A. M. Mannonov n. A. Abdullayev r. R. Rashidov


Tate G. P. The kingdom o f Afghanistan: a historical sketch. - Bombay


Download 184 Kb.
Pdf ko'rish
bet46/124
Sana15.11.2023
Hajmi184 Kb.
#1777363
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   124
Bog'liq
Afg\'oniston tarixi. Mannonov A.M, Abdullayev N.A, Rashidov R.R (1)

Tate G. P. The kingdom o f Afghanistan: a historical sketch. - Bombay: 
Times o f India, 1911.- P . 193.


Amir Habibullaxon taxtga chiqishi bilanoq Hindistondagi 
Britaniya 
mulklari 
rasmiylariga 
o ‘zining taxtga chiqqanligini m a’lum 
qilish maqsadida 1901 -yilning 10- 
oktabrida rasmiy xat j o ‘natadi.
0 ‘z xatida Habibullaxon otasi amir 
Abdurahmonning Buyuk Britaniya 
imperiyasi bilan olib borgan muno- 
sabatlarini davom ettirish hamda 
otasining “do‘stlariga do‘st va dush- 
manlari bilan munosabatdan tiyi- 
lish” istagi borligini m a’lum qiladi.
Bunga 
javoban 
o‘sha 
paytdagi 
Hindiston vise-qiroli lord Kerzon 
Habibullaxonga o ‘zaro munosabatlarga yanada oydinlik kiritish 
maqsadida 1902-yilning bahorida uchrashish uchun Hindistonga 
taklif etadi. Lord Kerzon o ‘z javobida 1893-yilgi amir Abdurahmon 
bilan imzolangan Dyurand bitimi shaxsiy xarakterga egaligini, ya’ni 
faqat sobiq amir Abdurahmon bilan ingliz hukumati o‘rtasidagi 
kelishuvligini, yangi amir Habibulla ingliz hukumati bilan ush­
bu bitimni boshqatdan imzolashi lozimligiga urg‘u beradi63. 
Bu bilan inglizlar yangi amir Habibullaxonga muayyan bosim 
o‘tkazish va afg‘on hukmdorining ba’zi masalalarda yon berishiga 
erishishni ko‘zlagan edilar. Biroq, 1901-yilning 31-oktabrida 
Habibullaxon otasi Abdurahmonning Britaniya hukumati bilan 
hech qanday masalada tushunmovchiligi bo‘lmaganligini va 
o‘zining ingliz hukumati bilan boshqatdan bitim imzolashga hojat 
yo‘qligini ta’kidlab javob xati yo‘llaydi. Shuningdek, Habibullaxon 
inglizlaming Afg‘oniston hududida temir yo‘l yotqizish hamda 
afg‘on armiyasini ingliz harbiylari tomonidan qayta tayyorgarlikdan 
o ‘tkazish bo‘yicha bildirgan takliflarini ham rad etadi64.

Download 184 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   124




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling