A. M. Mannonov n. A. Abdullayev r. R. Rashidov
Ghobar, Mir Gholam Mohammad. Afghanistan in the Course o f History
Download 184 Kb. Pdf ko'rish
|
Afg\'oniston tarixi. Mannonov A.M, Abdullayev N.A, Rashidov R.R (1)
74
Ghobar, Mir Gholam Mohammad. Afghanistan in the Course o f History. Volume II. - Alexandria (USA): Hashmat K. Gobar, 2001. - P. 206. 1948-yilda mamlakat mudofaa vaziri lavozimini egallagan Muhammad Dovud (podshoh M.Zohirshohning amakivachchasi) o ‘z atrofiga davlat amaldorlari va intelligensiya vakillarini yig‘a boshladi. 1950-yilda Muhammad Dovud yetakchiligida “Milliy klub” tashkil etildi va uning tarkibiga sobiq iqtisodiyot vaziri Abdulmajid Zobuliy, m aorif vaziri Fayz Muhammad Zikriyo, bosh vazir o ‘rinbosari Ali Muhammad Badaxshoniy kabi davlat amaldorlari kirishdi. Ushbu tashkilot afg‘onlaming birligi, konsti- tutsion monarxiya boshqaruvi tarafdori bo ‘lib chiqsa-da, ko‘plab davlat amaldorlari va oddiy xalqning qo‘llab-quwatlashiga erisha olmadi. Chunki, “Milliy klub” Muhammad Dovudning hokimiyat pog‘onasida yanada yuqorilashi va bosh vazir lavozimini egallashi yo‘lida bir vosita bo‘lishi lozim edi. 1952-yilda mamlakat parlamentiga b o ‘lib o ‘tgan saylovlarda rasmiy hukumat tobora avj olib borayotgan muxolifat guruhlarga nisbatan keskin choralar qo‘lladi va natijada yuqorida nomlari tilga olingan ijtimoiy-siyosiy tashkilot hamda guruhlar a’zolari parlament deputatligiga saylanishga y o ‘l qo‘yilmadi. Bunday holat birmuncha noroziliklar kelib chiqishiga sabab bo ‘lgan bo‘lsa ham, hukumat vaziyatni tezda qo‘lga olib, muxolifat vakillarining barchasini qamoqqa olishga yoki surgun qilishga muvaffaq bo‘ldi. XX asr 40-yillari oxiri va 50-yillaridan boshlab Afg‘oniston dunyoda kechayotgan turli jarayonlarga, xususan geosiyosiy jarayonlarga ko‘proq tortila boshlandi va yanada ko‘proq xalqaro ahamiyat kasb eta boshladi. M a’lumki, 1945-yil 5-martda Buyuk Britaniyaning sobiq Bosh vaziri U.Cherchill Fulton universitetida (AQSH) so‘zlagan nutqida “Sovuq urush” boshlanganini e’lon qil gan edi. Mazkur “urush” raqiblari bir tomonda AQSH bo‘lsa, ikkin chi tomondan Sovet Ittifoqi edi. “Sovuq urush” davrida A fg‘oniston Sovet Ittifoqi hamda AQSH manfaatlari doirasidagi hududlami ajratib tumvchi davlat si- fatidagi roli ham Sovet Ittifoqi ham AQSH manfaatlariga to ‘liq mos kelardi. Shunga qaramasdan, dunyoning ikki yetakchi davlatlari Afg‘onistonni o ‘z nazoratlarida ushlashga, afg‘on zaminida harbiy jihatdan hozir bo‘lish (presence)ni75 kuchaytirishga, A fg‘onistonni iqtisodiy qaram qilishga intilib keldilar. 1947-yilda Afg‘oniston yetakchi davlat Buyuk Britaniyaning Hindistondagi mustamlakachilik siyosati barbod bo ‘lishidan qu- vonish hissini tuyib, bir asrdan ortiq vaqt mobaynida afg‘on davlatiga tazyiq o ‘tkazib kelgan inglizlaming mintaqani tark eti- shi va Hindistonga mustaqillik berishidan xursand bo‘lsa-da, bunday holat yana bir boshqa jiddiy muammoni keltirib chiqardi. Hindistonni osonlikcha tark etishni istamagan inglizlar bu yerda bir-biriga dushmanlik kayfiyatida b o ‘lgan ikki davlat Hindiston (aholisining asosiy qismi induizm diniga e ’tiqod qiluvchi) va Pokis- ton (aholisining asosiy qismi islom diniga e ’tiqod qiluvchi) barpo etilishini e ’lon qildilar. Inglizlaming bunday o ‘ziga xos siyosati kelgusida ham hind zaminida yangi barpo etilgan ikki davlat, ikki din vakillari o ‘rtasida ziddiyat va qarama-qarshilik saqlanib qolishiga zamin yaratishi hamda inglizlar bunday ziddiyatdan kezi kelganda ustalik bilan foydalanishlari uchun amalga oshirildi. A fg‘on qabilalari istiqomat qiladigan ozod qabilalar hududi yangi tuzilgan Pokiston tarkibiga o‘tib ketganligi bois, Afg‘oniston ushbu masalani muzokaralar orqali hal etish yuzasidan Pokiston Is lom Respublikasi rasmiy doiralariga murojaat qildi. Biroq, Pokiston tomoni Afg‘oniston murojaatini bee’tibor qoldirdi va A fg‘onistonga nisbatan dushmanlik kayfiyatida bo ‘lib keldi. 1947-yilning o‘zidayoq bir qator afg‘on qabilalari yangi Pokiston hukumatiga qarshi qo‘zg‘olonchilik harakatlarini ham boshlab yubordilar. 1949-yil iyulida afg‘on parlamenti A fg‘oniston va Pokiston o ‘rtasidagi munosabatlar masalasini muhokama qildi hamda Pokis ton tarkibidagi afg‘on qabilalarini qo‘llab-quvvatlashini m a’lum qildi. Shuningdek, afg‘on parlamenti “Dyurand chizig‘i”ni ikki davlat o‘rtasida belgilangan chegara sifatida tan olmasligini e’lon qildi. Download 184 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling