Bu davrda markaziy hamda mahalliy
hokimiyat munosabat-
larida birmuncha o‘zgarish ro ‘y beradi. Jumladan, kichik shaharlar
hokimlari
ustida katta hokim, katta hokimlar ustida “Noib-ul-
hukuma” deb ataluvchi davlat hukmdorining noibi turar edi. Hukm-
dor noiblari va barcha harbiy hamda boshqa muassasalar ustidan
nazoratni esa amiming katta o‘g‘li
- taxt vorisi Habibullaxon
boshchiligidagi Oliy maslahat yig‘ini olib borar edi57. Davlat
boshqaruvi tizimida “kutvol” (politsiya boshqarmasi boshlig‘i)ga
katta vakolatlar berilgan bo ‘lib, joylardagi
tartib uchun aynan u
asosiy javobgar etib belgilanadi.
Amir Abdurahmon mamlakatni birlashtirish uchun katta
kuch va sa’y-harakatlami
sarfladi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.
1885-1886-yillarda mamlakat shimolida Rossiya imperiyasi-
ning 0 ‘rta Osiyodagi mustamlakalari hamda afg‘on
davlatiga te-
gishli yerlar o ‘rtasida aniq chegaralami belgilab olish tadbirlari
o ‘tkazilgach, amir Abdurahmon mamlakat shimolida istiqomat qilib
kelayotgan ko‘p sonli boshqa millat vakillari (tojiklar, o‘zbeklar,
turkmanlar, choraymoqlar va b.) orasiga an’anaviy tarzda mamlakat
janubida istiqomat qilib kelayotgan
pushtun millatiga mansub
aholini ko‘chirishni rejalashtiradi. Amiming bunday siyosat yuri-
tishining o‘ziga xos sabablari bor edi.
Birinchidan, garchi Rossiya imperiyasi bilan chegaralar belgilab
olingan va 1887-yilda ikki tomonlama shartnoma imzolangan58
bo ‘lsa-da, amir Abdurahmon Afg‘oniston
shimolida ruslaming
ta’siri oshib ketishidan qo‘rqar va boshqa millat vakillari bo ‘lgan
mahalliy aholiga ishonmas edi.
Ikkinchidan, amir pushtun millatiga mansub aholini mamlakat
shimoliga ko ‘chirtirish siyosati orqali u yerda ham o‘ziga tayanch
bo ‘ladigan ijtimoiy qatlamni vujudga keltirmoqchi edi. Amiming
fikricha, inglizlar bilan bo‘lgan janglarda
mardonavor kurashgan
pushtun qabilalari Rossiya imperiyasi tomonidan kelgusida bo‘lishi
Do'stlaringiz bilan baham: