va Muvaqqat hukumat deb ataluvchi ushbu organ Afg‘onistonda
davlatga tegishli barcha funksiyalami amalga oshirib keldi112.
Shu tariqa, 2001-yilning oktabrida Afg‘onistonda AQSH
boshchiligidagi aksilterror koalitsiyasi tomonidan amalga oshirilgan
aksilterror operatsiyasi natijasida “Tolibon”
hukumatiga barham
berildi va ko‘pchilikning manfaatlarini ifoda etuvchi yangi hukumat
tuzildi. Ushbu operatsiyaning amalga oshirilishi Afg‘onistonda bir
necha yildan buyon davom etib kelayotgan urush va mojarolaming
chek qo‘yilishining hamda qariyb vayron bo‘lgan mamlakatni qayta
tiklashning
boshlanishiga, umuman olganda yangi ko‘rinishdagi
davlatchilikning shakllanishiga turtki berdi. Ammo, birgina “To
libon” hukumatining ag‘darilishi bilan afg‘on
zaminida necha
vaqtlardan buyon davom etib kelayotgan siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy
va milliy-etnik muammolar o‘z yechimini topadi degan ma’noni
anglatmas edi. Bunday o‘tkir
muammolami yechish hamda
mamlakatda tinchlik va barqarorlikni ta’minlash
maqsadida yangi
afg‘on davlatchiligini shakllantirish jarayonlari boshlandi.
“Afg‘oniston poytaxti Kobulga
Shimoliy ittifoq harbiy
kuchlarining kirib borishi bilan xuddiki Afg‘onistonda
jangovar
harakatlar
nihoyasiga yetkazildi, mana endi qonuniy afg‘on
hukumati Kobulda o‘z faoliyatini boshladi, shu bilan afg‘on fojiasiga
yakun yasashga zamin tug‘ildi,
deb faraz qilish, o‘ylaymanki, bu
ham o‘ta xomxayol bo‘lur edi”113. Ha, Prezidentimiz Islom Karimov
ta’kidlaganidek, Afg‘onistonda terroristlarga panoh bergan “To
libon” hukumatiga barham berish va uning o‘miga ko‘pchilikning
manfaatlarini ifoda etuvchi yangi hukumatni shakllantirish bilangina
afg‘on jamiyatining bir necha yillik urush davomida yig‘ilib
kelayotgan muammolarini hal qilish mumkin emas edi.
Iqtisodiy
Do'stlaringiz bilan baham: