A. M. Mannonov n. A. Abdullayev r. R. Rashidov
Fraser-Tytler, W.K. Afghanistan: A Study o f Political Development in
Download 184 Kb. Pdf ko'rish
|
Afg\'oniston tarixi. Mannonov A.M, Abdullayev N.A, Rashidov R.R (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- AFG‘ONISTONDA MUHAMMADZOYLAR HUKMRONLIGI
68
Fraser-Tytler, W.K. Afghanistan: A Study o f Political Development in Central and Southern Asia. - London: Oxford University Press, 1953. - P. 208. boradi. Shundan so‘ng Turkiyaga yo‘l olgan Omonullaxon Prezi- dent Mustafo Kamol bilan uchrashdi. Ushbu uchrashuv mustaqil ravishda rivojlanish tomon qadam tashlayotgan ikki musulmon davlati rahbarlarining uchrashuvi edi. 1928-yilning iyunida Eronga kelgan Omonullaxon Rizoshoh Pahlaviy bilan uchrashdi va o‘zaro muzokaralar olib bordi. 0 ‘sha yil iyulda Erondan o ‘z Vataniga kelgan Omonullaxonning taassurotlari juda ko‘p edi. Omonullaxon Yevropa davlatlaridagi safarlari chog‘ida ko‘plab sanoat korxonalari, ko ‘rgazmalar, harbiy zavod va fabrikalar, port va aerodromlami borib ko‘rdi hamda yevropaliklaming yutuqlarini iloji boricha tezroq A fg‘onistonga tatbiq etishga oshiqdi. 1928- yil aprelda Yevropa safari tugagach, Afg‘oniston hukmdori katta sovg ‘ a-salomlar bilan о ‘ z yurtiga yo ‘ 1 oldi. Bu vaqtda Afg ‘ onistonda xalqning noroziligi yetilib qolgan va mamlakat qo‘zg‘olon arafasida turar edi. AFG‘ONISTONDA MUHAMMADZOYLAR HUKMRONLIGI Omonullaxon Yevropa davlatlari bo ‘ylab safar qilib yurarkan, Afg‘onistonda vaziyat keskinlasha bordi. Mamlakatdagi keskin vaziyat sabab Omonullaxon o‘zi bilan birga Yevropa safariga olib ketgan Afg‘oniston tashqi ishlar vaziri Mahmud Tarziyni shoshi- linch tarzda A fg‘onistonga qaytishiga va vaziyatni barqarorlash- tirish b o ‘yicha choralar ko‘rishga ko‘rsatma bergan edi. A fg‘onistonning yetakchi diniy rahnamolaridan “hazrat” diniy un- voni rahbari Sho‘r Bozor (asl ismi Fazl Rahim) va uning ukasi Sher Og‘a (asl ismi Fazl Umar) Mujaddadiylar o ‘zlarining islohotlarga nisbatan noroziliklari tufayli Omonullaxon tomonidan Hindiston ga surgun qilingan bo‘lib, ular afg‘on hukmdorining mamlakatda yo‘qligidan foydalandilar va xalq orasida Omonullaxonga qarshi targ‘ib-tashviqotni kuchaytirdilar. Ushbu diniy rahnamolarga Ko bul, Xost va mamlakatning boshqa hududlaridan ham ko‘plab diniy yetakchilar ergashdi va bu holat keng ko‘lamli podshohga qarshi kampaniyaning boshlanishiga olib keldi. Diniy yetakchilar xalq orasida Omonullaxonning Yevropa mamlakatlariga qilgan safari davomida oddiy musulmonga o ‘xshab yurmaganligi, balki kayfu-safo qilib juda ham katta mablag‘ni sarflaganligi, spirli ichimliklardan ichib, hatto cho‘chqa go‘shti ham tanovul qilganligi, barcha Yevropa gazetalarida Omonullaxonning turmush o ‘rtog‘i malika Surayyoning ochiq yuz ila tushgan surati bosilib chiqqanligi haqida turli xil uydirma gaplami tarqatishdi. Omonullaxonga qarshi diniy yetakchilar yana Xostda qo‘zg‘o- lon boshlashni rejalashtirdilar. Q o‘zg‘olon arafasida Omonullaxon davlat apparatida ham bir qator o‘zgarishlami amalga oshirdi va mamlakat mustaqilligining qo‘lga kiritilishi yo'lida kurashgan hamda islohotlami amalga oshirishda katta hissa qo‘shgan o ‘z tarafdorlarini davlat ishlaridan chetlatdi. 1928-yilda diniy yetakchilaming mamlakatda mavqei kuchli- ligi va vaziyatning keskinlashayotganligi jarayonida Omonullaxon Afg‘onistondagi yana bir yetakchi diniy rahnamo mulla Oxundzoda- dan yordam so‘raydi. Mulla Oxundzoda amir Abdurahmon davridan buyon mashhur diniy ulamo bo ‘lib, katta ta ’sir kuchiga ega edi va Omonullaxonni inglizlarga qarshi 1919-yilgi mamlakat mustaqilligi yo‘lida olib borgan kurashda qo‘llab-quvvatlagan edi. Biroq, bu safar mulla Oxundzoda Omonullaxonning taklifini rad etadi. Omonullaxon tomonidan mulla Oxundzodani kuch bilan poytaxt Kobulga olib kelish uchun yuborilgan harbiy qism mullaning uyi yaqinida uning tarafdorlari tomonidan qo‘yilgan pistirmaga duch keldi va ortga chekindi. Pistirmada turgan qurolli guruhga “Bachai Saqo” (Suvchining Bolasi) laqabli asli ismi Habibulla Qalaqoniy bo‘lgan sobiq askar boshchilik qildi. 1928-yil noyabr o ‘rtalarida Jalolobodda shinvori va momand qabilalari Omonullaxonga qarshi qo‘zg‘olon ko ‘tardi. Ular amal ga oshirilayotgan islohotlarga o ‘z noroziliklarini bayon etib, Omonullaxonni islom dinini toptashda ayblashdi. Podshoh nomidan qo‘zg‘olonchilar bilan muzokaralar olib borgan amaldorlar hech qanday natijaga erisha olmadilar. Shunday vaziyatda Omonullaxon Kobul atroflarida qaroqchilik va bosqinchilik harakati ila nom qozongan Bachai Saqoning xizmatidan foydalanishni m a’qul topdi. Bu vaqtda Bachai Saqo mamlakat shimolida davlat xazinasiga olib ketilayotgan turli yig‘imlardan iborat katta miqdordagi mablag‘lami va savdo karvonlarini talab, kuch to ‘plagan edi. Bachai Saqo bu paytda qirq yoshlar chamasidagi shaxs bo‘lib, uning kelib chiqishi to‘g ‘risidagi m a’lumotlar ham kam edi. U K o bul shimolidagi K o‘histon viloyatining Qalaqon qishlog‘ida oddiy xizmatkor oilasida dunyoga kelgan. A fg‘on armiyasida bir muddat xizmat qilgach, harbiy xizmatdan bo ‘yin tovlab, armiyadan qochadi hamda karvon yo‘llarida qaroqchilik va shaharu-qishloqlarda bos qinchilik bilan shug‘ullanib yuradi. 1928-yiI dekabr boshida Omonullaxon Xostda qo‘zg‘olon ko ‘targan shinvoriy qabilasiga qarshi kurashda Bachai Saqodan foydalanish maqsadida uning huzuriga Kobul shahri hokimi Ahmad Alixonni jo ‘natdi. A fg‘on hukmdori Ahmad Alixon orqali shin voriy qabilasi qo‘zg‘olonini bostiradigan bo‘lsa Bachai Saqoni “birgida” (brigada generali) harbiy unvoni bilan taqdirlashini hamda uch ming afg‘oniy miqdorda har oylik maosh tayinlashini va qurol-yarog‘ bilan ta’minlashini m a’lum qiladi. Bachai Saqo Omonullaxonning ushbu shartlarini qabul qiladi va Q ur’oni Karimni qo‘liga olib shinvoriylar qo‘zg‘olonini bostirish uchun butun kuch- g‘ayratini ayamaslikka va boshqa bosqinchilik qilmaslikka qasam ichadi. Bachai Saqo va podshoh Omonullaxon o ‘rtasida o ‘matilgan mazkur kelishuv Bachai Saqoning xalq orasida obro‘sini nihoyatda oshirib yuboradi va uning tarafdorlari soni keskin osha boshlaydi69. 1928-yilning 9-dekabrida Bachai Saqo Omonullaxonning so‘z- lari to‘g‘ri yoki yolg‘onligini aniqlash hamda hukmdoming o‘ziga nisbatan chin m a’nodagi munosabatini bilib olish maqsadida o ‘ziga xos taktika qo‘llaydi. U Omonullaxonga qo‘ng‘iroq qilib, o ‘zini Ko bul hokimi Ahmad Alixon deb tanishtiradi va muzokaralar jarayo- Download 184 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling