Qo‘zg‘olon rahbarlari qo‘lga olinib, Kobulga olib kelindi va sud-
ning qaroriga ko‘ra o ‘lim jazosiga hukm qilindi. 1926-yilda amir
Omonullaxon A fg‘onistonni dunyodagi mustaqil davlatlar bilan teng
darajada b o ‘lishini
hamda dunyodagi, xususan Yevropa davlatlari
hukmdorlari unga teng munosabatda b o ‘lishlarini istab, o ‘ziga
“podshoh” (“qirol”) rutbasini oladi. Bu tadbir ostida shubhasiz,
Omonullaxon o‘zini dunyodagi yetakchi
davlatlar rahbarlari bilan
teng ekanligini namoyon qilish yotganligini anglash mumkin.
Omonullaxon
tomonidan
A fg‘onistonda
keng
ko‘lamli
islohotlami amalga oshirish va mamlakatni rivojlangan davlatlar
qatoriga olib chiqish istagiga amiming 1927-yilning dekabridan
1928-yil iyulga qadar Yevropa mamlakatlariga qilgan rasmiy safarlari
ham katta ta ’sir o ‘tkazdi. Ushbu safar
Britaniya Hindistonidan
boshlanib, Suvaysh kanali orqali Yevropaga o ‘tishi rejalashtirildi.
Omonullaxon Yevropaga safari yo‘lida Misrga to ‘xtab o ‘tdi. Misr
xalqi uni “haqiqatda mustaqil bo ‘lgan musulmon mamlakatining
hukmdori” sifatida olqishlab kutib oldi. Misr parlamentida
so‘zlagan nutqida Omonullaxon “ozodlik
taqdim etilmaydi, balki
qat’iy kurashlarda qo‘lga kiritiladi”, degan fikmi bildirdi68.
1928-yil yanvar oyida Rimga kelgan Omonullaxon Italiya qi-
roli Viktor Emmanuil III (1900-1946)
va Italiya hukumati rahbari
Benito Mussolini (1923-1945) bilan uchrashdi. 1928-yil fevralda
Parijga kelgan Afg‘oniston hukmdorini Fransiya Respublikasi Pre-
zidenti Gaston Dumerg kutib oldi. Fransiyadan so‘ng Omonullaxon
Germaniyaga safar qildi va mamlakat Prezidenti fon Gindenburg
bilan uchrashdi. Nihoyat, 1928-yil
martida Omonullaxon Buyuk
Britaniyaga yetib keldi va uni ingliz qiroli Georg V (1917-1936)
kutib oldi. Kutib olish chog‘ida Georg V Omonullaxonga nisbatan
“Janobi Oliylari” deya murojaat qildi va bu Omonullaxonning bobo-
si Abdurahmon va otasi Habibullaxon istagan eng yuksak orzu edi.
1928-yilning may oyida A fg‘oniston hukmdori Moskvaga
yetib keladi va Sovet davlati rahbariyati bilan muzokaralar olib
Do'stlaringiz bilan baham: