A. M. Mannonov n. A. Abdullayev r. R. Rashidov
Gregorian Vartan. The Emergence o f Modem Afghanistan. - Stanford
Download 184 Kb. Pdf ko'rish
|
Afg\'oniston tarixi. Mannonov A.M, Abdullayev N.A, Rashidov R.R (1)
72
Gregorian Vartan. The Emergence o f Modem Afghanistan. - Stanford (California): Stanford University Press, 1969. - P. 369. ingliz va turk tillaridagi 10 ming nafar nashrga ega) va 1931-yilda ochilgan matbuot departamenti kutubxonasi (fors, arab va pushtu tillaridagi 300 nafardan ortiq qo‘lyozma va 20 ming nafar nashrga ega) faoliyat ko'rsatdi. Shu bilan birga, Kobul Universitetida ham yirik kutubxona faoliyati yo‘lga qo‘yildi. XX asr 30-40-yillarida A fg‘onistonda sport bilan ommaviy ravishda shug‘ullanish boshlandi va sportning bir necha turlari bo‘yicha mashg‘ulotlar olib boradigan klub va to ‘garaklar ish boshladi. Afg‘oniston Milliy Olimpiya qo‘mitasiga asos solindi. Mamlakat sportchilari 1936-yilda Berlinda bo ‘lib o‘tgan Olimpiya o ‘yinlarida va boshqa bir qator xalqaro tumirlarda ishtirok etishdi. Ikkinchi Jahon urushi boshlanishi arafasida A fg‘oniston nisbatan tinch ravishda o ‘z rivojlanish yo‘lida davom etar edi. Yetakchi davlatlar o ‘rtasidagi kelishmovchiliklar oqibatida yana bir umumjahon urushi kelib chiqishi mumkinligini muayyan darajada anglagan afg‘on hukumati o ‘z armiyasini takomillashtirish va mustahkamlash y o ‘lidan bordi. XX asr 30-yillari davomida afg‘on armiyasi Germaniya, Italiya, Buyuk Britaniya va Chexoslavakiyada ishlab chiqarilgan harbiy texnika hamda qurol-aslaha bilan ta’minlandi. Afg‘on armiyasi tarkibida Harbiy Havo Kuchlari, tank qo‘shilmasi, transport bo‘linmalari va front orti zaxira faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tuzilmalar tashkil etildi. Bir necha marta harbiy o‘quv mashqlari o‘tkazildi. Afg‘on armiyasida asosan turk harbiy instruktorlari xizmatidan foydalanilib kelingan b o ‘ Isa, 1939-yildan boshlab nemis hamda italyan harbiylari va maslahatchilari ham afg‘on armiyasida faoliyat ko‘rsata boshladilar. Afg‘on harbiy zobitlari Turkiya, Sovet Ittifoqi, Hindiston, Italiya va Yaponiya kabi mamlakatlarga malaka oshirishga jo ‘natilar edi. 1934-yilda afg‘on armiyasi soni 70 ming nafar askar va zobitdan iborat bo‘lgan bo‘lsa, 1936-yilda bu miqdor 80 ming nafarga va 1941-yilda 90 ming nafarga yetdi. XX asming 30-yillari oxiri va 40-yillari boshida afg‘on hukumati o‘z budjetining 50 %i va undan ham ko‘prog‘ini harbiy sohaga sarfladi. 1937-yilda Afg‘oniston Eron, Turkiya va Iraq kabi davlatlar a ’zo b o ‘lgan Saadobod paktiga qo‘shildi. Afg‘oniston a’zo bo‘lgan ilk xalqaro tashkilot hisoblanmish ushbu tuzilmada yetakchi rolni Buyuk Britaniya o ‘ynadi. A’zo davlatlar bir-birlarining ichki ishlariga aralashmaslik, umumiy chegaralaming daxlsizligini ta ’minlash kabi shartlarga rioya etishga kelishib oldilar. Buyuk Britaniyaning ushbu tuzilmani tashkil etishdan maqsadi Germaniya va Italiya kabi fashistik davlatlaming Yaqin va Sharqqa suqilib kirishini oldini olish edi. XX asr 30-yillari ikkinchi yarmidan boshlab Gitler yetakchiligidagi Germaniya Afg ‘ onistonga juda katta qiziqish bildira boshladi. Bu b o ‘lajak urushda Germaniya raqiblari hisoblanmish Buyuk Britaniya va Sovet Ittifoqiga afg‘on zaminining bevosita chegaradoshligi bilan izohlanadi. 1937-yil noyabrida Germaniyaning “Lyuftganza” aviakom- paniyasi Berlin va Kobul o ‘rtasida doimiy havo qatnovini yo‘lga qo‘ydi. Shu yili Afg‘onistonda qazilma boyliklarini qidirib topish va qazib olish bilan shug‘ullanuvchi “Afghanistan Mines Ltd.” nomi bilan ataluvchi afg‘on-nemis kompaniyasi tashkil etildi. Shu ningdek, ko ‘plab nemis mutaxassislari Afg‘onistonda yo‘l qurili- shi, gidroenergetika, ko‘mir qazib chiqarish kabi sohalarda faoliyat yurita boshladilar. 1939-yil avgustida Afg‘oniston va Germaniya o ‘rtasida muhim ahamiyatga ega b o ‘lgan savdo-moliyaviy kelishuv imzolandi. Unga ko ‘ra, afg‘on tomoni gidro elektr stansiyalari va paxta xom ashyosini qayta ishlovchi zavodlar uchun zamonaviy asbob- uskunalami uzoq muddatli imtiyozli kredit asosida oldi. Buyuk Britaniya, Sovet Ittifoqi, AQSH va Fransiya kabi davlatlaming Afg‘oniston bilan hamkorlik qilishni, afg‘on iqtisodiyotining rivoji uchun ko‘maklashishni istamasligi jarayonida Germaniyaning siyo siy maqsadlami ko‘zlab, hech qanday kafolatsiz afg‘on hukumatiga yirik kredit ajratishi o ‘ziga xos tavakkalchilik edi. A fg‘on hukumati nemis tomonining bunday faolligini ingliz va ruslar kabi afg‘on zaminini mustamlakaga aylantirish maqsadida emas, balki A fg‘onistonni sanoatlashtirish va zamonaviylashtirish yo‘lida ko‘maklashish, deya talqin etdi. Urush arafasida nemis mutaxassislarining Afg‘onistondagi faoliyat doirasi kengaydi. Jumladan, nemislar afg‘on politsiya xodimlarini tayyorlash va malakasini oshirishda, pochta, telefon va telegraf hamda bank sohalarida keng faoliyat olib borar edilar. Shuningdek, ne mis mutaxassislari afg‘on yoshlariga ta’lim berish yo‘nalishida ham samarali ish olib bordilar. Shu tariqa, Ikkinchi Jahon urushi boshida A fg‘onistonda ko‘p sonli nemis ekspert-mutaxassislari, muhandislari va o‘qituvchilari faoliyat yuritishar edi. Ikkinchi Jahon urushi arafasida Afg'oniston o ‘z mavqeidan kelib chiqqan holda neytralitet e ’lon qilishni m a’qul ko‘rdi va urush boshlanishi bilanoq, y a’ni 1939-yil 3-sentabrda Afg'oniston ushbu urushda o ‘z betarafligini e ’lon qildi. Shu munosabat bilan Afg'oniston qirg‘inbarot urushga tortilmadi. Ikkinchi Jahon urushi yillarida Germaniya va Buyuk Britaniya o ‘z milliy manfaatlarini ko'zlagan holda A fg‘onistonni 1939- yil 3-sentabrda e ’lon qilingan neytralitet to‘g ‘risidagi siyosatidan voz kechishga undadi. Biroq rasmiy Kobul betaraflik to ‘g ‘risidagi mavjud shartnomani o‘zgartirmasligini m a’lum qildi. 0 ‘z navbatida mazkur holat Sovet Ittifoqi va Afg‘oniston munosabatlarida ijobiy qarashlar saqlanib qolishiga asos bo‘lib xizmat qildi. Germaniya Afg‘onistondan Britaniya Hindistoniga bostirib kirish uchun qulay plasdarm sifatida foydalanishga urinib ko‘rdi. Afg‘on hukumati nemislaming bunday rejasini qo'llab- quvvatlamaganligi bois (chunki bosh vazir M.Hoshimxon inglizparast edi) Germaniya hatto, Kobulda hokimiyatni o ‘zgartirish va sobiq hukmdor Omonullaxonni yana taxtga qaytarish taraddudi- ga ham tushib qoldi. Biroq, Germaniyadagi b a’zi kuchlar hokimi yatni almashtirish emas, balki afg‘on bosh vaziriga bosim o ‘tkazish yo'li bilan o‘z rejalarini amalga oshirishni m a’qul ko‘rdilar. 1940-yil bahorida Kobuldagi nemis elchisi afg'on bosh vaziriga Germaniya yaqin orada Buyuk Britaniyani to ‘la m ag‘lubiyatga uchratishi va Londonni egallashi to‘g‘risida maxfiy ma’lumotni yetkazdi. Nemis tomoni agar Buyuk Britaniya m ag‘lubiyatga uchraydigan bo‘Isa, afg‘on davlatining Durroniy lar davridagi tari- xiy chegaralari qayta tiklanishiga, y a’ni Belujiston, Kashmir, G ‘ar- biy Panjob va Sind o ‘lkasi (Karachi porti bilan birga) A fg‘oniston tarkibiga qo‘shib berilishiga va’da berdi. 1940-yil yozida Germaniyaning G'arbiy Yevropadagi muvaf- faqiyatli harbiy harakatlari va Angliyani bombardimon qilishi natijasida afg‘on siyosiy elitasining b a’zi vakillari, xususan Zo- hirshohning amakisi va harbiy vazir Shoh Mahmud, qirolning amakivachchasi Muhammad Dovud va uning ukasi Naimxon hamda iqtisodiyot vaziri Abdulmajid kabi shaxslar qirolga A fg‘onistonning neytralitet maqomini bekor qilishni va Germaniyani faol qo‘llab- quw atlashni maslahat berdilar. A fg‘onistonni o ‘z tomoniga og‘dirishni ahd qilgan nemislarga javoban afg‘on hukumati agar inglizlar tomonidan bosib olingan tarixiy afg‘on yerlari qaytarilsa va mamlakat dengizga chi- qish imkoniyatiga ega bo ‘lsa, shuningdek, Sovet Ittifoqi afg‘on zaminining yaxlitligiga kafolat bersa A fg‘oniston Germaniya yetakchilik qilayotgan ittifoqqa qo‘shilishi hamda ozod qabilalar hududi va Vaziristonda afg‘on qabilalarining qo‘zg‘olonini uyushti- rishi mumkinligini m a’lum qildi. 1941-yil iyunida Germaniyaning Sovet Ittifoqiga nisbatan hu- jum i natijasida vujudga kelgan sovet-britan ittifoqi Afg‘onistondan Gitler Germaniyasini qo‘llab-quvvatlamaslikni va barcha ne- mis agentlari hamda razvedkachilarini afg‘on zaminidan zudlik bilan chiqarib yuborishni talab qildi. Bunday talabning jiddiyli- gini qo‘shni Erondagi voqealar ham ko‘rsatib berdi. Ya’ni, Buyuk Britaniya va Sovet Ittifoqi hukumatlari Eron shohi Rizoshoh Pahlaviydan ham Germaniyani qo‘llab-quvvatlamaslikni hamda barcha nemis agentlari va razvedkachilarini Erondan zudlik bilan chiqarib yuborishni talab qilgan edi. Biroq, Rizoshoh tomonidan antigitler koalitsiyasiga a’zo ushbu davlatlar talabining rad etili- shi Sovet Ittifoqi Eronning shimoliy qismini, Buyuk Britaniya esa Eronning janubiy qismini okkupatsiya qilishiga olib keldi. Erondagi voqealardan xavotirga tushgan afg‘on hukumati 1941-yilning noyabrida Buyuk Britaniya va Sovet Ittifoqi hukumatlariga o‘zining 1939-yilda e’lon qilingan neytralitet maqomiga qat’iy amal qilishini yana bir bor m a’lum qildi. Ik kinchi Jahon urushi Afg‘onistonning iqtisodiy holatiga salbiy ta’sir qildi. Garchi, Afg‘oniston urushga tortilmagan bo‘lsa-da, mamlakatning Yevropa va Osiyo mamlakatlari bilan o ‘matilgan savdo munosabatlariga putur yetdi hamda mamlakat daromadi kes kin kamayib ketdi. A fg‘onistonga muhim iste’mol tovarlari olib kirilishining keskin cheklanishi natijasida mamlakatda narx-navo bir necha barobarga oshdi va urushning boshi (1939-yil)dan to urush- ning oxiri (1945-yil)gacha narx-navo yetti barobarga qimmatlashdi. Afg‘on mahsulotlari eksportining cheklanishi bilan bir qatorda chet el mahsulotlari importining kamayishi bojxona va boshqa tushumlaming ham qisqarishiga olib keldi. Mamlakatdagi moli- yaviy nochorlik milliy pul birligi - afg‘oniyning qadrsizlanishini yuzaga keltirdi va urushning dastlabki yillarida inflyatsiya yil lik o ‘rtacha 20%ni tashkil etib turgan b o ‘lsa, urush oxirida uning miqdori yillik 300%gacha ko ‘tarilib ketdi. 1944-1945-yillarda Afg‘onistonda ichki siyosiy vaziyat birmuncha keskinlashdi. Bir tomondan hukumatning soliq siyosatidan norozi bo‘lgan b a’zi pushtun qabilalari qurolli qo‘zg‘olon ko‘tarishgan bo ‘lsa, ikkinchi tomondan hukumat ba’zi isyonchi qabilalami qurolsizlantirishga intildi hamda barcha qabilalar uchun umumiy harbiy majburiyat qat’iy belgilab qo‘yildi. Bunday holat erksevar afg‘on qabilalari noroziligiga sabab bo‘ldi. 1944-yil aprelida Xost atroflarida istiqomat qiluvchi jadran qabilalari qo‘zg‘oloni boshlandi va hukumat qo‘shinlarining zud- lik bilan harakati natijasida o‘sha yilning iyunida ushbu qo‘zg‘olon bostirildi. 1945-yil mayida Paktiya viloyatida istiqomat qiluvchi mangal qabilasi, iyun oyida esa Sharqiy hududlarda yashovchi afg‘ on qabilalari qo‘zg‘oloni ro ‘y berdi. Hukumat mazkur qo‘zg‘olonlami bostirish uchun keskin chora-tadbirlar ko‘rishga majbur bo‘ldi va o‘sha yilning noyabriga kelib bu qo‘zg‘olonlar bostirildi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling