A. M. Mannonov n. A. Abdullayev r. R. Rashidov
Poullada Leon. The Failure o f American Diplomacy in Afghanistan /
Download 184 Kb. Pdf ko'rish
|
Afg\'oniston tarixi. Mannonov A.M, Abdullayev N.A, Rashidov R.R (1)
77
Poullada Leon. The Failure o f American Diplomacy in Afghanistan / World Affairs. - Winter 1982-1983. - P. 244. tashabbusni o ‘z qo‘liga olgan afg‘on yoshlari b a’zi chet el davlat- lari ta ’siriga ham tushib qoldilar. Jumladan, arab davlatlaridan ayrim radikal kuchlar ta ’siri ostida ko‘plab ekstremistik guruhlar tuzila boshlandi. Kobul universiteti bunday faoliyatlaming marka- ziga aylandi. Xususan, Burhoniddin Rabboniy, Abdul Rasul Sayyof, Muhammad Umar, Gulbiddin Hikmatyor, Sayfiddin Nasratyor va Habib Rahmonlar ushbu harakat “yadrosini” tashkil qildi. Ke yinchalik Kobul universitetida “Musulmon yoshlari” maxfiy uyush- masi tashkil etildi. Mazkur uyushma 1970-yillarda mamlakatning barcha viloyatlarida fundamentalistik yacheykalar tuzib, hattoki o‘z saflariga mamlakat qurolli kuchlarida xizmat qilib kelayotgan zobit- lami ham jalb etishga intilishdi. “Musulmon yoshlari” harakatining yetakchisi etib Burhoniddin Rabboniy e ’lon qilindi. Ushbu harakat a ’zolari tomonidan siyosiy hokimiyatni qo‘lga olish maqsadida 1960-yillar ikkinchi yarmida mamlakatda 2000 dan ziyod mitinglar o ‘tkazildi. XX asr 60-70-yillarida Afg‘onistonning chet davlatlar bilan munosabatlari ham birmuncha rivojlandi. 1960-1970-yillarda Sovet Ittifoqi-Afg‘oniston munosabatlari bir qator sohalarda jadal rivojlanib bordi. Jumladan, yo‘l qurilishi, sanoat va qishloq xo‘jaligi, elektr energiyasi ishlab chiqarish sohalarida sovet mutaxassislari ko‘magida bir qator yangi ishlab chiqarish obyektlari barpo etilib ishga tushirildi. 1963-yil oktabr oyida SSSR Oliy Kengashi Pre- zidiumi Raisi L.I.Brejnevning Kobulga tashrifi davomida “Gaz qazib olishda Sovet yordami to ‘g ‘risida” kelishuv imzolandi. 1965-yilda uzunligi 680 km bo ‘lgan qattiq qoplamali Kushka- Hirot-Qandahor avtomagistral yo‘li (qiymati 140 mln. AQSH dollari) sovet mutaxassislari ko‘magida qurib ishga tushirildi. 1966-yilda poytaxt Kobulni Hindikush tog‘ tizmalari orqali Amudaryo qirg‘og‘i bilan bog‘lovchi uzunligi 470 km.li avtomagistral yo‘li foydalanishga topshirildi. 1967-yilda Kobul daryosida quw ati 100 ming kVt.li Naglu gidro elektr stansiyasi, “Sarde” irrigatsion kompleksi, 1968-yilda Kobul politexnika instituti kabi bir qator muhim ijtimoiy-iqtisodiy obyektlar qurib ishga tushirildi. XX asr 60-yillarida A fg‘ onistonning Eron bilan munosabatlari ham ijobiy xarakterga ega bo‘ldi. 1961-yilda Eron va afg‘on hukumatlari tomonidan savdo tranzit sohasida yangi shartnoma imzolandi. Shartnomaga ko ‘ra, eksportga m o‘ljallangan afg‘on mahsulotlari Eronning Mashhad shahriga olib borilib, u yerdan temir yo‘l orqali mamlakatning Xurramshahr portiga yetkazilgan va chet elga eksport qilingan. Mazkur shartnoma ikki davlat o ‘rtasidagi iqtisodiy munosabatlaming rivojlanishiga yaxshigina turtki berdi. Eron Afg'oniston va Pokiston o‘rtasidagi kelishmovchilik- lami yumshatish borasida vositachilik rolini ham bajarishga in tildi. Shu maqsadda 1962-yilning yozida Eron shohi Muhammad Rizo Pahlaviy Kobul va Islomobodga tashrif buyurdi. 1963-yilda Afg‘onistondagi hukumat o‘zgarishidan so‘ng A fg‘onistonning Pokiston bilan munosabatlari iliqlasha boshladi. Bu Eronning vositachi sifatida mintaqadagi rolining oshishiga olib keldi. 1960-yillarda AQSH Afg‘onistonga o‘z e’tiborini kuchaytirdi va bu ikki tomonlama munosabatlarda o ‘z aksini topdi. 1967-yilda AQSH к о ‘magi bilan Qandahor yaqinida quvvati 33 ming kVt. li Kajakiy gidro elektr stansiyasi qurilishi boshlandi. 1967-yilda AQSH hukumati tomonidan Afg‘onistonga ko‘rsatilgan turli yordamlar miqdori 350 mln. AQSH dollarini tashkil etdi. Shu ningdek, AQSH ko‘magida Kobul-Qandahor va Kobul-Spinbuldak (Pokiston chegarasida), Kobul-Torxam (Pokiston chegarasida), Hi- rot-Islom qal’a (Eron chegarasida) avtomagistral yo‘llari barpo etildi. Bu davrda A fg‘oniston va Xitoy Xalq Respublikasi o‘rtasida ikki tomonlama munosabatlar o ‘matildi va olib borildi. Garchi Xitoy hamda Hindiston o‘rtasida kelib chiqqan qurolli mojaro va Xitoyning Pokiston bilan yaqinlashuviga qaramasdan afg‘on hukumati Xitoy bilan yaxshi munosabatda bo‘lishga intildi. Xitoy o ‘z navbatida Afg'onistonda bir necha loyihalami amalga oshirishda ishtirok etdi. Parvon viloyatida Xitoy hukumati ко‘magi bilan barpo etilgan qiymati 10 mln. AQSH dollariga teng irrigatsion tizim ana shular jumlasidandir. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling