A. M. Mannonov n. A. Abdullayev r. R. Rashidov
AFG‘ONISTON AMIR ABDURAHMONNING
Download 184 Kb. Pdf ko'rish
|
Afg\'oniston tarixi. Mannonov A.M, Abdullayev N.A, Rashidov R.R (1)
AFG‘ONISTON AMIR ABDURAHMONNING
HUKMRONLIGI DAVRIDA Uzoq muddatli urush xalqning tinkasini quritib, butun mam lakat bo‘ylab savdo va hunarmandchilik izdan chiqdi. Afg‘on qabilalarining markaziy hokimiyatga nisbatan ishonchi susaygan sharoitda hokimiyatga kelgan amir Abdurahmon oldida mamlakatni birlashtirish, davlat boshqaruvi sohasida keskin o ‘zgartirishlami amalga oshirish, xalq hamda mahalliy hokimlar oldida markaziy ho- kimiyatning ta’siri va obro‘sini qayta tiklash hamda oshirish kabi bir qator jiddiy masalalar turar edi. Inglizlar mamlakatni tark etib, Qan dahor shahrini amir Abdurahmon boshqaruviga topshirgan bo‘lsalar- da, bu shaharga nisbatan Ayubxon o‘z da’vosidan kechmagan edi. 1881-yil iyunida Qandahomi egallash uchun kurash boshlagan Ayubxon amir Abdurahmon yuborgan qo‘shinni m ag‘lub etadi va shahami egallaydi. Qandahorda Ayubxonni qo‘llab-quvvatlovchi kuchlar ko‘p bo‘lib, ular Ayubxonni inglizlarga qarshi kurashgan haqiqiy kurashchi “g ‘oziy” sifatida kutib oladilar. Vaziyatning izdan chiqishiga yo‘l bermaslik maqsadida amir Abdurahmon katta qo‘shin bilan Qandahorga qarab yo‘l oladi. 1881-yilning 22-sentabrida Qandahor ostonasida ikki tomon - amir Abdurahmon va Ayubxon qo‘shinlari o ‘rtasida hal qiluvchi jang bo‘lib o‘tadi. Jangda qo‘li baland kelgan amir Abdurahmon Qandahomi egallaydi va Ayubxonni qo‘llab-quwatlovchi kuchlami yo‘q qilib, shaharda qat’iy tartib o ‘matadi. Qandahor uchun kurashda m ag‘lubiyatga uchragan Ayubxon o ‘z mulki bo‘lgan Hirot shahriga ham bora olmaydi. Chunki, amir Abdurahmon Qandahor yurishiga chiqish oldidan Ayubxon uchun muhim ahamiyatga ega Hirot shahriga ham Abdulquddusxon yetakchiligida qo‘shin jo ‘natadi. Amir Abdurahmonning ushbu qo‘shinni Hirotga j o ‘natishidan maqsad Ayubxonni Qandahor shahriga bo ‘lgan da’vosidan voz kechishga majbur etish hamda uning diqqatini ikkiga bo‘lib yuborish edi. Hirotni egallash uchun dastlab muvaffaqiyatga erisha olmagan Abdulquddusxon Qandahor shahridan Ayubxonning m ag‘lubiyati haqida xabar yetib kelishi bilan o ‘z harakatlarini jonlantirib yuboradi hamda Hirot shahrida Ayubxon qoldirib ketgan qo‘shin jangsiz Abdulquddusxonga tas- lim bo‘ladi va amir Abdurahmon hukmronligini tan oladi. Shu tariqa amir Abdurahmon ham Qandahor, ham Hirot shaharlarini qo‘lga kiritadi va taxt uchun asosiy da’vogar bo‘lmish Ayubxon kurashni to ‘xtatib, Eronga ketishga majbur bo ‘ladi. Amir Abdurahmon mamlakatni birlashtirish siyosatini davom ettirib, mahalliy hududlarda markaziy hokimiyatga bo‘ysunmay kelayotgan bir necha mayda hokimlik va mahalliy qabila yetakchi- lari qo‘shinlarini mag‘lub etadi, joylarda o ‘ziga b o ‘ysunmay kela- yotgan hamda muayyan ta ’sir kuchiga ega qabila yetakchilari, ing lizlar bilan b o ‘lgan jang qahramonlari va diniy yetakchilami qatl ettiradi. 0 ‘z hokimiyatini har tomonlama mustahkamlash maqsa- dida amir Abdurahmon o ‘z amakisi sobiq amir Sheralixonning bir necha vorislarini mamlakatdan chiqib ketishga majbur etadi. Amir Abdurahmon tashqi siyosatda Rossiya imperiyasi va Buyuk Britaniya o ‘rtasidagi kelishmovchiliklar hamda bahsli masalalardan unumli foydalanishga harakat qildi. Shu bilan birga, amir o‘zining mazkur ikki buyuk qo‘shnisi bilan nihoyatda ehtiyot- kor munosabatda bo‘lishga va o ‘z mustamlakachilik siyosatini tobora kuchaytirayotgan ushbu ikki yetakchi davlatlaming Afg‘o- niston bilan munosabatlarini chigallashtirmaslikka intilib keldi. Mamlakatning tashqi dunyodan uzib qo‘yilishi qaysidir m a’noda amir Abdurahmonga ham m a’qul edi. Amir shu yo ‘l bilan o‘z mulklariga turli buzg‘ unchi g ‘oyalaming kirib kelishini oldini olish va o‘z xalqini butkul itoatda tutishni ko‘zlar edi. Chet el fuqarolarining A fg‘onistonga kirishi amir tomonidan qat’iy cheklangan bo‘lishi bilan bir qatorda afg‘on davlati fuqa rolarining ham xorijga chiqishi qat’iy taqiqlangan edi. Biror-bir fuqaroning chet elga chiqishi uchun maxsus ruxsatnoma (“rohdori”) talab etilardi va u chet eldan A fg‘onistonga qaytmasa uning barcha qarindosh-urug‘lari qiynoqqa duchor etilib, qamoqqa tashlanardi. Shu bilan birga, fuqarolaming mamlakat ichida harakatlanishi ham politsiyaning nazorati ostiga olingan edi. Mamlakat iqtisodiyotini k o ‘tarish va davlat g ‘aznasiga tushadigan daromad hamda soliqlami tartibga solish bo‘yicha olib borilgan sa’y-harakatlar o ‘z samarasini berdi. Natijada davlat g ‘aznasiga kelib tushadigan tushum miqdori oshdi va moli- yaviy jihatdan yetarli darajada ta ’minlangan amir kuchli davlat boshqaruv apparatini tashkil etdi. Amir Abdurahmonning bu boradagi muvaffaqiyatlari qatorida kuchli politsiya hamda maxfiy xabarchilar faoliyatining yo‘lga qo‘yilganligi bo‘ldi. Kuchli politsiya orqali xalqni hamda mahalliy darajadagi yetakchilami itoatda tutib turishni m o‘ljallash bilan bir qatorda amir butun mamlakat bo ‘ylab yuruvchi maxfiy xabarchilar tizimini ham yo‘lga qo‘yadi. Maxfiy xabarchilar shaxsan amir Abdurahmonning o‘ziga mamlakatdagi ahvol xususida axborot berib turar hamda amir o‘z amaldorlarining mamlakatdagi vaziyat to‘g‘risidagi hisobotlarini maxfiy xabarchilar orqali qaytadan tekshirib ko‘rar edi. Amir Abdurahmon mamlakatda islom ruhoniylari, mullalar va ulamolaming ta ’siri hamda nufuzi balandligini inobatga olib, ularga ham davlat g ‘aznasidan muayyan miqdorda maosh belgilaydi va shu orqali din peshvolarini ham o ‘z nazoratida ushlashga harakat qiladi. Amir Abdurahmon hukmronligi davrida bir qator afg‘on qabilalari muayyan darajadagi imtiyozlarini saqlab qoldilar. Ushbu imtiyoz evaziga ular davlat oldida tegishli majburiyatlar (masalan, savdo yo‘llarini qo‘riqlash, amir qo‘shiniga harbiy bo‘linma yubo- rish)ni bajarar edilar. Mamlakatda savdo-sotiqni yanada rivojlantirish uchun turli shahar va hududlami bog‘lab turuvchi karvon yo‘ Harming xavfsiz- ligini ta ’minlash zarur edi. Shu maqsadda amir keskin choralar ko‘radi va yo‘llarda o ‘g ‘rilik, qaroqchilik va tovlamachilik bilan shug‘ullanadigan kimsalarga nisbatan shafqatsiz jazo tayinlanadi. Qo‘lga tushgan o ‘g ‘ri va qaroqchilar temir qafaslarga solinib y o ‘l bo ‘yidagi baland yog‘ochlarga osib qo‘yilar va ular issig‘u- sovuq hamda ochligu-chanqoqlikdan qiynalib jon berayotganligi boshqalarga o‘m ak bo‘lishi lozim edi54. Savdo-sotiqning rivoji uchun yana butun mamlakat b o ‘ylab yagona o‘lchov birliklarini joriy etish tadbiri ham amalga oshirildi. Shuningdek, yagona pul bir- ligi ta’sis etildi va Kobulda kumush hamda mis tangalar zarb etadigan pul zarbxonasi faoliyat yurita boshladi. Bu davrda mamlakat hudu di bo‘ylab o ‘tuvchi tranzit savdoga katta boj qo‘yilganligi sababli Hindistondan mamlakatga kirib keladigan tovarlaming hajmi kamayib ketdi. Shuningdek, Rossiya imperiyasi tomonidan Buxo- ro amirligi va Xiva xonligi vassal davlatga aylantirilgach, ushbu davlatlaming bojxona tizimi ham podsho hukumati nazoratiga o‘tkazildi hamda ms hukumati Afg‘oniston bilan b o ‘ladigan savdoga ham katta boj joriy etdi. Shu sababli Hindiston va Afg‘oniston hamda 0 ‘rta Osiyo bo ‘ylab o ‘tuvchi asriy savdo yo‘llari XIX asming oxiridan boshlab o ‘z ahamiyatini yo'qota boshladi va bora- bora butkul to ‘xtab qoldi. Savdo-sotiqdan, xususan tashqi savdodan katta daromad kelishini yaxshi anglagan amir Abdurahmon garchi tashqi siyosiy faoliyati butkul cheklangan bo‘lsa-da, tashqi iqtisodiy (savdo) munosabatlarda o ‘zi uchun nihoyatda daromadli faoliyat yuritdi. Jumladan, amir bir qator yetakchi xomashyo mahsulotlari (qorako‘l terisi)ni A fg‘onistondan chetga eksport qilish bo‘yicha yagona monopoliya o‘matdi. Amir Abdurahmonning davlat boshqamvini mustahkamlashga oid islohotlari butun A fg‘oniston uchun katta ahamiyat kasb etdi. Jumladan, o ‘tkazilgan islohotga ko‘ra, barcha markaziy boshqamv organlari ikkiga bo ‘lindi. Bulardan birinchisi “Nizomiy” deb ataluv- chi davlatning harbiy yo‘nalishdagi siyosatini amalga oshirishga m as’ul bo‘lgan idora va muassasalar jamlanmasidan iborat bo‘lsa, ikkinchisi “Mulkiy” deb ataluvchi davlatdagi fuqarolik ishlari bilan bog‘liq bo ‘lgan qolgan sohalar (moliya, bojxona, jamoat tartibini saqlash, adliya, jamoatchilik ishlari, tibbiyot, ta ’lim, transport, savdo va pochta)ni qamrab oluvchi davlat idoralari jamlanmasi edi55. Amir Abdurahmonning davlat boshqamvini mustahkamlashga oid islohotlari bilan bir qatorda mahalliy boshqamv sohasidagi islohotlari ham diqqatga sazovordir. Bu borada Abdurahmon har bir shaharda hokim, qozi (sud ishlariga m as’ul), kutvol (politsi- ya boshqarmasi boshlig‘i), kafila boshi (savdo va karvon ishlari boshlig‘i), soliq, moliya ishlariga m as’ul mansabdorlardan iborat boshqamv tizimini vujudga keltirish y o ii bilan mahalliy boshqamv organlari vakolatlarini birmuncha kengaytiradi56. Download 184 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling