eksport hajmi 734 mln. afg‘oniyga, import esa 627 mln. afg‘oniyga
yetdi72. Savdo hajmining oshishi va eksport-importdagi ijobiy
balansga erishilgan bo‘lsa ham mamlakat
iqtisodiyoti hali nochor
ahvolda qolmoqda edi. Bunday holatga barham berish maqsadida
hukumat 1932-1938-yillarga m o‘ljallangan umumiy rivojlanish
dasturini qabul qilgan bo ‘lsa, 1938-yilda yana shunga o ‘xshash yetti
yilga m o‘ljallangan dastumi qabul qildi.
XX asr 30-40-yillari davomida Afg'onistonda madaniyat, ilm-
fan, san’at va sport ham muayyan darajada rivoj topdi.
Bu davrda
Kobuldagi “Najot” va “Istiqlol” nomli litseylarda havaskor teatr
guruhlari faoliyat olib bordi. XX asr 20-yillari davomida ish olib
borgan teatr faoliyatini qayta yo‘lga qo'yish bo'yicha
birmuncha
sa’y-harakatlar amalga oshirildi. 1937-yilda Hirot, Mozori Sharif va
Qandahorda teatrlar faoliyati yo'lga qo‘yildi. 1941-yildan Kobulda
professional teatr faoliyat yurita boshladi. XX asr 30-yillari birin
chi yarmida Kobul, Hirot, G'azna, Mozori Sharif va Qandahorda
muzeylar ochildi. Kobul
milliy muzeyida Ellinistik, Buddizm va
G ‘aznaviylar davrlariga oid bir qator boy arxeologik va etnografik
eksponatlar mavjud bo ‘lib, ulaming aksariyati mamlakatda
1922-yildan qazish va tadqiqot ishlarini
olib borgan fransuz
ekspeditsiyasi faoliyati natijasida topilgan edi. Shuningdek, Kobul
milliy muzeyida turli davrlarga oid 40 ming donadan ko‘p
tanga
pullaming o‘ziga xos kolleksiyasi jamlangan edi.
Afg'oniston ilm-fani rivoji yo‘lida Kobul Universitetiga asos
solinishi muhim qadam bo‘ldi. 1938-yilda siyosiy va huquqiy
bilimlar bo ‘limlari, 1941-yilda fizika,
matematika, kimyo, bio-
logiya va geologiya kafedralaridan iborat tabiiy fanlar fakulteti va
1944-yilda adabiyot fakultetlari ochildi, 1946-yilda
ushbu ilm-fan
maskanlari birlashtirilib, Kobul Universitetiga asos solindi.
Mamlakatda ommaviy kutubxonalar ham faoliyat yuritdi. XX
asr 30-40-yillarida “Habibiya” litseyi kutubxonasidan tashqari yana
1920-yilda asos solingan ta ’lim vazirligi kutubxonasi (fors, arab, ms,
Do'stlaringiz bilan baham: