A. M. Mannonov n. A. Abdullayev r. R. Rashidov


  Ghobar, Mir Gholam Mohammad. Afghanistan in the Course


Download 184 Kb.
Pdf ko'rish
bet56/124
Sana15.11.2023
Hajmi184 Kb.
#1777363
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   124
Bog'liq
Afg\'oniston tarixi. Mannonov A.M, Abdullayev N.A, Rashidov R.R (1)

73 
Ghobar, Mir Gholam Mohammad. Afghanistan in the Course 
o f 
History. 
Volume II. - Alexandria (USA): HashmatK. Gobar, 2001. - P. 175.


hukumatning bu boradagi sust faoliyati mamlakatda turli muxolif 
harakatlar hamda guruhlaming yuzaga kelishiga zamin yaratdi.
1947-yilda ana shunday harakatlardan biri “Vish zalmiyon” 
(Uyg‘onayotgan yoshlar) paydo b o ‘ldi. Uning tarkibiga asosan 
pushtun millatiga mansub savdo-sanoat sohasi vakillari, kichik 
lavozimdagi davlat xizmatchilari hamda ziyoli qatlam vakillari 
kirishdi. Jumladan, harakat yetakchisi qandahorlik Muhammad 
Rasul Pushtun bo ‘Isa, kichik amaldor Nur Muhammad Tarakiy, 
shoir Abdurrauf Benavo, tarixchi Abdulhay Habibiy, shoir Gul 
Pacha Ulfat kabilar harakat a ’zolari edilar.
1948-yil oxirida mamlakat vakillik organlariga bo ‘lib o‘tgan 
saylovlarda “Vish zalmiyon” harakati a ’zolaridan bir necha nafari 
deputat bo ‘lib saylanishga muvaffaq b o ‘ldi va ulaming sa’y-harakati 
bilan 1951-yilda so‘z va matbuot erkinligini ta’minlash, shaxsiy 
gazeta va jum allam i nashr etish uchun huquqiy asos bo ‘ladigan 
“Matbuot haqida” yangi qonun qabul qilindi.
Mazkur harakat mamlakat yoshlarini umumiy taraqqiyot 
yo‘lida birlashtirish yo‘lida keng ko‘lamli faoliyat olib bordi. 
Natijada 1950-yilda mamlakat oliy o‘quv yurtlarida tahsil olayotgan 
talabalami birlashtiruvchi talabalar ittifoqi yuzaga keldi.
Ushbu davrda Afg‘onistonda vujudga kelgan yana bir ijtimoiy- 
siyosiy harakat sifatida “Vatan” tashkilotini ko‘rsatib o ‘tish mumkin.
1951-yilda tashkil etilgan ushbu tashkilot o ‘z oldiga nisbatan keng 
ko‘lamdagi siyosiy, iqtisodiy-ijtimoiy masalalami hal etish y o ‘lida 
kurashishni qo‘ygan edi. “Vatan” tashkiloti saflarida turli qatlam 
vakillari bor edi. Jumladan, mashhur afg‘on tarixchisi M ir G‘ulom 
Muhammad G ‘o ‘bor tashkilot rahbari va g ‘oyaviy yetakchisi bo ‘Isa, 
davlat xizmatchisi Mir Muhammad Siddiq Farhang, ziyoli Ahmad 
AH Ko‘hzod, Kobul universiteti o‘qituvchisi Famx Ettemodiy, shoir 
Sarvar Jo‘yo, yozuvchilar Ali Ahmad Naimiy va Abduhalim Atefiy 
kabilar tashkilot a’zolari edi74.
Afg‘onistondagi ijtimoiy-siyosiy harakatlaming faollashuvi 
mamlakat hukmron tabaqalarini ham befarq qoldirmas edi.

Download 184 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   124




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling