AFG‘ONISTONNING ENG YANGI DAVR TARIXI
(1945-2000-YILLAR). AFG‘ONISTONNING
IJTIMOIY-IQTISODIY VA SIYOSIY TARAQQIYOTI
Afg'oniston garchi Ikkinchi Jahon urushida ishtirok etmagan
b o ‘lsa-da, urush mamlakat hayotiga katta zarar yetkazdi. XX asr
30-yillari davomida mamlakat iqtisodiyotini tiklash va rivojlantirish
bo‘yicha yetakchi chet davlatlar bilan o ‘matila boshlangan savdo-
iqtisodiy, texnikaviy va shu kabi sohalardagi hamkorlik urush
boshlanishi bilan to'xtab qoldi. Urush yillarida Afg'oniston faqat
Buyuk Britaniya bilan savdo-iqtisodiy munosabatlami olib bora oldi,
xolos. Ikkinchi Jahon urushi nihoyasiga yetgach, Afg'oniston ham
ichki siyosatda, ham tashqi siyosatda bir qator jiddiy muammolarga
to'qnash keldi.
1946-yilda ichki siyosatda afg'on xalqi ustida juda ham qattiq
nazorat yuritib kelgan M.Hoshimxon (podshoh M.Zohirshohning
amakisi) boshchiligidagi hukumat Shoh Mahmud (M.Zohirshohning
boshqa bir amakisi) yetakchiligidagi hukumat bilan almashgan73
bo'lsa ham afg'on qabilalari orasidagi norozilik kayfiyati hamon us-
tun bo'lib turar, mamlakat iqtisodiyoti va xo'jaligi zudlik bilan hal
etilishi lozim bo'lgan bir qator muammolarga to'qnash kelgan edi.
Mamlakatda hukumat almashinuvi bilan ijtimoiy-siyosiy
hayotda ham birmuncha o'zgarishlar ro 'y berdi. Jumladan, bir qator
ommaviy va ijtimoiy-siyosiy tashkilotlaming paydo bo'lishiga
hamda faoliyat yuritishiga sharoit yuzaga keldi.
Shoh Mahmudning hukumatga kelishi bilan XX asr 30-yillarida
qamoqqa tashlangan ilg'or fikrga ega bir qator jamoat arboblari
ozodlikka chiqarildi va surgundan qaytib kelishga ijozat beril-
di. Xususan, uzoq muddatli qamoq jazosini o'tagan Said Qosim
Lag'moniy adliya vaziri lavozimini egallagan bo'lsa, Abdul Hodi
Doviy afg'on parlamenti quyi palatasi rahbari lavozimini egalladi.
Urushdan keyingi yillardagi og'ir ijtimoiy-iqtisodiy ahvol, kun
tartibida turgan bir qator o'tkir muammolaming hal etilmasligi va
Do'stlaringiz bilan baham: |