A. M. Mannonov n. A. Abdullayev r. R. Rashidov
AFG‘ONISTONNING XX ASR TARIXI
Download 184 Kb. Pdf ko'rish
|
Afg\'oniston tarixi. Mannonov A.M, Abdullayev N.A, Rashidov R.R (1)
AFG‘ONISTONNING XX ASR TARIXI
Amir Abdurahmon o ‘zidan oldin o ‘tgan afg‘on hukmdorlari tomonidan davlat boshqaruvida qo‘llanilib kelingan an’anaviy tajriba, ya’ni o ‘g ‘il farzandlami mamlakatning turli viloyatlari va yirik shaharlariga hokim qilib jo ‘natish orqali amalda mamlakatni parokandalik va turli kichik mulklarga bo‘linib ketishiga qat’iy chek qo‘yishga harakat qiladi. Abdurahmon shuningdek, ilgarigi hukmdorlar davrida bo‘lganidek aniq bir vorisni e ’lon qilmaslik holati toju-taxt uchun hukmdor o ‘g‘illari orasida qirg‘inbaroturush- lami keltirib chiqarishi va bundan faqat va faqat davlat zarar ko‘ri- shi hamda oddiy xalq ziyon chekishi mumkinligini yaxshi anglar va shu boisdan, ilgarigi hukmdorlaming xatolarini takrorlamaslik- ka qaror qiladi. Chunki, afg‘on taxtini egallash jarayonida o ‘zi olib borgan kurashlar, taxtni qo‘lga kiritganidan so‘ng mamlakatni birlashtirish yo‘lida olib borilgan mashaqqatli kurash hamda o‘z sulolasi vakillari, y a’ni amakisi sobiq amir Sheralixon avlodlarining taxtga da’vo qilish harakatlarini cheklash kabi tadbirlardan so‘ng Abdurahmon tegishli xulosalar chiqargan edi. Rasmiy taxt vorisidan tashqari o ‘z o ‘g ‘illari orasidan taxtga da’vo qiluvchilar chiqmasligi hamda o ‘g‘illarini turli afg‘on qabilalari yetakchilari yoki yirik amaldor hamda mahalliy hokimlar qoilab-quvvatlab taxtni egallashga da’vat etishlarining oldini olish maqsadida amir Abdurahmon barcha o ‘g‘illarini o ‘z nazorati ostida poytaxt Kobulda bo‘lishlarini belgilab qo‘ygan edi. 0 ‘zidan oldin o ‘tgan afg‘on hukmdorlarining taxt vorisi va o‘g ‘il farzandlar tarbiyasi haqidagi yondashuvlarini yaxshi bilgan Abdurahmon, ayniqsa Temurshoh (1773-1793) hamda o‘z bo- bosi D o‘st Muhammadxon (1826-1838, 1842-1863) hukmronligi davrida hukmdoming o ‘g ‘il farzandlari orasida toju-taxt uchun kurash butun mamlakatni xarob qilganligini alohida yodda tutar edi. Amir Abdurahmon hukmronligining oxirgi yillarida og‘ir betob bo‘lib, harakatlanishga juda ham qiynalib qolgan edi. 0 ‘z o'lim i yaqinlashganini sezgani bois, davlat ishlarini yuritishda katta o ‘g ‘li Habibullaxonning ishtirok etishiga yo ‘l ochib bergan edi. Rasman taxt vorisi etib e ’lon qilingan Habibullaxon 1872-yilda otasi Samarqand shahrida bo'lgan vaqtda dunyoga kelgan. Amir Abdurahmon o‘g ‘li Habibullaxonning tarbiyasiga alohida e ’tibor qaratadi hamda taxt vorisi bo‘lm isho‘g ‘lini yoshlikchog‘idan davlat boshqaruviga bevosita jalb etib, ba’zi bir vazirlik va tuzilmalami boshqarishni o ‘g ‘liga yuklaydi. Bu bilan amir Habibullaxonning davlat boshqaruvidagi amaliy tajribasi oshishi va uning har tomonlama malakaga ega boMishini istar edi. Shu bilan birga, amir Abdurahmon kichik o ‘g‘illarini ham davlat boshqaruv ishlariga jalb etar, ularning ham davlatning oliy yig‘ini bo'lgan - “durbar” yoki “durbar-e shohiy”da ishtirok etishlarini belgilab qo‘yadi. Amir Abdurahmon 1901-yilning 1-oktabrida 57 yoshida Kobul shahrida vafot etdi62. Vafoti oldidan barcha yirik lavozimdagi dav lat amaldorlari, qarindosh-urug‘i hamda o ‘g‘illarini chaqirib katta o‘g‘li Habibullaxonni hukmdor sifatida tan olishlarini so‘raydi va barcha Abdurahmonning amriga so'zsiz bo‘ysunadi. 1901-yilning 3-oktabrida Habibullaxon (1901—1919)ning rasman taxtga o ‘tirishi marosimi bo‘lib o ‘tdi. Taxtga o ‘tirgan amir Habibulla davlat yax- litligini saqlashga, chet el bosqinchilaridan Afg‘onistonni himoya qilishga so‘z beradi. Shular qatorida otasi davrida avj olgan maxfiy xabarchi va ayg‘oqchilar xizmatini cheklashga hamda boshqa bir qator islohotlami amalga oshirishga va’da beradi. Download 184 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling