1973-yil oxirida Afg'onistonda Oliy Iqtisodiy Kengash tuzildi
va ushbu tuzilma mamlakat sanoati va qishloq xo'jaligi
tarmoqlari
faoliyatini rejalashtirish hamda o'zaro muvofiqlashtirish bilan
shug‘ullanishi m a’lum qilindi. 1973-1977-yillarga mo'ljallangan
besh yillik dastur o'm iga yangi keng qamrovli va 1976-1982-yillarga
mo'ljallangan yetti yillik dastur qabul qilindi.
Mazkur yetti yillik
dasturga muvofiq mamlakatda asosan energetika, tog‘-kon sanoati,
transport sohalariga oid 200 dan ortiq yirik loyihalar amalga
oshirilishi ko'zda tutilgan edi.
1974-yildan boshlab Muhammad Dovud o 'z
hokimiyatining
huquqiy asoslarini mustahkamlashga kirishdi va hukumatda yangi
shakldagi Konstitutsiyani ishlab chiqish bo'yicha komissiya ish olib
bordi va 1977-yilda 13 bob, 136 moddadan iborat Afg'onistonning
yangi Konstitutsiyasi qabul qilindi79.
Mazkur Konstitutsiyaga
muvofiq, mamlakat parlamentining huquq va vakolatlari kes-
kin qisqartirildi hamda ijro hokimiyatining
huquq va vakolatlari
ko'paytirildi. Shuningdek, Konstitutsiyada
davlat rahbari sifatida
prezidentga ham keng huquq va vakolatlar berilgan edi. Mazkur Kon-
stitutsiyaning 1964-yilgi Asosiy Qonundan bunday farq qilishiga
sabab sifatida ilgarigi parlament va hukumat faoliyatida kuzatilgan
nomuvofiqliklaming yana takrorlanishiga yo'l qo'ymaslikni ta’kid
lab o'tish mumkin.
Muhammad Dovud tomonidan o'm atilgan
yangi tartibot
qanchalik mustahkam bo'lm asin uning boshqaruvi davrida
mamlakatda yana davlat to'ntarishini amalga oshirishga bo'lgan
bir necha urinish ro 'y berdi.
Jumladan, 1973-yilning dekabrida
mamlakat xavfsizlik xizmatining sobiq rahbari
Habibulla Rahmon
yetakchiligida tayyorlangan davlat to'ntarishi, 1976-yilda general
Mir Ahmadshoh Rizvoniy boshchiligidagi to'ntarishga
urinish
hamda islom dinidagi radikal oqimlarga tegishli ijtimoiy-siyo
siy harakatlar tomonidan davlat hokimiyatini egallashga bo'lgan
urinishlar buning misolidir.
Do'stlaringiz bilan baham: