A. M. Mannonov n. A. Abdullayev r. R. Rashidov
Lambah S.K. The Durand Line / Policy Papers №4. - New Delhi. Aspen
Download 184 Kb. Pdf ko'rish
|
Afg\'oniston tarixi. Mannonov A.M, Abdullayev N.A, Rashidov R.R (1)
61 Lambah S.K. The Durand Line / Policy Papers №4. - New Delhi. Aspen
Institute India. 2011. - P. 4-6. ba’zi joylarda 70 kilometrdan ortiqni tashkil etuvchi Vahan koridori inglizlaming talabi bilan afg‘on davlati tarkibiga qo‘shib berildi. Abdurahmon M.Dyurand tomonidan tuzilgan bitimni imzolar ekan, bu bilan ozod qabilalar hududlarida yashovchi afg‘on qabilalarining ingliz hukumati boshqaruviga berilishiga rozi bo‘ladi. Afg‘on amirining bu xatti-harakati vaqtinchalik chekinish bo‘lib, Abdurahmon imkoniyat bo‘ldi deguncha ushbu hududlami yana inglizlardan qaytarib olishni ko‘zlar edi. Mazkur bitimning imzolanishi natijasida jami bo‘lib 100 ming kvadrat kilometrli maydonga ega hududlar rasman afg‘on davlati tarkibidan ajratib olindi. 1893-yil 13-noyabrda Kobul shahrida bo‘lib o ‘tgan “durbar” - afg‘on davlatining oliy yig‘ini (unda barcha yetakchi qabilalaming sardorlari, yirik amaldorlar va diniy arboblar ishtirok etgan)da ozod qabilalar hududida yashovchi barcha afg‘on qabilalari yetakchilariga amir Abdurahmon va M.Dyurand tomonidan imzolangan bitimning nusxalari topshirildi va barcha qabila yetakchilari ham ushbu bitimga o ‘z muhrlarini bosib, kelgusida unga qat’iy amal qilishlari hamda ingliz hukumatiga so‘zsiz bo‘ysunishlari xususida va’da beradilar. Biroq, bu bilan afg‘on qabilalari to ‘laqonli ravishda inglizlarga bo‘ysunib kelganlar deb xulosa chiqarib bo‘lmaydi. Ayniqsa, Vaziriston hududida yashovchi qabilalar Dyurand bitimidan noro- ziligini darrov namoyon qilib, 1894-yilda o ‘z hududlariga kelgan ingliz qo‘shiniga qaqshatqich zarba beradilar. Shundan so‘ng momand qabilasi orasida ham norozilik avj oladi. Abdurahmon va M.Dyurand o ‘rtasida imzolangan bitimda momand qabilasi yashaydigan hududlar teng iKkiga boiingan holda belgilangan b o iib , momandlaming bir qismi afg‘on davlati tarkibida, ikkinchi qismi esa ingliz mustamlakachilari hukmron ligi ostida istiqomat qilishi bitim hujjatlarida belgilab qo‘yilgan edi. Biroq, mazkur bitim asosida chegara belgilarini o ‘matish uchun momandlar istiqomat qiladigan hududga kelgan ingliz ma’murlari momandlaming katta qarshiligiga duch keladi. Jips holda istiqomat qilib kelgan momandlar aslo ikkiga bo‘lingan holda yashashni istashmas va ular o ‘rtasida chegara o ‘tkazilishiga norozilik bildirishadi. Shunda ingliz m a’murlari Dyurand biti- mi bandlarini buzib, momandlar yashaydigan barcha hududlami o ‘z boshqaruvlariga olishga qaror qiladilar va afg‘on davlatining ancha ichkarisiga kirgan holda chegara belgilarini o ‘matishga kirishib ketadilar. Hatto, ingliz m a’murlari momandlami butkul Britaniya boshqamviga berilishi xususida amir Abdurahmon bilan ham kelishib olganliklari va amir bunga rozi ekanligi to‘g‘risida momandlarga yolg‘on m a’lumot beradilar. Amir Abdurahmon inglizlaming bu kabi navbatdagi provo- katsiyasidan nihoyatda g‘azablangan bo‘lsa-da, bosiqlik bilan hamda diplomatik yo‘llar orqali hal etishga urinadi va Hindiston vise-qiroli nomiga yozgan xatiga bu haqda ma lum qiladi. Amir Abdurahmon inglizlar bilan chegaralami belgilashda ishtirok etayotgan o ‘z amaldorlariga ham nihoyatda ehtiyotkor bo‘lishni va inglizlaming o ‘zaro urush keltirib chiqarishga qaratilgan turli nayranglariga uchmaslikni qattiq tayinlaydi. Shu bilan birga, momand qabilasi istiqomat qiladigan Miti vodiysini ham qattiq himoya qilishni va ushbu vodiyni inglizlarga bo‘shatib bermaslikni o ‘z amaldorlariga tayinlaydi. Amir amaldorlari inglizlaming Miti vodiysini bo‘shatib berish bo‘yicha qo‘ygan talablariga qarshi momand qabilasi vakillaridan ko‘ngilli lashkar tuzib, o‘z pozitsiyalarini himoya qiladilar va inglizlarga yon bermaydilar. Garchi, ingliz qo‘shini va afg‘on ko‘ngillilari o‘rtasida bir necha to‘qnashuvlar bo‘lsa- da, inglizlar muvaffaqiyatga erisha olmaydilar va afg‘onlar o ‘z pozitsiyalarini mardonavor himoya qiladilar. Dyurand bitimidan yuqoridagi kabi norozilik harakatlari yana Chitrol, Dir va Svat hududlarida ham ro ‘y beradi. Ushbu hududlar- dagi o‘zaro kurashayotgan mahalliy hukmdorlaming ba’zilari afg‘on amiri tomonida bo‘lsalar, b a’zilari ingliz mustamlakachilari xizmatiga kirib, o ‘z mavqelarini mustahkamlab olish payida edilar. Ushbu hududlami ham bo‘ysundirish oson emasligini anglab yetgan ingliz hukumati 1895-yilda qurol kuchi bilan ushbu hududlami bo sib olishga kirishadi va bosib olingan hududlarda yangi m a’muriy- hududiy birlik “Dir, Svat va Chitrol Agentligi” tuzilganligi e ’lon qilinadi. Shu tariqa, 1893-yilda inglizlar yangi urush ochish xavfi ostida amir Abdurahmonni afg‘on davlatining Britaniya Hindistoni bilan chegarasini aniqlab beruvchi - “Dyurand chizig‘i” deb atalmish bitimni imzolashga majbur qildilar. Mazkur bitim asosida Britaniya Hindistoni tarkibiga sharqiy pushtun qabilalari majburan kiritildi va bu bitim hozirgacha A fg‘oniston tomonidan tasdiqlanmagan hamda Pokiston bilan jiddiy nizolarga sabab bo‘lib kelmoqda. Download 184 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling