A. M. Mannonov n. A. Abdullayev r. R. Rashidov


 Рашид А. Талибан. Ислам, нефть и новая Большая игра в Центральной


Download 184 Kb.
Pdf ko'rish
bet83/124
Sana15.11.2023
Hajmi184 Kb.
#1777363
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   124
Bog'liq
Afg\'oniston tarixi. Mannonov A.M, Abdullayev N.A, Rashidov R.R (1)

101 Рашид А. Талибан. Ислам, нефть и новая Большая игра в Центральной 
Азии. - М.: Библион, 2 0 0 3 - С. 32.
102 Rashid, A. Jihad the Rise o f Militant Islam in Central Asia. - London: 
Penguin books, 2003. - P. 215.


Vt 
Faol harbiy harakatlarga kirishish davridan boshlab, “Tolibon” 
Y^arakati o‘zini oddiy xalq vakillariga qilinayotgan yovuzlikni bar- 
Ц araf etishga otlangan “diniy hushyorlik qo‘mitasi” sifatida namoyon 
Ъ^ШЬ, butun afg‘on jamiyatiga mafkuraviy ta’sir ko‘rsatishga intil- 
v x^an edi. “Oddiy qishloq mullalari tomonidan ulaming ongiga sing-
f
’irilgan, xaloskor hamda xudojo‘y islomga bo‘lgan oddiy ishonch 
ddiy xalq umid bog‘lashi mumkin bo‘lgan va hayotlariga qan- 
aydir ma’no baxsh etgan yagona tayanch edi”, - deb yozgan edi 
Aadqiqotchilardan biri oddiy toliblar haqida. “Hech narsaga tayyor 
b o ‘lmagan, hatto ajdodlarining qishloq xo‘jaligini yuritish, chor- 
Vachilikyoki kasb-hunar singari an’anaviy mashg‘ulotlaridan ham 
bexabar bo‘lgan mazkur toifa kishilari Afg‘onistonning lyumpen- 
proletariati edi”, - deydi A.Rashid103.
Afg‘onshunos olim Martin Evene qayd etganidek: “Asosan 
sobiq partizanlardan hamda noprofessional talabalardan tuzilgan 
kuch bo‘lgan “Tolibon” harakati o‘z faoliyatining boshidan namo- 
yish etgan mahorat va uyushqoqlik bilan harakat qilishiga aql 
bovar qilmaydi. Uning a’zolari orasida, shubhasiz, afg‘on qurolli 
kuchlarining sobiq vakillari bo‘lsa-da, ulaming hujumkor operatsi- 
yalari tezlik va ustalik bilan olib borilganligi, shuningdek, ulaming 
aloqa vositalaridan foydalanishlari, havodan bombali zarbalar be­
rish va artilleriyadan aniq o‘t ochishlari shubhalidir. Bu borada ular 
Pokiston harbiylari oldida, yoki, hech bo‘lmasa, ulaming profes­
sional madadi uchun qarzdordirlar”, - degan muqarrar xulosaga ke­
ladi.
“Tolibon” harakati o‘z faoliyatining ilk davrida dastlab Qan­
dahomi va pushtunlar ko‘proq bo‘lgan janubiy viloyatlarini qo‘lga 
kiritdi. Biroq toliblar mamlakat poytaxti Kobulga hujum qilish 
o‘miga, asosiy zarbani shimoli-g‘arbiy yo‘nalishga, turkman- 
afg‘on chegarasi tomonga qaratishdi. Bunga toliblaming Kobul 
ostonalarida mohir harbiy qo‘mondon Ahmad Shoh Mas’ud armi- 
yasining qarshiligiga duch kelganligi bahona qilib ko‘rsatiladi.

Download 184 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   124




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling