bilan shug‘ullangan pokistonlik jumalist, “Tolibon”
muammosi
bo‘yicha mutaxassis Ahmad Rashid quyidagicha tavsiflaydi: “Bu
yigitlar men 1980-yillarda bilgan mujohidlar - o‘z qabila va urug‘i
liaqida batafsil hikoya qilishga qodir, tashlab kelgan xo‘jaliklari
va vodiysini qo‘msab eslaydigan hamda afg‘onlar tarixidan afsona
va rivoyatlar aytib bera oladigan erkaklardan o‘zgacha dunyo edi.
Bu yigitlar o‘z Vatanini tinchlik vaqtida hech qachon ko‘rmaganlar,
Afg‘onistonni bosqinchilarga qarshi yoki o‘z ichidagilarga
qarshi urush holatidan boshqa sharoitda ko‘rmaganlar
avlodidan
hisoblanardi... Ular hech qanday ildizga va ishga ega bo‘lmagan,
behalovat, iqtisodiy jihatdan benavo, o‘zligini
zaif anglaydigan
aynan urush yetimlari edi...”101.
1994-yilda “Tolibon” harakati siyosiy rahbariyati afg‘on jami-
yatining an’anaviy elitasi tarkibiga kirmaydigan yetakchilardan
iborat edi.
Jumladan, siyosiy rahbar - mulla Muhammad Umar
Oxunzoda ilgari mujohidlaming dala qo‘mondonlaridan biri hisob-
langan Nabi Muhammadiy yetakchiligidagi
qarshilik harakatining
oddiy a’zosi bo‘lgan bo‘lsa, harakat asoschilaridan yana biri Abdu
rahmon Sovet qo‘shini afg‘on zaminiga kirib kelganda Pokistondan
panoh topgan qochoqlardan biri edi. Bundan tashqari, “Tolibon”
rahbarlari orasida maxfiy politsiya departamentining
sobiq amal-
dori Muhammad Akbar, general Muhammad Jiloniylar bor edi. Shu
nuqtayi nazardan qaraganda, afg‘on jamiyatida turli sabablarga ko‘ra
barqaror aloqalarga ega bo‘lmagan kishilardan tuzilgan “Tolibon”
harakati Pokistonning qo‘llab-quvvatlashi bilan Afg‘onistonda
tartib o‘matish, uning parchalanishini bartaraf qilish va Marka
ziy Osiyo mintaqasiga transport yo‘lagini
ochish vazifasini bajara
olishi lozim edi. Bunda Pokiston tashqi siyosatining mintaqada
yetakchilikni qo‘lga kiritish hisoblangan asosiy maqsadlariga sodiq
bo‘lib qolishi rasmiy Islomobod uchun muhim edi102.
Do'stlaringiz bilan baham: