A. M. Mannonov n. A. Abdullayev r. R. Rashidov
Незомноме-йе Асоси-йе Доулат-е Олийа-йе Афгонестон (Афгонистон
Download 184 Kb. Pdf ko'rish
|
Afg\'oniston tarixi. Mannonov A.M, Abdullayev N.A, Rashidov R.R (1)
66
Незомноме-йе Асоси-йе Доулат-е Олийа-йе Афгонестон (Афгонистон Олий давлатининг асосий тартиблари). 1923 йил 9 апрель. http://www. afghan-web.com/history/const/constl923.html ravishda tartibga solinishi muhim voqea bo‘ldi. Asossiz tarzda yig‘ib olinadigan bir qator soliq yig‘imlari, jumladan “davlat amaldorlarining xizmat vazifalarini bajarayotgan vaqtida ichadigan choyi va iste’mol qiladigan shirinliklari uchun yig‘iladigan soliq”, “boqiyat - yuqori martabali amaldorlar va ulaming vorislari tomonidan davlatdan olingan mablag‘laridan voz kechish” kabi xalqning noroziligini keltirib chiqaruvchi hamda davlat g‘aznasiga zarar keltimvchi soliq va to‘lovlar bekor qilindi. Iqtisodiy islohotlar jarayonida amalga oshirilgan eng ta’sirli is- lohot bu qishloq xo‘jaligida yetishtirilgan mahsulotlardan olinadigan soliqqa oid bo‘lib, yangi o ‘matilgan tartibga ko‘ra endilikda soliq mahsulot-natura shaklida emas, balki naqd pul shaklida olinadigan boMdi. Bunday tartib mahsulotni yetishtirgan oddiy dehqonda birmuncha jiddiy muammolaming kelib chiqishiga sabab bo‘ldi. Chunki, oddiy dehqon endi mahsulotini sotib pul qilishi uchun bozorga chiqishi, bozorda band bo‘lgan chog‘ida esa ekin-tikinga qarashdek qimmatli vaqtidan ajralib qolishi, bu esa yakuniy hosilga salbiy ta’sir qilishi mumkin edi. Shuningdek, dehqonlarda pulga ehtiyojning ortishi qishloq joylarida mahsulotlami arzon-garovga xarid qilib oluvchi chayqovchilar qatlamini yuzaga keltirdi. 1923-yilda qabul qilingan “Davlat yerlarini sotish to‘g‘risida”gi Qonunga ko‘ra, har bir fuqaro xohlaganicha davlat ixtiyorida boMgan yerni xarid qilib olish imkoniyati yaratildi. Qayd etish joiz- ki, Omonullaxonning bobosi Abdurahmon va otasi Habibullaxon hukmronligi davrlarida ham yer davlat mulki hisoblanib, uni so tish taqiqlangan edi. 1923-yilda A fg‘onistonda yangi valuta muomalaga kiritildi va u “afg‘oniy” deb atala boshlandi. Afg‘on valutasi ichki hamda tashqi savdoning o ‘sishiga turtki berdi va tezda Britaniya Hindistoni bilan boMadigan savdo munosabatlarida ham o ‘z o ‘miga ega boMdi. Amir Omonullaxonning Afg‘onistonda amalga oshirmoqchi boMgan keng koMamli islohotlaridan yana biri - harbiy sohaga te- gishli boMib, bu yo‘nalishda islohotni amalga oshirishda afg‘on amaldorlari ikki guruhga boMinib ketadilar. Birinchi guruh tarafdorlari afg‘on armiyasini Usmonli turklar armiyasi andozasida yangidan barpo etish tarafdori bo'lishsa, o ‘sha paytda Harbiy vazir Iavozimida faoliyat yuritgan Muhammad Nodirxon yetakchiligidagi ikkinchi guruh vakillari esa an’anaviy tarzda afg‘on qabilalaridan yig‘ilib kelgan tartib - “hasht nafari”, y a’ni qabilalardagi har sakkiz nafar erkakdan bir nafari armiyaga jalb etilishi tartibini saqlab qo- lishni yoqlab chiqishadi. Harbiy islohotni amalga oshirishdagi yuqoridagi kabi bo‘linish oqibatida armiya yanada parokanda holiga keldi va bu 1924-yilda Xostda ro‘y bergan qo‘zg‘olonni bostirish chog‘ida yaqqol namoyon bo‘ldi. 0 ‘sha paytdagi Harbiy vazir M.Nodirxon esa Omonullaxonning armiyani turklar andozasi bo‘yicha qayta tashkil qilishga bo‘lgan rag‘batini ko‘rgach, o ‘z lavozimidan iste’foga chiqadi va Afg‘onistonning Fransiyadagi elchisi lavozimiga tayinlanib mamlakatni tark etadi. Bu davrda A fg‘onistonda amalga oshirilgan islohotlardan eng samaralilaridan biri sifatida ta ’lim va m aorif sohasida amalga oshirilgan islohotni ta ’kidlab o ‘tish joizdir. Hokimiyatga kelgan dastlabki vaqtidanoq Omonullaxon ta ’limga alohida e ’tibor qaratadi. A fg‘on yoshlariga zamonaviy bilim lardan ta ’lim berish uchun chet ellardan - Turkiya, M isr va Fransiyadan bir necha o ‘qituvchilar tak lif etildi. Kobulda faoliyat ko'rsatib kelayotgan amir Habibullaxon sharafiga “Habibiya” deb ataluvchi litsey bilan bir qatorda, “O m oniya” deb ataluvchi ta ’lim maktabi ham barpo etildi (Amir Omonullaxon hukm ronligiga barham berilgach, “Omoniya” maktabining nomi “ Istiqlol” deb o'zgartirildi). Shuningdek, ingliz va nemis tillarida ta ’lim beruvchi hamda xotin-qizlar uchun alohida “M alalay” deb ataluvchi litseylar ham ochildi. Afg‘onistonda shu davrdan boshlab boshlang‘ich va o‘rta ta’lim olish bepul ekanligi belgilab qo‘yildi. Bu davrda afg‘on matbuoti ham birmuncha rivojlandi va 1925-yilda qabul qilingan “Matbuot to‘g‘risida”gi Qonun ham bunga birmuncha turtki berdi. 0 ‘tgan asr 20-yillarida Afg‘onistonda “Omon-i Afg‘on” (“A fg‘on tinchligi”, muharriri Mahmud Tarziy), “Anis” (“D o‘st”, muharriri G ‘ulom Muhiuddin Anis) va shu kabi gazetalar chop etilar edi67. Omonullaxon Afg'onistonda kuchli ta ’sir va obro‘-e’tiborga ega bo‘lgan islom dini peshvolari, yetakchilari va ruhoniylar bilan kelishmovchilikka boradi. Amirning o ‘z fuqarolari ustidan aynan din ruhoniylari boshqaruvini cheklash bo ‘yicha olib borgan ulkan sa’y-harakatlari hech qanday samara bermaydi, balki amir bilan din vakillari o ‘rtasiga sovuqchilik tushishiga olib keldi. Shundan kelib chiqib, Omonullaxonning din va davlat ishlarini ajratishga b o ‘lgan intilishlari ham besamar ketdi. Omonullaxonning din vakillariga nisbatan bunday munosabati natij asida 1924-yil boshida Xostda markaziy hokimiyatga qarshi xalq qo‘zg‘oloni ko‘tarildi. Ushbu qo‘zg‘olonga Abdulla (laqabi “Mulla- ye Lang” - “Oqsoq Mulla”) va Abdurashid ismli mahalliy mullalar boshchilik qilishdi. Ushbu mullalaming da’vati bilan mangal, vazir va momand qabilalari Omonullaxonning islohotlaridan norozi bo‘- lib bosh ko‘tarishdi. Amir ushbu mullalami mavjud muammolami muhokama qilish uchun Kobulga taklif etgan bo ‘Isa ham, ular ushbu taklifni rad etib qo‘zg ‘olonni davom ettirishdi. Hukumat tomonidan jo ‘natilgan qo‘shin qo‘zg‘olonni bostira olmadi. Shundan so‘ng amir tomonida bo ‘lgan yetakchi diniy ulamo va ruhoniylaming o ‘rtaga tushib, vaziyatni yumshatishga qilgan sa’y- harakatlari birmuncha samara berdi. Shuningdek, diniy masalalar bilan bog‘liq muammolami 1924-yilning yozida Kobul yaqinidagi Pagman shahrida o‘tkazilgan Loyya Jirg‘ada muhokama qilinishi va tegishli qarorga kelinishi ham qo‘zg‘olonchilami birmuncha vaziyatni yumshatishga undadi. Mazkur Loyya Jirg‘ada kelishilgan qarorga ko ‘ra, Omonullaxon konservativ mhda bo‘lgan hamda o ‘tkazilayotgan islohotlarga qarshi bo ‘lgan diniy ruhoniylaming talablarini inobatga olishga majbur b o ‘ldi. 1925-yil boshida bir qator kuchli sa’y-harakatlardan so‘ng Omonullaxon Xostdagi qo‘zg‘olonni bostirishga muvaffaq bo‘ldi. Download 184 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling