yil - ingliz qo‘shinining Afg‘oniston hududini tark etishi va ikkinchi ingliz-afg‘on urushining tugashi. 1892-yil - Bomiyonda hazoriylar qo‘zg‘oloni va uning bostiri- lishi. 1893-yil - Buyuk Britaniya hukumati va afg‘on hukmdori Abdurahmon o‘rtasida Dyurand bitimining imzolanishi. 1896-yil - Amir Abdurahmon qo‘shini tomonidan Kofmston- ning egallanishi. 1901-yil - Amir Abdurahmonning vafoti. 1901-1919-yillar - Amir Habibullaxon hukmronligi. 1907-yil - Buyuk Britaniya va Rossiya Imperiyasi hukumatlari o‘rtasida Afg‘onistonni o‘zaro ta’sir doirasiga bo‘lib olish bo‘yicha bitimning imzolanish. 1911 -yil - Mahmud Tarziy tomonidan “Siroj ul-Axbor” gazetasi chop etilishining boshlanishi. 1914-yil - Amir Habibullaxon tomonidan Birinchi Jahon urushida Afg‘onistonning betarafligi maqomining e’lon qilinishi. 1915-1916-yillar - Afg‘ onistonda Nidermayer-Gentig missiya- sining bo‘lishi. 1919-yil fevral - Amir Habibullaxonning o‘ldirilishi va Omonullaxonning taxtga kelishi. 1919-yil may-avgust - Uchinchi ingliz-afg‘on urushi. 1919-yil 19-avgust - Afg‘oniston mustaqilligining e’lon qilini shi. ф e 1921-yil - Afg‘oniston va Sovet hukumati bilan do‘stlik biti- mining imzolanishi. / 1923-yil - Afg‘onistonning birinchi Konstitutsiyasi qabul qilinishi. 1924-1925-yillar - Xostda qo‘zg‘olon. 1926-yil - Omonullaxon tomonidan “shoh” titulining joriy etilishi. 1927-yil - Omonullaxonning Hindiston, Misr va Yevropaga safari. 1928-yil dekabr - Ko‘histonda Habibulla Qalaqoniy yetakchiligida qo‘zg‘olonning boshlanishi va uning butun mamlakat hududiga yoyilishi. 1929-yil yanvar - Omonullaxonning taxtdan voz kechishi va Habibulla Qalaqoniyning amir deb e’lon qilinishi. 1929-yil oktabr-noyabr - Nodirxon tomonidan taxt uchun kurashning boshlanishi va Habibulla Qalaqoniyning qatl etilishi. 1929-1933-yillar - Muhammad Nodirshoh hukmronligi. 1933-yil - Muhammad Nodirshohga nisbatan suiqasd va uning vafoti. Hokimiyatga uning o‘g‘li Muhammad Zohirshohning kelishi. 1936-yil - pushtu tilining umumdavlat tili deb e’lon qilinishi. 1939-yil - Ikkinchi Jahon urushining boshlanishi va Afg ‘ oniston betarafligining e’lon qilinishi. 1941-yil - Ikkinchi Jahon urushiga nisbatan e’lon qilingan Afg‘oniston betarafligining qayta tasdiqlanishi. 1946-yil - Muhammad Hoshimxonning bosh vazir lavozimidan iste’fo berishi. 1947-yil - mustaqil Hindiston va Pokiston davlatlarining paydo bo‘lishi. 1948-yil - Pushtuniston masalasida Afg‘oniston va Pokiston o‘rtasida kelishmovchiliklaming yuzaga kelishi. 1953-yil - Muhammad Dovudning Afg‘oniston bosh vaziri lavozimini egallashi. 1960-yil - sobiq afg‘on shohi Omonullaxonning Shveysariyada vafoti. 1963-yil - Muhammad Dovudning bosh vazir lavozimidan iste’fo berishi. \ 1964-yil - Afg‘onistonda demokratik xarakterdagi Konstitutsi- yantig qabul qilinishi. 1965-yil yanvar - Afg‘oniston Xalq Demokratik Partiyasi (AXDP)ning tashkil topishi. 1973-yil - sobiq bosh vazir Muhammad Dovud tomonidan davlat to‘ntarishining amalga oshirilishi hamda Afg‘onistonning Respublika va Muhammad Dovudning Prezident deb e’lon qilinishi. 1978-yil aprel - Kobulda AXDP tomonidan inqilobning amalga oshirilishi va hukumatni Nur Muhammad Taraqiy yetakchiligidagi sho‘roparast guruh qo‘liga o‘tishi. 1979-yil - Afg‘oniston hududida sho‘roparast AXDP hukumatiga qarshi keng ko‘lamli qarshilik harakatining boshlanib ketishi. 1979-yil oktabr - AXDP ichidagi o‘zaro kurash tufayli hokimiyatga Hafizulla Aminning kelishi va Nur Muhammad Taraqiyning o‘ldirilishi. 1979-yil dekabr - Afg‘oniston hududiga Sovet Ittifoqi qo‘shinlarining kiritilishi. 1980-yil yanvar - Afg‘onistonda hukumat tepasiga Babrak Karmalning kelishi. 1985-yil - Sovet Ittifoqida hukumatga M.Gorbachyovning kelishi va Afg‘onistondan Sovet qo‘shinlarini olib chiqib ketish bo‘yicha muzokaralaming boshlanishi. 1986-yil - Babrak Karmalning iste’fo berishi va hukumatga Muhammad Najibullaning kelishi. 1988-yil may - Sovet qo‘shinlarining Afg‘oniston hududidan olib chiqib ketilishining boshlanishi. 1989-yil fevral - Sovet qo‘shinlarining Afg‘oniston hududidan olib chiqib ketilishining tugallanishi. 1990-yil - general Shoh Navoz Tanay boshchiligida davlat to‘ntarishi va uning muvaffaqiyatsizlikka uchrashi. 1991-yil sentabr - AQSH va Sovet Ittifoqi o‘rtasida Afg‘onistonga qurol-yarog1 yetkazib berishga chek qo‘yish bo‘yicha bitimning imzolanishi. 1991-yilning oxiri va 1992-yilning boshi - Afg‘on mujohidlari tomonidan hokimiyat uchun kurashning avj oldirilishi. 1992-yil aprel - Muhammad Najibullaning iste’fosi va hokimi yatni mujohidlar tomonidan egallanishi. 1992-1995-yillar - Afg‘onistonda yagona hokimiyatning yo‘qligi va mujohidlar o‘rtasida o‘zaro kurashning avj olishi. 1994-yilning oxiri - Afg‘oniston siyosiy sahnasida “Tolibon” harakatining pay do bo‘lishi. 1996-yil sentabr - poytaxt Kobulning “Tolibon” harakati tomonidan qo‘lga kiritilishi va mamlakatning sobiq rahbari Muhammad Najibullaning namoyishkorona qatl etilishi. 1997-yil - “Tolibon” hukumatini Pokiston, Saudiya Arabistoni va Biriashgan Arab Amirliklari tomonidan tan olinishi. 1998-yil - Usoma bin Laden boshchiligidagi xalqaro terrorchilaming Afg‘oniston hududidan panoh topishi. 1998-yil - Toliblaming Mozori Sharif shahri va Amudaryo sohiligacha bo‘lgan hududlami egallashi. 2001-yil sentabr - Usoma bin Laden yetakchiligidagi xalqaro terrorchilar tomonidan AQSHda terroristik aktlaming sodir etili shi va AQSH yetakchiligida xalqaro hamjamiyat tomonidan Afg‘onistondagi “Tolibon” hukumati va “Al-Qoida” xalqaro terro ristik guruhiga qarshi aksilterror operatsiyasining boshlanishi. 2001-yil noyabr-dekabr - Afg‘onistonda “Tolibon” hukumatiga barham berilishi. 2001-yil dekabr - Afg‘onistonda H.Karzay yetakchiligida Muvaqqat hukumatning tuzilishi. 2002-yil - NATO shafeligidagi xalqaro kuchlaming Afg‘onistonga kiritila boshlashi. 2004-yil yanvar - Afg‘onistonning Islom Respublikasi deb e’lon qilinishi va mamlakat yangi Konstitutsiyasining qabul qilini- 2004-yil sentabr - Prezidentlik saylovlarining o‘tkazilishi va unda H.Karzayning g‘alabasi. 2005-yil - parlament saylovlarining o‘tkazilishi. 2009-yil - Prezidentlik saylovlarining o‘tkazilishi va unda yana H.Karzayning g‘alaba qozonishi. 2013-yil -NATO shafeligidagi xalqaro kuchlaming Afg‘oniston hududidan olib chiqib ketila boshlanishi. 2014-yil - navbatdagi Prezident saylovlarining o‘tkazilishi va A.G‘anining prezident, A.Abdullaning hukumat rahbari lavozimlarini egallashlari. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling