A. M. Mannonov n. A. Abdullayev r. R. Rashidov
Сафоев C.C. Марказий Осиёнинг геосиёсати. - Тошкент: Патент
Download 184 Kb. Pdf ko'rish
|
Afg\'oniston tarixi. Mannonov A.M, Abdullayev N.A, Rashidov R.R (1)
75
Сафоев C.C. Марказий Осиёнинг геосиёсати. - Тошкент: Патент пресс, 2005. - Б.8. 1949-yil avgustida Pokiston hududida istiqomat qiluvchi af- g‘on qabilalari yetakchilarining yig‘ilishi b o ‘lib o‘tdi va unda Pokistondan mustaqil Pushtuniston davlati tuzilganligi e ’lon qilindi. Pushtuniston Milliy Assambleyasi saylandi va uning bayrog'i tasdiqlandi. 1950-yilda Pokiston rasmiy hukumati hatto, Afg‘onistonga nisbatan qurolli hujum qilish bilan tahdid qildi. A fg‘on hukumatining ushbu mojaroli vaziyatni bartaraf etishda AQSHdan yordam so‘rashi hech bir natija bermadi. Biroq, AQSH A fg‘onistonda o ‘z mavqeini mustahkamlash bo ‘yicha boshqa bir qator chora-tadbirlami amalga oshirdi. XX asr 40-yillari ikkinchi yarmidan boshlab AQSH Afg‘onistonda bir qator iqtisodiy loyihalaming amalga oshirilishi bo ‘yicha ko‘mak k o ‘rsata boshladi. Jumladan, qiymati 20 million AQSH dollariga teng irrigatsion va yo‘l-transport loyihalari ana shular jumlasidandir. Dastlab A fg‘onistonga AQSHning “Morri- son-Nadsen” firmasi kirib keldi va afg‘on hukumati bilan irrigatsiya obyektlarini qurish bo‘yicha shartnoma tuzdi. AQSH hukumati maz kur shartnomaning amalga oshirilishini noma’lum vaqtgacha cho‘zib borib, o ‘zini mintaqada mavjud bo‘lishini ta ’minlashga intildi va Afg‘oniston hukumatini moliyaviy jihatdan o‘ziga qaram qilib qo‘ydi. 1948-yilda Afg‘oniston hukumati yana AQSHga moliyaviy ko ‘mak berishni so‘rab murojaat qildi. AQSH hukumati XX asr 50-yillari boshida Afg‘oniston va Pokiston o‘rtasidagi mojaroli vaziyatga ham birmuncha aralashdi va “pushtunlar muammosi”ning yanada chigallashuviga o ‘z “hissasi- ni” qo‘shdi. 1951-yilda Afg‘oniston AQSHga qurol-yarog‘ yetkazib berish bo ‘yicha yordam so‘rab murojaat qildi. Biroq, G.Trumen hukumati A fg‘onistonning ushbu iltimosini rad etdi. 0 ‘z navbatida Sovet Ittifoqi hukumati ham Afg‘oniston bilan munosabatlarini rivojlantirishga intildi. 1954-yilda Afg‘oniston 3,5 mln. AQSH dollari miqdorida sovet kreditini oldi va 1955-yilda sovet hukumati Muhammad Zohirshohga 100 mln. AQSH dollari miqdorida qarz berdi. Bundan tashqari, sovet mutaxassislari Salang dovoni orqali mamlakatning markaziy qismini Sovet Ittifoqi hududi bilan tutashtiruvchi katta transport magistralini qurib berishdi. Shuningdek, sovet mutaxassislari ko‘magida Mozori Sharif, Bagrom va Shindod shaharlarida zamonaviy aerodromlar barpo etildi. XX asr 50-yillari sovet-afg‘on munosabatlarini rivojlantirishda samarali bosqich bo‘ldi. Chunki, aynan shu davrda Sovet Ittifo qi Afg‘onistonda turli sohalardagi infrastrukturani rivojlantirish maqsadida katta miqdorda iqtisodiy-texnik yordam ko‘rsatdi. Jumladan, Sovet Ittifoqi sarmoyasi asosida mamlakatda magistral yo‘llar, cho‘l hududida joylashgan Jalolobod irrigatsiya komplek- si, zaytun va apelsin yetishtirishga m o‘ljallangan qishloq xo ‘jaligi kompleksi, aholi yashashi uchun turar joylar qurib berishga ixtisoslashtirilgan baza, Kabul Politexnika instituti va shu kabi 140 dan ortiq obyektlami qurdi. 1950-1960-yillar davomida Sovet Ittifoqi Afg‘onistonga umu- miy qiymati 1 mlrd. AQSH dollari miqdorida moliyaviy yordam ko‘rsatdi va ikki davlat o ‘rtasida imzolangan “O ‘zaro hujum qilmaslik va neytralitet to‘g ‘risida”gi shartnomani yana 10 yilga uzaytirishga kelishib olindi. Shunday qilib, eng yangi tarix davrida Afg‘oniston o ‘zining qulay strategik holati tufayli jahon geosiyosiy xaritasida alohida o ‘rinni egalladi. Ikkinchi jahon urushidan keyingi davrda A fg‘oniston ko‘plab mamlakatlar, shu jumladan Sovet Itti foqi va AQSHning siyosiy, mafkuraviy va savdo-iqtisodiy manfaat- lari doirasiga tobora tortila boshladi. Mamlakat aslida ikki buyuk davlat manfaatlari to ‘qnashgan maydonga aylanib qoldi. Liberal islohotlami amalga oshirishning boshlanishi. 1964-vil- gi Konstitutsiva. XX asming 50-yillari birinchi yarmiga kelib ham Afg'onistonda iqtisodiy-ijtimoiy holat yaxshilanmadi. Umshdan keyingi yillarda amalga oshirilishi boshlangan bir qator loyiha va dasturlar o ‘z samarasini bermadi. Shunday vaziyatda Shoh Mahmud boshchiligidagi hukumat iste’fo berdi. 1953-yil sentabrda hukumat rahbari - bosh vazir lavozimini ko‘pchilik kutganidek, podshoh- ning amakivachchasi Muhammad Dovud (1909-1979) egalladi. Bu vaqtga qadar Muhammad Dovud bir qator m as’ul lavozimlarda - Afg‘onistonning Fransiyadagi elchisi, bir qator viloyatlar hokimi, ichki ishlar vaziri va mudofaa vaziri kabi muhim davlat lavozimlarida ishlab kelgan edi. Muhammad Dovud hukumati mamlakatda iqti- sodiy-moliyaviy ahvolni yaxshilashga intilib, banklar faoliyatiga keng yo‘l ochib berish va chet el investitsiyalarini ko‘proq jalb etish yo‘lidan bordi. Shu maqsadda 1954-yilda “Chet el sarmoyasini jalb etish to‘g‘risida” qonun qabul qilindi. 1954-yilda AQSHdan harbiy sohada ko‘mak berishni so‘rab murojaat qilgan Muhammad Dovud hukumati yana rad javobini oldi. Buning ustiga 1954-yilda AQSH Pokistonga harbiy ko‘mak berish b o ‘yicha bitim imzoladi. Bu voqea Muhammad Dovud hukumatini qattiq tashvishga soldi va hukumat zudlik bilan Sovet Ittifoqiga o ‘zaro hamkorlikni kengaytirish bo ‘yicha taklif bilan murojaat qildi hamda rasmiy Moskva ushbu taklifga ijobiy yondashdi. G ‘arb davlatlari tomonidan qo‘llab-quwatlangan Pokiston Afg'oniston bilan munosabatlami keskinlashtirish yo‘lidan bordi. 1955-yilda Pokiston A fg‘oniston bilan barcha turdagi (siyosiy, diplomatik, savdo-iqtisodiy) munosabatlami to‘xtatishga qaror qildi. 1955-yilning noyabrida Kobulda b o ‘lib o‘tgan Luye Jirge Pokiston hududida istiqomat qilib kelayotgan pushtunlar masalasini muhokama qildi va Pokiston hukumatidan pushtunlarga o‘z kelajagini o ‘zi belgilash huquqini taqdim etishni hamda Pushtunis- ton masalasida yon berishni talab qilib murojaat qildi. Mamlakatni iqtisodiy-ijtimoiy rivojlantirish yo‘lida sovet davlati andozasiga monand besh yillik dasturlar qabul qilish va ulami amalga oshirish yo‘lidan borildi. Chunonchi, 1957-1962-yillarda birinchi besh yillik dastur, 1962-1967-yillarda ikkinchi besh yillik dasturlar qabul qilindi. Garchi, ushbu dasturlardabelgilangan barcha ishlar amalga oshirilmagan bo ‘lsa-da, ular mamlakat taraqqiyotida muayyan rol o ‘ynadi. Sovet Ittifoqi bilan yaqindan hamkorlik qilgan Muhammad Dovud 1956, 1959 va 1961-yillarda sovet davlatida rasmiy tashrif bilan bo ‘lgan edi. Shuningdek, podshoh Zohirshoh ham 1957 va 1962-yillarda Moskvaga rasmiy tashrif bilan kelgan edi. Shu bilan bir qatorda Muhammad Dovud 1959-yilda AQSHga ham rasmiy tashrif buyurib, prezident D.Eyzenxauer va davlat kotibi J.F.Dalles bilan muloqotlar olib bordi. Davlat boshqaruvida o‘z roli va ta’sirini kengaytirishga in- tilib kelgan Muhammad Dovudning podshoh Zohirshoh bilan munosabatlari salbiy tus ola boshladi. Avtoritar tartibdagi boshqa- ruv tarafdori bo‘lgan Muhammad Dovud bir qator masalalar bo ‘ yicha (j umladan, Pushtuniston masalasini muzokaralar yo ‘ li bilan hal etish) yon berishni istamas va o‘zining pushtun millatchiligiga asoslangan pozitsiyasida qattiq turar edi. Shuningdek, Muhammad Dovud mamlakat parlamenti faoliyatini ham birmuncha cheklashga muvaffaq bo‘lib, qonun chiqaruvchi vakolatlami ham hukumat qo‘lida jamlanishiga erishadi. Zohirshoh tomonidan davlatda Muhammad Dovud ta’sirini birmuncha cheklash bo‘yicha sezilarli tadbirlar amalga oshirildi. Jumladan, bosh vazirga yaqin bir qator yirik davlat amaldorlari qamoqqa olindi. Davlat ishlarida o‘z ta’sirini yo‘qotishni istamagan Muhammad Dovud 1962-yil oxirida davlat boshqaruvini tubdan isloh etishni ko‘zda tutuvchi dastur ishlab chiqadi va uni podshohga taqdim etadi. Mazkur dasturga ko‘ra, hukumatni podshohga ma’qul shaxslardan iborat tarkibda emas, balki o‘tkazilgan saylovlar natijasida g‘olib chiqqan siyosiy partiya vakillaridan iborat tarkibda shakllantirish ko‘zda tutilgan edi. Muhammad Dovudning taklifiga binoan, podshoh oilasi a’zolari siyosat bilan shug‘ullanishdan butkul voz kechishlari, podshohga esa faqatgina rasmiy tadbirlarda davlat nomidan ishtirok etish funksiyasi ajratilgan edi. Shaxsan o‘zining kelgusi maqomi xususida Muhammad Dovud alohida qarashga ega bo‘lib, u o‘z tarafdorlaridan iborat siyosiy partiya tuzishi va saylovda g‘olib chiqish orqali hukumatni boshqarishni rejalashtirgan edi. Tabiiyki, Muhammad Dovudning shaxsiy hokimiyatini yanada mustahkamlashni ko‘zda tutuvchi mazkur dastumi Muhammad Zohirshoh ma’qullamaydi va bosh vazirdan iste’fo berishini talab qiladi. 1963-yilning may oyida Muhammad Dovud hukumati iste’foga chiqdi. XX asming 60-yillarida mamlakatda amalga oshirilgan islohotlaming kam samara berishi, hukumatning mamlakat taraqqiyoti uchun jiddiy jon kuydirmasligi oqibatida ijtimoiy harakatlar va siyosiy guruhlaming faoliyati jonlana boshladi. Muhammad Dovud iste’fosidan keyin shakllantirilgan yangi hukumatga Muhammad Yusuf (1963-1967) boshchilik qildi. Mazkur hukumat mamlakat iqtisodini birmuncha erkinlashtirish, shaxsiy sarmoyadorlarga keng imkoniyatlar berish hamda xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish yo‘lidan bordi. Yangi hukumat tashqi siyosatda ham biroz yumshoqlik bilan harakat qilish tarafdori bo ‘lib, Pokiston bilan munosabatlami muzokaralar orqali yaxshilash yo ‘lidan bordi. Shuningdek, rasmiy Kobul 60-yillar birinchi yarmida Pokiston va Hindiston o‘rtasida kelib chiqqan qurolli mojaroda ham betaraf mavqeda turganligini Pokiston tomoni ijobiy baholadi. 1963-yil oxirida A fg‘onistonning kelgusi taraqqiyoti yo ‘lida muhim siyosiy-huquqiy asos bo‘lishi ko‘zda tutilgan mamlakatning yangi Konstitutsiyasini ishlab chiqish jarayoni boshlandi. Yangi Konstitutsiyani ishlab chiqish bo ‘yicha tuzilgan maxsus komis- siya Fransiya, Kanada, Shvetsiya, Misr, Hindiston kabi bir qator davlatlaming tajribasini o ‘rganib chiqdi. 1964-yilning sentabrida Kobulda chaqirilgan Luye Jirge ishlab chiqilgan Konstitutsiya loyihasini ко‘rib chiqdi va ikkin haftalik muhokamalardan so‘ng A fg‘onistonning yangi Konstitutsiyasini m a’qulladi. 1964-yilning 1-oktabrida podshoh Muhammad Zohirshoh- ning tasdiqlashi bilan zamonaviy davlatlar andozasi asosida ishlab chiqilgan hamda to ‘la m a’noda demokratik xarakterdagi yangi Konstitutsiya kuchga kirdi. A fg‘onistonning demokratiya yo ‘lidagi rivojlanishiga yo‘l ochib bergan 1964-yilgi Konstitutsiya bir qator olimlar va mutaxassislar tomonidan “islom olamidagi eng maqbul Konstitutsiyalardan biri” sifatida talqin qilinadi76. Chunki, aynan ushbu Konstitutsiyada g ‘arbga xos demokratik qadriyatlar va tamoyillaming afg‘on jamiyatiga xos an’anaviy siyosiy tizim Download 184 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling