A. M. Mannonov n. A. Abdullayev r. R. Rashidov
Sykes P. A History o f Afghanistan. Vol. II. - London: Macmillan & Co
Download 184 Kb. Pdf ko'rish
|
Afg\'oniston tarixi. Mannonov A.M, Abdullayev N.A, Rashidov R.R (1)
63 Sykes P. A History o f Afghanistan. Vol. II. - London: Macmillan & Co.
Ltd, 1 9 4 0 ,-P. 216. 64 Fy6op Мир Гулом Мухаммад. Афгонестон дар масир-е торих (Афганистан на пути истории). - М.: Наука. 1987. - С. 54. Afg‘on amirining bunday munosabatidan xafa bo‘lgan lord Kerzon rasmiy Londonga murojaat qilib, Habibullaxonga qarshi dag‘dag‘ali munosabat bilan tahdid qilishga va shu bilan afg‘on amirini tartibga keltirishga ruxsat so‘raydi. Lekin, rasmiy London ayni paytda afg‘on amiriga bunday do‘q-po‘pisa bilan munosabatda bo‘lish yaxshi oqibatlarga olib kelmasligini va bunday holat afg‘on hukmdorini Rossiya imperiyasi bilan yaqinlashtirishi mumkin- ligini bildirib, lord Kerzonga Habibullaxon bilan munosabatlami chigallashtirmaslikni buyuradi. 1899-1902-yillardagi ingliz-bur urushidagi g ‘alaba va Rossi ya imperiyasining Yaponiya bilan 1904-1905-yillardagi urushdagi mag‘lubiyati Britaniya hukumatiga Sharqdagi mustamlakachi- lik siyosatida yanada faolroq harakat qilish imkonini berdi. Shu boisdan, ingliz hukumati Afg‘onistonga ham o‘z e ’tiborini kuchaytirib, 1904-yil dekabrida Kobulga Hindistondagi Britaniya m a’muriyatida Tashqi ishlar kotibi sifatida faoliyat yuritgan L.Den boshchiligida missiya jo ‘natadi. L.Denga amir Abdurahmon bilan 1880-yilda imzolangan bitim bandlarini yanada mustahkamlash, afg‘on amirining sharqiy pushtun qabilalari bilan munosabatlariga chek qo‘yilishiga erishish, Afg‘oniston tashqi faoliyati ustidan Buyuk Britaniya nazoratini kuchaytirishga rozilik olish va shu kabi lord Kerzon tomonidan ishlab chiqilgan shartlami afg‘on amiri oldiga qo‘yish hamda shu asosda ikki tomonlama bitim imzolash majburiyati yuklangan edi. Biroq, amir Habibullaxon inglizlaming shartlarini qabul qilmaydi va aksincha, o ‘z shartlaridan iborat bitimning yangi loyihasini imzolash uchun inglizlarga taklif etadi. Habibullaxonning loyihasida inglizlarga Afg‘oniston bilan bo‘ladigan savdo aloqalarida hech qanday ustunlik berilmasligi, inglizlar nazoratidagi Peshovar shahridan Afg‘onistondagi Jalolo- bod shahriga temir yo‘l o'tkazish va Kobulda ingliz elchixonasini ochish talabi rad etilganligi o ‘z aksini topgan edi. Ingliz missiyasi amiming ushbu talablarini qabul qila olmaydi va muzokaralar boshi berk ko‘chaga kirib qoladi. Shunday vaziyatda rasmiy London agar afg‘on amirining talablari inobatga olinmasa Habibullaxon podsho Rossiyasi bilan aloqa o ‘rnatishga intilishi mumkinligidan cho‘chib, nihoyat amirning talablari bo‘yicha o ‘zaro bitim imzolanishiga ro- zilik beradilar hamda 1905-yilning 21-martida ingliz-afg‘on bitimi imzolanadi. E ’tiborlisi shundaki, mazkur bitimda Habibullaxon “Janobi Oliylari” rutbasi bilan ulug‘langan edi va buni afg‘on hukumati Britaniya hukumati tomonidan Afg'oniston mustaqilligini tan olish sifatida qarshi oladi hamda amir hukumatining katta yutug‘i sifatida baholaydi. 1906-yilda Hindistonning yangi vise-qiroli lord Minto Habibullaxonni Hindistonga taklif etadi. Habibullaxon agar mazkur tashrif chog‘ida yana ikki tomonlama bitim imzolash masalasi ko‘tarilmasagina Hindistonga borishi mumkinligini m a’lum qiladi. Inglizlar amir Habibullaxonning talabini qabul qiladilar va afg‘on hukmdori 1906-yil dekabrida Hindistonga yo‘l oladi. Habibullaxonning Hindistonga tashrifi chog'ida ingliz ma’murlari unga boshqacha yo‘llar bilan ta ’sir o‘tkazishga harakat qiladilar va afg‘on amirini bir qator zavod-fabrikalarga, ishlab chiqarish korxonalariga, harbiy lagerlarga, muzeylarga sayohat qildiradilar. Ushbu tadbirlar afg‘on amirida katta taassurot qoldiradi va u inglizlarga nisbatan fikrini biroz yumshatib, xayrixoh pozitsiyaga keladi hamda o‘z mamlakatida ham bir qator islohotlar o ‘tkazish lozimligini anglab yetadi. O lz Vataniga qaytgach, Habibullaxon bir qator o‘zgarishlar qiladi. Jumladan o‘z saroyini yevropaliklar stilida bezab, kiyinish va ovqatlanish tartiblarini ham yevropaliklarga monand ko‘rinishga olib keladi. Biroq, Afg'oniston XX asr boshida ham ishlab chiqa rish sanoati yo‘q qoloq davlat bo‘lib qolaverdi. Soliqlar pul bilan emas, mahsulot sifatida olinardi. Og‘ir sharoitga qaramay, A fg'o niston tashqi dunyodan uzilib qolgani yo‘q. Afg‘onistonda respub- likachilik harakati paydo bo‘ldi. Bu harakat tarafdorlari “Yosh afg'onlar” deb ataldi. Ular maktab-maorif, madaniyat, fan, texnika tarmoqlarini rivojlantirish g ‘oyalarini ilgari surdilar. Ular amirlik hokimiyati bilan barobar konstitutsiya ham bo‘lishini talab qildi- lar. Mahsulot solig‘ini bekor qilish, ichki boj to‘lovlarini yo‘qotish, qabilalar tengligiga erishish va ko‘p masalalarda ilg‘or qarashlami ifoda etdilar. Dunyodagi yetakchi davlatlar o‘rtasida boshlanib ketgan Birin- chi Jahon urushi Afg‘onistonga ham muayyan darajada o‘z ta’sirini o ‘tkazdi. Antanta ittifoqiga kiruvchi Buyuk Britaniya va Ros siya imperiyasi kabi davlatlar A fg‘onistonga doimiy tarzda ta’sir o‘tkazib kelgan bo‘lsalar, Uchlar ittifoqiga kiruvchi Germaniya imperiyasi ham Afg‘on davlatiga nisbatan katta qiziqish bildira boshladi. Birinchi Jahon urushiga nisbatan Afg‘onistonning tutgan mavqei bo‘yicha amir Habibullaxon yetakchiligida 1914-yilning 24-avgustida Kobulda bo‘lib o ‘tgan durbar (oliy yig‘in)da aniq pozitsiyaga kelindi va o‘sha yilning 3-oktabrida bo‘lib o ‘tgan navbatdagi durbarda ham Afg‘onistonning ushbu pozitsiyasi yana bir bor m a’lum qilindi. Yetakchi davlatlar Afg‘onistonni o ‘z tomonlarida turib urishishga yoki muayyan bir tomonni qo‘llab- quvvatlashga harchand da’vat etishmasin Afg‘oniston Birinchi Jahon urushida o‘z betarafligini e ’lon qildi. Bu borada 1915-yil boshida Afg‘onistonga Germaniya Qurol- li Kuchlari Bosh shtabi kapitani Oskar Nidermayer boshchiligida yuborilgan nemis missiyasi faoliyati alohida e ’tibomi talab qiladi. 1915-yilning yozida Hirot shahriga yetib kelgan ushbu missiya katta tantana bilan kutib olinadi va amir Habibullaxon tomonidan poytaxt Kobulga borish uchun ruxsat etilgach, o‘sha yilning avgustida Hirot shahrini tark etadi. Mazkur missiya 1915-yilning 2-oktabrida Kobulga yetib kelgan bo‘lsa ham amir Habibullaxon missiya vakillarini 26-oktabrida qabul qiladi. Missiya yetakchisi Nidermayer afg‘on amirini Germaniya tomonida turib urishishga harchand urinmasin Habibullaxon uning taklifini rad etadi va Afg‘onistonning betaraflik maqomini saqlashga intildi. 1916-yilning bahoriga kelib amir Habibullaxonni Uchlar itti- foqi tomonida turib urishishga ko‘ndirib boMmasligini tushunib yetgan nemis missiyasi Afg‘onistonni tark etishga qaror qiladi va o ‘sha yilning may oyida mazkur missiya Afg‘oniston hududini tark etdi. Germaniya missiyasining faoliyatiga inglizlar ham befarq qa- rab turgani yo‘q. Nidermayer missiyasidan xavotirga tushgan ingliz hukumati amir Habibullaxonga agar Afg‘oniston urush davomida betaraflik maqomini saqlab turadigan bo‘lsa, har yil ajratiladigan ko‘mak miqdorini oshirishni va uning hajmini 2-2,5 million rupiyga yetkazishni, urush tugagach esa ko‘mak miqdorini 5 million rupiyga yetkazishni va’da beradi. Shuningdek, inglizlar Germaniya va uning ittifoqchisi bo‘lgan Usmoniy turklar davlatini afg‘on jamoatchiligi ko‘z o ‘ngida turli yo'llar bilan obro‘sizlantirishga harakat qildilar. Urushning borishini diqqat bilan kuzatib turgan amir Habibul laxon Uchlar ittifoqining mazkur urushda g ‘alaba qozonishiga ko‘zi yetmas edi va shu boisdan betaraflik maqomini qat’iy ushlab keldi. Birinchi Jahon urushining oxirgi yillarida Britaniya Hindistonining Afg‘onistonga chegaradosh ozod qabilalar yashovchi hududlarida og‘ir vaziyat yuzaga keldi. Ayniqsa, momandlar, yusufzoylar va masudlar yashaydigan hududlar 1916-yilda qo‘zg‘olonli vaziyatda qoldi. 1916-1917-yillarda Vaziriston hududida istiqomat qiluvchi qabilalaming ingliz mustamlakachiligiga qarshi yirik qo‘zg‘oloni ro‘y berdi. Mazkur qo‘zg‘olonni katta kuch bilan bostirgan ing liz hukumati Habibullaxondan ham yordam so‘raydi va amirdan chegara hududlarini qat’iy nazorat qilishni, qo‘zg‘olon yetakchi- larini afg‘on davlati hududiga o ‘tishga yo‘l qo‘ymaslikni, qo‘lga tushgan qo‘zg‘olonchilami ingliz hukumatiga topshirishni talab qiladi. Inglizlaming mazkur talablarini bajargan Habibullaxon- ning xatti-harakatlari ozod qabilalar hududida va Afg‘onistonning o ‘zida ham katta noroziliklarga sabab bo‘ladi. Ozod qabilalar hududida va unga tutash afg‘on davlati hududida istiqomat qilib keladigan qabilalar amir Habibullaxonni sotqinlikda ayblab, otasi Abdurahmon ham inglizlaming kuchli bosimiga qaramasdan bunday siyosat yuritmaganligiga urg‘u bera boshlashdi. Bunday holat amir Habibullaxonning hokimiyatini birmuncha zaiflashtirdi. 1917-yil oxiri va 1918-yil boshida Rossiyada ro‘y bergan voqealar Birinchi Jahon urushining borishiga, shu bilan birga Afg‘onistonning keyingi taqdiriga ham bevosita ta’sir qilgan voqealar bo‘ldi. 1917-yil oxirida Rossiyada ro ‘y bergan inqilob va 1918-yilda podsho Nikolay 11(1894-1918)ning taxtdan voz kechishi hamda hokimiyatning bolsheviklar tomonidan egallanishi natijasida Rossiya Birinchi Jahon urushidan chiqdi. Shuningdek, Rossiya- ning yangi hukumati podsho hukumatining Afg‘onistonga nisbatan yuritib kelgan siyosatidan voz kechdi va Afg‘onistonni mustaqil davlat sifatida tan olib, u bilan o ‘zaro do‘stona munosabatlar yuritajagini e ’lon qildi. 1918-yil iyulida sovet hukumati Afg‘onistonni Buyuk Bri taniya ta’siridan batamom xalos etish uchun ozodlik haraka ti sodir etishga undaydi, biroq amir Habibullaxon bunga yo‘l qo‘ymaydi. Chunki u Angliya bilan yaqinlashish tarafdori boigan. Habibullaxon ingliz hukumatidan cho‘chigani bois, bolsheviklar Rossiyasi bilan munosabatlarga kirishishga shoshilmadi. Bu vaqt da Afg‘onistonning o ‘zida ham bir qator muammolar yetilib qolgan edi. Birinchi Jahon urushining oxirlarida mamlakatda og‘ir iqti- sodiy-ijtimoiy vaziyat saqlanib qoldi. Afg‘onistonning butun iqti- sodi Britaniya manfaatlariga bo‘ysundirilgan bo‘lib, ingliz va hind savdogarlari afg‘on tashqi va ichki bozorini egallab olishgan edi. Tantana va dabdabaga, ayshu-ishratga hamda ov marosimlarini uyushtirishga haddan ziyod berilib ketgan Habibullaxon davlat ishlariga ham beparvolik bilan munosabatda b o ia r edi. 1918-yilning yozida hatto, amir Habibullaxonga qarshi suiqasd ham uyushtirildi. Ammo, mazkur suiqasd ishtirokchilarining kimligi noma’lumligicha qoldi. Ana shunday vaziyatda, ya’ni 1919-yilning 20- fevralida Habibullaxon Jalolobod shahri atrofida ov marosimini uyush- tirib yurgan chog‘da amirga nisbatan navbatdagi suiqasd uyushtirildi va natijada Habibullaxon o‘ldirildi. Bu vaqtda Habibullaxonning birinchi o‘g‘li Inoyatullaxon hamda Habibullaxonning ukasi Nasrullaxon ham Jalolobod shahrida edilar. Inoyatullaxonning taxtga bo‘lgan da’vosidan tezlik bilan voz kechishga ko‘ndirgan amakisi Nasrullaxon 1919-yilning 21-fevralida Jalolobodda Afg‘oniston amiri deb e ’lon qilinadi. Lekin, Habibullaxonning uchinchi o‘g ‘li Omonullaxon o ‘sha paytda Kobul shahrida bo‘lib, otasi uni o ‘z o ‘rniga noib sifatida qoldirib ketgan edi. Otasining o'limi haqida xabar kelishi bilanoq Omonullaxon darrov davlat boshqaruvi ishlarini o ‘z nazoratiga oladi va 1919-yilning 21-fevralida Kobulda Afg‘oniston amiri deb e ’lon qilinadi. Omonullaxon otasining o ‘limi ishtirokchilarini albatta, topib jazolashini, mamlakatda keng ko‘lamli islohotlar o‘tkazishini, jumladan, armiyada xizmat qilayotgan askarlaming oylik maoshlari oshirilishini, chet elliklarning Afg‘onistondagi boshboshdoqliklariga chek qo‘yilib, mamlakat mustaqilligini e ’lon qilajagini m a’lum qiladi. Omonullaxonning ushbu xatti-harakatlari butun mamlakatga tarqaladi va Afg‘onistonning turli burchaklarida oddiy xalq va mahalliy hokimlar uni qo‘llab-quvvatlashlarini m a’ lum qiladilar. Omonullaxonning ta’siri Jalolobod shahriga ham ye tib keladi va o‘zining taxt uchun bo‘lgan intilishi foydasiz ekanligini anglagan Nasrullaxon 1919-yilning 27-fevralida Kobulga kelib ji- yani Omonullaxonga taslim bo‘ladi vau qamoqqa olinadi. Shu tariqa Afg‘oniston taxtini Habibullaxonning uchinchi o ‘g‘li Omonullaxon (1919-1929) egalladi va 1919-yilning 28-fevralida Kobulda uning rasmiy taxtga o ‘tirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Taxt o‘tirishi bilanoq Omonullaxon Afg‘onistonning to‘la darajada mustaqillikka erishi- shi va buni xalqaro darajada e ’lon qilish harakatiga tushadi. Buni uning davlat boshqaruvi bo‘yicha chiqargan dastlabki manifestidan ham ko‘rish mumkin. Ushbu manifestda jumladan shunday deyiladi: - Afg‘oniston ozod va mustaqil davlat bo‘lmog‘i va barcha su- veren davlatlar egalik qiladigan huquqlardan foydalanmog‘i lozim; - afg‘on xalqi ozod bo‘lmog‘i va hech bir fuqaroga nisbatan zolimlik va majburlov choralari o‘tkazilishiga yo‘l qo‘yilmaydi; - davlat tomonidan o‘tkazib kelingan turli majburiyatlar, shu jumladan “begor” majburiyati bekor qilinadi va h.k. 1919-yil 3-mart kuni Omonullaxon Hindiston vise-qiroli lord Chelmsfordga o‘zining taxtga o‘tirganligi va ingliz-afg‘on munosabatlarini qayta ko‘rib chiqish orqali Afg‘onistonning to‘la mustaqillikka erishishi istagi borligini ma’lum qilib xat yo‘llaydi. Biroq, ingliz hukumati Omonullaxonga ilgarigi afg‘on hukmdorlari bilan imzolangan bitimlarga amal qilishini bildirib javob beradi. 1919-yil 27-martda Afg‘onistonni to‘laqonli mustaqil davlat sifatida birinchi bo‘lib Sovet Rossiyasi tan oladi. Omonullaxon ham o‘zining o‘sha yil 7-apreldagi javob xatida Rossiyaning yan- gi hukumati bilan teng va do‘stona munosabatlar olib borishdan mamnunligini bildiradi. 1919-yil 13-aprelda Kobulda bo‘lib o‘tgan yirik durbarda Afg‘oniston to‘laqonli mustaqil davlat deb e’lon qilinadi. Mazkur yig‘ilishda ishtirok etgan barcha afg‘on qabilalari, shu jumladan ozod qabilalar hududi va chegarabo‘yi hududlarida istiqomat qiluvchi afg'on qabilalari ham Omonullaxonni o‘z rahnamolari sifatida tan olib, inglizlar hokimiyatiga barham berish istagini bildiradilar. Afg‘on hukumati o‘z navbatida barcha afg‘on qabilalarini mazkur xatti-harakatlarini qo‘llab-quvvatlab, ulaming bo‘lg‘usi jangdagi faoliyatini muvofiqlashtirib borishini ma’lum qilib, ularga qurol-yarog‘ yetkazib beradi. Afg‘on mentalitetidagi ustuvor jihat, shubhasiz, erk va hurriyatga bo‘lgan intilishdir. Buni XIX asr va XX asr boshlarida afg‘on xalqining ingliz mustamlakachilariga qarshi olib borgan mil- liy ozodlik kurashi misolida ham ko‘rish mumkin. Birinchi afg‘on- ingliz urushida (1838-1842) inglizlaming 16 minglik qo‘shini batamom qirib tashlagan afg‘on xalqi 1880-yilda Mayvandda bo‘lib o‘tgan mahorabada ham inglizlami ikkinchi marta yakson qilgan. Inglizlar bunday sharmandali magMubiyatlami, tabiiyki unutishmagan edi. Ana shunday keskin vaziyatda 1919-yilda Angliya uchinchi marta Afg‘onistonga urush boshladi. Shu tariqa uchinchi ingliz- afg‘on urushi (1919-yil 3-may - 8-avgust) boshlanadi. Bu urush- ning kelib chiqishiga asosiy sabab inglizlaming Janubiy-g‘arbiy chegara viloyatlaridan Afg‘oniston tomonga qilgan hujumlari va ushbu bosqinchilik harakatlari bilan birga “Dyurand chizig‘i”dagi hal etilmay kelinayotgan muammolar edi. Qabilalar va millatlararo ziddiyatlarga qaramay, Afg‘oniston xalqi ajnabiy bosqinchilarga qarshi yagona bayroq ostida birlashdi. 340 minglik ingliz-hind qo‘shinlariga qarshi 60 minglik afg‘on armiyasi hamda afg‘on qabilalarining 200 ming nafardan ziyod ko‘ngilli lashkari munosib qarshilik ko‘rsata oldi. Uch oy davom etgan mazkur urushda ing- lizlar havo zarbalarida qo‘li baland kelsa-da, Britaniya Hindistoni hududidagi afg‘on qabilalari tomonidan boshlangan milliy-ozodlik harakatlari inglizlaming afg‘on amiri bilan kelishuv olib borishi- ga majbur qildi. Natijada 1919-yil 8-avgustda Afg‘oniston amiri Omonullaxon va Britaniya Hindiston vise-qiroli lord Chelmsford Ravilpindida uchrashadi va Buyuk Britaniya hukumati Afg‘oniston suverenitetini tan olishga majbur bo‘ldi. 1919-yil afg‘on amiri Omonullaxon Afg'onistonning to‘liq mustaqilligini e’lon qildi. Shu vaqtdan buyon Afg‘oniston o‘z ichki va tashqi siyosatini to‘liq mus- taqil davlat sifatida yuritib kelmoqda. XX asr 20-yillaridan boshlab Buyuk Britaniya hukumati Afg‘onistonga bo‘lgan da’vosining birmuncha pasayishiga Ros- siyada ro‘y bergan inqilob va podsho hukumatining inqirozi ham muayyan darajada sabab bo‘ldi. Chunki, butun XIX asr davomida va XX asr boshida ham ingliz hukumati Hindiston uchun Rossi- ya imperiyasidan xavfsirab keldi. Rossiyadagi inqilob natijasida hokimiyatga kelgan sovetlarga esa Britaniya hukumati jiddiy raqib sifatida qaramas, shuningdek, Rossiyada boshlangan ichki nizolar hamda Rossiya imperiyasining 0 ‘rta Osiyodagi mustamlakalaridagi milliy ozodlik harakatlari inglizlarga birmuncha tasalli berar edi. Shu bilan birga, Rossiyada hokimiyatni qo‘lga kiritgan sovetlar Rossiya imperiyasining mustamlakachilik siyosatidan butkul voz kechganliklari hamda barcha Sharq xalqlariga ozodlik va’da qilganliklari ingliz hukumati uchun o‘ziga xos bufer davlat bo‘lib kelgan Afg'onistonning ahamiyatini pasaytirib yubordi. Yuqoridagi voqea va sabablar bois, ingliz hukumati Afg‘onistonga nisbatan o‘z siyosatini o‘zgartirishga majbur bo‘ldi. Afg‘oniston o ‘z mustaqilligiga erishgan bo‘lsa ham, Buyuk Britaniyaning Hindistondagi mavqei kuchli bo‘lib, ingliz mustamlakachilari hali ham afg‘on davlati suverenitetiga daxl qi lish niyatidan qaytmagan edilar. Buni 1921-yilning 7-yanvarida Kobulga jo ‘natilgan G.Dobbs yetakchiligidagi missiya faoliyati- dan ham ko‘rish mumkin. Mazkur missiyaning asosiy vazifalaridan biri Afg‘onistonning yangi sovet davlati bilan yaqinlashishini oldini olish boMib, inglizlar amir Omonullaxonga katta miqdorda moddiy va qurol-aslaha yuzasidan ko‘mak berishga va’da beradilar. Shunga qaramasdan, Omonullaxon 1921-yilning 28-fevralida sovet davlati bilan do‘stlik bitimini imzoladi. 1921-yil 22-iyunda esa Afg‘oniston va Eron o‘rtasida do‘stlik va o ‘zaro betaraflik to ‘g‘risida bitim imzolandi65. Inglizlar afg‘on amirini birmuncha yon berishga hamda o‘zlari uchun foydali bitim tuzishga urinmasin Omonullaxon inglizlarga yon bermadi. Natijada uzoq muzokaralardan so‘ng 1921-yil 22-noyabrda ingliz-afg‘on shartnomasi imzolandi. Unda Afg‘o- nistonning to‘la suvereniteti inglizlar tomonidan tan olingan boMib, “Dyurand chizig‘i” ikki tomon o'rtasidagi chegara sifatida qabul qilindi. Shuningdek, ikki davlat o ‘rtasida diplomatik munosabatlar ham yo‘lga qo‘yildi va Londonda Afg‘onistonning Buyuk Britaniya- dagi elchixonasi ochildi. 1923-yilda Buyuk Britaniya va Afg‘oniston o ‘rtasida o ‘zaro manfaatlisavdobitimihamimzolandi.Shutariqa,Afg‘onistono‘zining ikki qo'shnisi bo‘lgan kuchli davlatlar bilan ham munosabatlami o ‘zaro tenglik asosida olib borilishiga erishgan Osiyodagi yagona davlatga aylandi. Tashqi siyosatda katta muvaffaqiyatga erishgan amir Omonullaxon o ‘z e ’tiborini mamlakat ichida yuzaga kelgan bir qator o'tkir muammolaming yechimiga qaratdi. Afg‘onistonda barcha sohalarda keng koMamli islohotlar o‘tkazishni istagan Download 184 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling